Referat mavzu : Banklarda ochilgan maxsus hisobvaraqlarda bajariladigan pul muomalalarining hisobi


Download 153.4 Kb.
bet2/6
Sana23.12.2022
Hajmi153.4 Kb.
#1049509
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Шокамолов Иброхим бухгалтерия

Akkreditiv bankning shartli pul majburiyatnomasi bulib, bank bu hujjatni mijozning topshirigiga ko‘ra shartnoma bo‘yicha uning kontragentiga beradi. Bu shartnom ko‘ra akkreditiv ochgan bank (emitent bank) mahsulot etkazib beruvchiga pul to‘lashi yohud shunday to‘lovlar o‘tkazish uchun boshqa bankka vakolat berishi mumkin. Bunda mijoz akkreditivda ko‘zda tutilgan hujjatlarni taqdim etishi va akkreditivning boshka talablarini bajarishi shart kilib quyiladi.
Akkreditivlarning quyidagi turlari ochilishi mumkin:

  • krplangan (deponentlangan) yoki krplanmagan (kafolatlangan);

  • qaytarib olinadigan yoki kaytarib olinmaydigan.

Agar akkreditiv ochilayotgan vaqtda emitent bank to‘lovchining o‘z mablag‘larini yoki unga berilgan kreditni emitent bank majburiyatlari amal qiladigan butun muddatga «Akkreditivlar» degan alohida balans hisobvarag‘iga quyish uchun mahsulot etkazib beruvchi banki (ijrochi bank) ixtiyoriga utkazsa, bu koplangan (deponentlangan) akkreditiv hisob lanadi. Banklar orasida korrespondentlik munosabatlari urnatilgan hollarda koplanmagan (kafolatlangan) akkreditiv ijrochi bankda unga emitent bankning ijrochi bankdagi hisobvarag‘idan butun akkreditiv summasini chiqarib olish huquqini berish yuli bilan ochilishi mumkin. Har bir akkreditivda u kaytarib olinadigan yoki kaytarib olinmaydigan shakldaligi aniq ko‘rsatilishi kerak Agar shunday ko‘rsatma bulmasa, akkreditiv kaytarib olinadigan deb hisoblanadi. Ko‘paytarib olinmaydigan akkreditiv uning asosida pul oladigan mahsulot etkazib beruvchining roziligisiz o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. Akkreditiv faqat bitta mahsulot etkazib beruvchi bilan hisob-kitob kilish uchun ochilishi mumkin.
Akkreditiv amal qiladigan muddat va hisob-kitob qilish tartibi to‘lovchi bilan mahsulot etkazib beruvchi o‘rtasidagi shartnomada belgilab kuyiladi. Shartnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi zarur:

  • emitent bank nomi;

  • akkreditiv turi va uni ijro etish usuli;

  • akkreditiv ochilgani to‘g‘risida maxeulot etkazib beruvchiga xabar qilish usuli;

  • akkreditiv bo‘yicha pul olish uchun mahsulot etkazib beruvchi taqdim etadigan
    hujjatlarning to‘liq ruyxati va aniq tavsifi;

  • tovar junatilgandan keyin hujjatlarni taqdim etish muddati hamda ularni
    rasmiylashtirishga doyr talablar;

  • boshqa zarur hujjatlar va shartlar.


Emitent kafolatlangan akkreditivlarni haridor bilan kelishuvga ko‘ra va boshka o‘rnatilgan korrespondentlik munosabatlari shartlariga muvofiq ochadi.
Ma’lumot etkazib beruvchining banki bunday akkreditivlarni belgilangan tartibda ijro etadi.
Akkreditiv ochmokchi bo‘lgan to‘lovchi o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka (emitent bank-akkreditiv uchun elektron ariza beradi. Bu arizada to‘lovchi quyidagilarni ko‘rsatishi
akkreditiv ochish uchun asos bo‘lgan shartnoma raqami

Download 153.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling