Qishloq xoʻjaligi


Fermer xo`jaliklarining barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi


Download 1.34 Mb.
bet9/10
Sana19.11.2020
Hajmi1.34 Mb.
#147660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Humoyun olamgir


Fermer xo`jaliklarining barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi

(foizda)

Tahlil natijalari, fermer xo`jaliklarida paxtachilik, donchilik, meva-sabzavotchilik va dehqonchilikning boshqa sohalarining yuqori sur`atlarda rivojlanayotganligidan dalolat beradi.

Shuningdek, 2000-2016 yillarda fermer xo`jaliklarida ishlab chiqarilgan don ekinlarining barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi 14,4 foizdan 80,4 foizgacha, paxta xom-ashyosi 18,3 foizdan 99,5 foizgacha, kartoshka 4,2 foizdan 23,1 foizgacha, sabzavotlar 4,9 foizdan 34,8 foizgacha, poliz 11,2 foizdan 49,5 foizgacha, mevalar 4,3 foizdan 45,8 foizgacha, uzum 4,7 foizdan 53,1 foizgacha ko`paydi.

Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklarining qishloq xo`jaligi faoliyati to`g`risida

Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaligi – oilaviy mayda tovar xo`jaligi bo`lib, oila a`zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig`iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo`jaligi mahsuloti yetishtiradi va sotadi.

2016 yilda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari soni 4769,0 mingtaga yetib, 2000 yilga nisbatan o`sish 147,0 foizni, 2005 yilga nisbatan 104,9 foizni va 2015 yilga nisbatan 100,8 foizni tashkil etdi (17-rasm).



17-rasm

2000-2006 yillarda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari soni

(mingta)

2001 yil 1 yanvar holatiga, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklarining barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi, yirik shoxli qoramollar bo`yicha 86,2 foizni, 2017 yil 1 yanvar holatiga 94,1 foizni tashkil etdi. Tahlil qilinayotgan davrlarda, yuqoridagi ulushlarning o`sishi quyidagi turlar bo`yicha ham kuzatildi: sigirlar 89,9 foizdan 94,5 foizgacha, qo`y va echkilar 67,4 foizdan 83,8 foizgacha, cho`chqalar 44,3 foizdan 78,7 foizgacha, otlar 70,2 foizdan 85,0 foizgacha, tuyalar 33,1 foizdan 62,4 foizgacha, asalari oilalari 50,0 foizdan 74,1 foizgacha (18-rasm).



18-rasm

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling