Referat ishi Tayyorlagan: Qabullagan: uglerod oksidlarini organic sintezda foydalanish joba


Download 68.44 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi68.44 Kb.
#1496387
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Referat

Uglerod atomi bo'yicha alkillash. Uglerod atomi bo'yicha alkillash jarayoni ugleroddagi vodorod atomini alkil guruhiga almashinishi hisobidan sodir bo'ladi. Bunday almashinish reaksiyalariga ko'proq parafin uglevodorodlari uchraydi. Ammo aromatik uglevodorodlar ham shunday alkillanadi, masalan, Fridel-Krafts reaksiyasi:
CnH2n+2 + CmH2m Cn+mH2(n+m+1); ArH + RCl ArR + HCl

Uglevodorodlarni gidroperoksidlargacha oksidlash.
Fenol va atseton sintezi. Fenollar orasida oddiy fenol C6H5OH muhim ahamiyatga ega. Fenol adipin kislota, kaprolaktam olishda, noionogen yuvish vositalari, yoqilg'i va moylar uchun prisadkalar, gerbitsidlar, ba'zi bir dorivor vositalar (aspirin) va boshqa kimyoviy mahsulotlar olishda xomashyo sifatida qo'lIaniladi. Fenolning ancha miqdori difenilolpropan olishda ham ishlatiladi. Shuningdek, oksidlanish ammonoliz usuli bilan fenoldan anilin ham olinadi.
Fenol o'tgan asming o'rtalarida toshko'mir smolasidan olina boshladi. Fenolni sintetik yo'l bilan olish muhim ahamiyatga ega bo'lib, ulami uch guruhga ajratish mumkin: oksidlanish, xlorlash va sulfatlash.
Oksidlash usullari:
I. Izopropilbenzolni oksidlash bilan bir vaqtning o'zida fenol va atseton olish (kumol usuli).
2. Toluolni oksidlash (suyuq fazada va bug' fazasida).
3. Siklogeksanni oksidlash va boshqa oksidlash usullari. Xlorli va sulfonatli usullar.
4. Benzolni xlorlash va hosil bo'lgan mahsulot-xlorbenzolni gidrolizi.
5. Benzolni oksidlash xlorlash va hosil bo'lgan mahsulotni gidrolizi (Rashig usuli).
6. Benzolni sulfirlash va mahsulotni ishqor bilan suyuqlantirish.
Sintetik usullar bilan fenol olishda sulfonatli usul birinchi qo'lIanilgan usul bo'lib, u hozirgacha o'z mohiyatini yo'qotmagan. Bu jarayonda benzol sulfirlanadi va sulfonat 300-350oC da ishqor ta'sirida suyuqlantiriladi. Hosil bo'lgan sulfomassani natriy sulfid bilan neytrallanadi:

C6H6 C6H5SO2OH C5H5SO2ONa + 0,5SO2

Keyingi bosqichda sulfonatni konsentrlangan ishqor eritmasi bilan aralashtiriladi va ishqoriy suyuqlanish olib boriladi, natijada fenolyat va natriy sulfid hosil bo'ladi.
Fenolyat tarkibidagi erkin fenol oltingugurt to'rt oksidi yordamida ajratiladi:

C6H3SO2Na C6H5ONa C5H5OH



Fenol ishlab chiqarishda yana boshqa oksidlanish usullari mavjud. Ulardan biri siklogeksanni qayta ishlashga asoslangan. Bunda siklogeksan siklogeksanol va siklogeksanon aralashmasida oksidlanadi. Bu moddalar platinali ko'mir ustida 250-425 oC da yuqori unum bilan fenolgacha degidrirlanadi:


Sanoatga tatbiq qilingan boshqa usulda, xomashyo sifatida toluoldan foydalaniladi. Bunda dastlab toluolni suyuq fazada tuzli katalizatorlar ishtirokida benzoy kislotagacha oksidlanadi, so'ngra benzoy kislota 230°C da mis va magniy benzoatlari ishtirokida havo bilan suyuq fazada oksidlanadi:
C5 CH3 + 1,5O2 C5H5-COOH + H2O,
C6H5 COOH + 0,5O2, C5H5OH + CO2.
Oxirgi paytlarda sulfonatli usulni kumol usuli siqib chiqardi.

Download 68.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling