Qalam o‘ylari Adham Sharqoviy 2 Qo‘lingizdagi ushbu kitob yosh arab yozuvchisi Adham Sharqoviyning “Qalam o‘ylari”


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana10.08.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1666168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
qalam-oylari -adham-sharqoviy

 
15. 
Sen arradek holingda qanday do‘st bo‘lib qolamiz?! 
Arra daraxt go‘shtini yemasa, o‘zini ishdan chiqqan deb 
o‘ylaydi! 
16.
Hoy Nyuton, sen tortishish(gravitatsiya)qonuni nima ekanini 
bilasanmi? Men o‘zim ayta qolay, u - sakson yoshli otaxonning 
hassaga suyanganicha “as-solatu xoyrum min an-
navm”
2
(namoz uyqudan afzaldir) deya yangragan sadolar 
tomon yuzlanishidir... 
17.
O‘zi haqida gapirayotgan erkakka
boshqalar haqida gapirayotgan ayolga ishonma! 
2
Har bomdod azonida aytiladigan jumla


10 
18.
Insonlar so‘zlarga o‘xshashadi. Bog‘lovchi so‘zlarni old 
ko‘makchilardan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘rishadi. 
 
19. 
Osmondan shuncha chuchuk suv tushsa ham, dengiz 
sho‘rligicha qoladi. 
O‘zingga jabr qilma, ba’zilar har qancha uringaning bilan baribir 
o‘zgarmaydi. 
20. 
Kiyimida “arzon ayol”ning ifori. 
Og‘zida undan “arzon ayol”ning ta’mi. 
Xotirasida esa birgina ayol! Bu o‘sha – bir kuni unga: “Sharaf 
boylikdan qimmatroq”, - degan ayol! 
21. 
Inson qiladigan birinchi xato, o‘zini xato qilishdan yuqori 
turishiga ishonishidir. 


11 
22. 
Biz tarixni o‘qishga qattiq qiziqamiz. 
Biz shunaqamiz: yozilishida ishtirok etmagan narsalarimizni 
o‘qishni yaxshi ko‘ramiz. 
 
23.
Dushmanlar bilan to‘lgan bu olamda birgina dushmaning bo‘lib, 
yostig‘ingga bosh qo‘yishing muvaffaqiyatdir. 
24. 
Ayol kishi unga nisbatan ehtiros sotuvchisi kabi muomala 
qiladigan erkakdan ranjiydi. 
Ayol kishi unga nisbatan muqaddasdek muomala qiladigan 
erkakdan ham ranjiydi. 
Oddiygina, u mana shu ikki holatning birgalikda aralshmasidir! 
25. 
Yaroqlilik muddati shart bo‘lmagan yagona guvohnoma o‘lim 
guvohnomasidir! 


12 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling