37
Rashig halqalarining о‘lchamlari kattalashishi bilan solishtirma
yuzasi 300; 204; 87,5 m
2
/m
3
va bо‘sh hajmi 0,7; 0,74; 0,785 m
3
/m
3
miqdorlarga
teng bо‘ladi.
Nasadkali absorberlarda taqsimlovchi moslama orqali purkalayotgan
suyuqlik, gazning kichik tezliklarida, nasadka ustida yupqa qatlam kо‘rinishida
oqadi. Nasadkaning hо‘llangan yuzasi fazalarga tо‘qnashish yuza vazifasini
bajaradi. Shuning uchun, nasadkali absorberlarni yupqa qatlamli qurilmalar deb
qarash mumkin. Suyuq faza qurilmalar devori atrofida yig‘ilib qolmasligi uchun
nasadka bir necha seksiyaga yuklanadi. Suyuqlikni bir tekisda taqsimlash uchun
seksiyalar orasida qayta taqsimlash moslamalari о‘rnatiladi. Nasadkali
kolonnalarda gaz va suyuqlik qarama - qarshi harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: