Referat tayyorlagan mavzusi: Internet servise O’qtuvchi: Karimov. S talaba: Xoshimov. Q


INTERNET VA Internetni rivojlantirish


Download 0.7 Mb.
bet4/10
Sana18.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1209868
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xoshimov.Q

INTERNET VA Internetni rivojlantirish


Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga ma'lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi.
Internet tizimi 20-asr. 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri va 70- yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi.


Mobil internet


Zamonamiz kishisi o‘z hayotini mobil internetsiz tasavvur qila olmasa kerak. Bu istagan vaqtda kerakli ma'lumot olishning eng oson va tezkor usulidir.



Ilk mobil internet 1998 yilda CSD-ulanish vositasida paydo bo‘lgan, lekin faqat 2000-yillardan keyingina tanila boshlagan. Bu CSD-ulanishning foydalanuvchiga juda qimmatga tushishi bilan bog‘liq bo‘lgan.


Keyinchalik mobil internetning yangi turi – WAP paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, foydalanuvchi faqat sarflagan trafigi uchungina pul to‘laydigan bo‘ldi. O‘shandan buyon mobil internet odamlar orasida keng tarqalib, ommalasha boshladi.Undan keyin GPRS va EDGE-ulanish turlari paydo bo‘ldi. Bular mobil chatlarda muloqot qilish imkoni tufayli foydalanuvchilarning e'tirofiga sazovor bo‘ldi.Bugunga kelib, 3G va 4G ulanish turlari eng mashhur hisoblanadi. 4G ulanish tezligi bo‘yicha yutadi, 3G esa hududiy tarqalish ko‘rsatkichlariga ko‘ra yetakchilik qiladi. Kelgusida takomillashtirilgan 5G internetning tatbiq qilinishi rejalashtirilmoqda.



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling