Qarshi muhandislik-iqtisodiyot


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/59
Sana12.12.2021
Hajmi1.83 Mb.
#180108
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59
Bog'liq
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot (1)

Tarelkali absorberlar samarali va eng keng tarqalgan qurilmalardan bо‘lib, 

13-rasm. Barbotaj jarayoni sxemalari. 

a - kichik tezlikda qalpoqchali nasadkadan gazning chiqishi; 

b - katta tezlikda qalpoqchali nasadkadan gazning chiqishi. 



41 

 

 



14-rasm.  Quyilish moslamali, tarelkali absorber. 

 

uning  ichida  butun  balandligi  bо‘yicha  bir  xil  masofada  bir  nechta  tarelkalar 



о‘rnatilgan.  Teshikli  tarelkalar  orqali  ham  gaz,  ham  suyuqlik  harakatlanadi  va 

undan о‘tish paytida bir fazadan  ikkinchisiga massa о‘tadi. Gaz fazaning suyuqlik 

qatlamidan  о‘tishi  davrida  pufakcha  va  kо‘piklarning  hosil  bо‘lish  jarayoni 

barbotaj deb nomlanadi. Suyuqlik va gaz (yoki bug‘) ni bir-biri bilan tо‘qnashishi 

zarur  bо‘lgan  hollarda  barbotaj  qо‘llaniladi.  13-rasmda  qalpoqchali  nasadkadan 

gaz yoki bug‘ning о‘tishi tasvirlangan. 

Barobataj  asosan  ikki  rejimda  kechishi  mumkin:  pufakchali  va  oqimchali. 

Gaz yoki bug‘ning sarfi kichik bо‘lsa, pufakchali rejimni kuzatish mumkin. Bunda, 

gaz  pufakchalari  suyuqlik  qatlamini  bitta–bitta  bо‘lib  yorib  chiqadi.  Pufakchalar 

о‘lchami barbotyor tuzilishiga, suyuqlik va gaz xossalariga bog‘liq. 

Agar,  gaz  tezligi  oshirib  berilsa,  oqimchali  rejim  paydo  bо‘ladi. 

Barbotyordan  chiqayotgan  gaz  oqimi  shakli  va  о‘lchami  о‘zgarmaydigan 

"mash’ala" hosil bо‘ladi. Odatda, mash’ala balandligi 30...40 mm dan oshmaydi. 

Tarelkali  kolonnalar  qalpoqchali,  klapanli,  plastinali  va  elaksimon  tarelkali 

bо‘ladi. Fazalarning bir tarelkadan ikkinchisiga о‘tishiga qarab quyilish moslamali 

va quyilish moslamasiz absorberlarga bо‘linadi. 

14-rasmda quyilish moslamali, tarelkali absorber konstruksiyasi tasvirlangan. 

Kо‘rinib turibdiki, quyilish trubasining pastki qismi quyida joylashgan tarelka 

ustidagi  ostonaga  tushib  turadi  va  gidravlik  tamba  vazifasini  bajaradi.  Odatda, 




42 

 

suyuq faza qurilmaning tepa qismidan tarelkaga uzatiladi va uning pastki qismidan 



chiqariladi.  Gaz  faza  esa,  qurilmaning  pastidan  uzatilib,  tarelkalar  orqali 

pufakchalar  kо‘rinishida  chiqib  ketadi.  Tarelkada  hosil  bо‘ladigan  gaz  –  suyuqlik 

kо‘pik qatlamida asosiy issiqlik va massa berish jarayonlari yuz beradi. Absorbsiya 

jarayonida  tozalangan    gaz  qurilmaning  tepa  qismidan  chiqib  ketadi.  Tarelka, 

quyilishi  trubasi  va  ostona  shunday  joylashtiriladiki,  suyuq  faza    albatta  qarama  - 

qarshi yо‘nalishda harakat qiladi. 




Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling