Referat mavzu: internet tarmoqlarining rivojlanish tarixi


Ijtimoiy tarmoq tushunchasi


Download 120.51 Kb.
bet2/3
Sana24.10.2023
Hajmi120.51 Kb.
#1718231
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
2-MAVZU

Ijtimoiy tarmoq tushunchasi. Tarkibi, faqatgina ishtirokchilardan iborat va ular orasida muloqatni o’rnatuvchi, ko’p foydalanuvchili interaktiv veb saytlar asosida yaratilgan tarmoq ijtimoiy tarmoq deb tushuniladi. Mazmuniga ko’ra ijtimoiy tarmoq ikki bosqichli bo’ladi:
1. Foydalanuvchilar orasidagi muloqatni o’rnatib beruvchi dasturiy - apparatli kompleks;
2. Foydalanuvchilar orasidagi umumiy qiziqishlarni aniqlash, guruhlar orasidagi muloqat internet tarmog’i orqali bajarilishi.
Ijtimoiy tarmoqlarning maqsad va vazifalari. Ijtimoiy tarmoqning maqsadi internetda o’zaro qiziqishlar yoki faoliyatga ega shaxslar bilan muloqot qurishdan iborat. O’zaro aloqa ichki pochta yoki xabar almashish tizimi orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tarmoqlar ochiq yoki yopiq bo’lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoq xususiyatlarining biri – do’stlar va guruxlar tizimi. Uni quyidagi chizma yordamida tavsiflash mumkin.





INTERNETDA INTERAKTIV XIZMATLAR


Interaktivlik tushunchasi. Interaktivlik deganda biz, faqatgina, biz o’rganayotgan fan kesimida texnik vositalar, kompyuter, ularning dasturlari hamda foydalanuvchilar orasidagi o’rnatilgan muloqatni tashkil etish tushuniladi. Demak, Kompyuter dasturlari shunday yaratilganki, Biz u yordamida kompyuter bilan muloqat o’rnatamiz.
Umuman olganda interaktivlik bu muloqat tizimini tashkil etish bilan bog’liq. Ya’ni, maqsadga ko’ra tizim elementlari orasidagi axboriy ma’lumotlar almashinuvi.Ushbu tushuncha axborot nazariyasi, informatika va dasturlash, telekommunikasiya tizimlari, sosiologiya va boshqa sohalarda qo’llaniladi.
Interaktiv xizmatlar tushunchasi. Interaktivlik orqali foydalanuvchi moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, axboriy va ishlab chiqarishning turli manbalaridan ko’riladigan manfaat mavjud bo’lsa, unga interaktiv xizmat qilingan deb tushuniladi. Ya’ni, kompyuter dasturlari orqali foydalanuvchiga interaktiv xizmat tashkil etilgan deb tushuniladi.

Download 120.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling