Qarshi filiali kompyuter injiniringi fakulteti axborot xavfsizligi yo`nalishi i-bosqich ax-11-22 guruh talabasi


Download 251.11 Kb.
bet27/38
Sana04.11.2023
Hajmi251.11 Kb.
#1747410
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
Bog'liq
Falsafa 3-mustaqil ish

"Metafizika" (yunon.— fizikadan keyin) - dialektika kabi universal metoddir. Bu so‘z ilmiy muomalaga er. av. I asrda Aristotelning shogirdi, uning she’rlari sharhovchisi Rodosskiy tomonidan kiritildi.
Ko‘p hollarda, dialektikaga qarama-qarshi deb talqin etiladigan metafizika olamdagi narsa va hodisalarni o‘rganishda ularning muayyan vaqt davomida nisbatan o‘zgarmasdan, alohida turgan holatiga diqqatni ko‘proq qaratadigan usuldir. Bu usul qo‘llanganida olamning namoyon bo‘lish shakllari hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarning alohida qismi yoki holatiga asosiy e’tibor beriladi. Voqea, hodisa va jarayonlarni doimiy o‘zgarish holatida o‘rganish nihoyatda kiyin bo‘lganligidan, nafaqat faylasuflar, balki barcha fan mutaxassislari uning nisbatan tinch va o‘zgarmay turgan holatini o‘rganadilar, tadqiq etadilar.
Alohida ta’kidlash lozimki, metafizik usulning hayotda, ilmiy izlanishlar va falsafiy tadqiqotlarda ham o‘z o‘rni bor. Bizda haligacha metafizikaning tushunchalari, kategoriyalari, tamoyillari va ilmiy mohiyati izohlangan yoxud tadqiq etilgan asarlar, tadqiqotlar yo‘q. Qolaversa, uni dialektika bilan butunlay qarshi qilib qo‘yish va bu farqni mutlaq ziddiyat darajasiga ko‘tarish ham maqsadga muvofiq emas. Sofistika. Sofistika falsafiy metodlar jumlasidan bo‘lib, qadimgi Yunonistonda mil. av. V va IV asrning birinchi yarmida ijtimoiy-siyosiy hayotda xususiy bir yo‘nalish sifatida paydo bo‘lgan. Sofistika namoyandalari Pratagor, Gorgiy, Gippiy, Antifont va boshqalardir.
Bu metoddan semantik va mantiqiy qonunlarda istalgan narsani isbotlash uchun foydalaniladi. Ko‘pgina darslik va qo‘llanmalarda bu ibora yunon tilidagi "sopism" so‘zi asosida, ya’ni ataylab xilma-xil ma’noga ega bo‘lgan tushunchalarni ishlatish orqali kerakli, ammo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, ko‘chma ma’no-mazmunga erishish usuli, deb ta’kidlanadi. Bu usul qullanilganda fikrning mazmuni ko‘chma ma’noda bayon qilinadi, ya’ni "Qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit ", deganga o‘xshash holat nazarda tutiladi.

Download 251.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling