Referati tayyorlagan
Download 110.84 Kb.
|
Mirjamilova referat ASM finally (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. 1. Iqtisodiy o’sishning neoklassik modellari
Referat ishining maqsadi: Neoklassik iqtisodiy nazariyada raqobatli bozorda tovarlar, xizmatlar narxining shakllanishini va ishlab chiqarish omillarini o’rganish uchun eng so’nggi — me’yoriy kattaliklar — me’yoriy naflilik va me’yoriy unumdorlik, me’yoriy tushumlar, me’yoriy xarajatlar va boshqa tahlillari qo’llaniladi.
Referat ishining vazifalari: Referat ishimizni maqsadidan kelib chiqqan holda vazifalarini belgilaymiz ya’ni: Iqtisodiy o'sishning mohiyati, asosiy tavsifnomasi va modeli haqida ma’lumotlar berib borish Iqtisodiy o’sishning neoklassik modellari haqida ma’lumotlar berish Neoklassik o'sish nazariyasining kamchilik va yutuqlarini aniqlash Neoklassik modeli asoslari haqida tushunchalar berish. Referat ishining obyekti sifatida iqtisodiy o’sishning neoklassik modeli tanlab olindi va bu haqida ma’lumotlar berib to’liqligicha tahlil qilindi. Referat ishining ilmiy-amaliy ahamiyati: Neoklassik modelni tanqid qilishdan biri shundaki, u institutlar, madaniyat va siyosiy barqarorlik kabi iqtisodiy o'sishga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan muhim ijtimoiy va siyosiy omillarni e'tiborsiz qoldiradi. Bundan tashqari, u barcha odamlar oqilona va faqat shaxsiy manfaatlarini maksimal darajada oshirish asosida qaror qabul qiladi, deb taxmin qiladi, bu har doim ham haqiqatda shunday bo'lmasligi mumkin. Ushbu cheklovlarga qaramay, neoklassik model iqtisodiy o'sish omillarini, shuningdek, siyosat o'zgarishlari va boshqa tashqi zarbalarning iqtisodiyotga ta'sirini tahlil qilish uchun foydali vosita bo'lib qolmoqda. Referat ishining tuzilishi va hajmi:Referat ishi 17 betdan iborat , kirish, bitta bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatilardan iborat. 1. 1. Iqtisodiy o’sishning neoklassik modellariXarrod-Domar modelida kamchiliklar mavjud bo’lib, bu avvalo dinamik muvozanatning iqtisodiy o’sish sharoitida chidamli emasligidir. Bu kamchilik ushbu modeldagi kafolatlangan va tabiiy o’sish sur’atlari o’rtasidagi nisbat bilan bog’liqdir.Agar tabiiy o’sish sur’ati kafolatlangan o’sish sur’atidan katta bo’lsa, unda haqiqatda iqtisodiyot ishsizlik mavjud bo’lganda kafolatlangan o’sish sur’atlari bilan rivojlanishi mumkin. Biroq, boshqacha ham bo’lishi mumkin, ya’ni haqiqatda iqtisodiyot kafolatlangan o’sish sur’atidan yuqori sur’atlarda rivojlanishi mumkin, chunki ortiqcha mehnat resurslari qo’shimcha investitsiyalarni jalb etishga imkon beradi. Natijada muvozanatli iqtisodiy rivojlanish sharoitini buzishga qodir iqtisodiy holat yuzaga keladi. Xarrod-Domar modelining cheklanganligi uning dastlabki o’lchovlarida berilgan. Ushbu modelda qo’llaniladigan Leontevning ishlab chiqarish funktsiyasi ishlab chiqarish omillari – mehnat va kapitalni o’zaro almashtirish imkoni yo’qligi bilan xarakterlanadi, bu haqiqiy hayotdagi mos kelmaydi. Bundan tashqari mazkur modeldagi barcha tarkibiy qismlar: daromad va kapital nisbati, iste’molga chekli moyillik, ishchi kuchini o’sishi, mehnatni tejovchi texnika taraqqiyoti bir biriga bog’liq emas, shuning uchun muvozonatli iqtisodiy o’sishga erishish ehtmoli nolga teng. Shu sababdan ham Xarrod-Domar modeli “brtiva lezviyasi” modeli nomini olgan. Bunda undagi tarkibiy qismlarning kam hajmdagi muvozanatsizligi butun tizim muvozanatini buzib yuboradi. Aynan shu sababdan, 1950 yillarning o’rtalaridan boshlab ishlab chiqarish funktsiyalari ishlab chiqarish omillarini o’zaro almashinishini ko’zda tutuvchi iqtisodiy o’sishning neoklassik modellari muvaffaqqiyatga ega boshladi. Klassik iqtisodiy o’sish modellarining keynscha modellardan asosiy farqi mehnatning kapital bilan qurollanganlik koeffitsientini tabiatidadir. uzluksiz yoki nouzluksiz variantlarda yozilishi mumkin. Kapital bilan qurollanganlik koeffitsienti ishlab chiqarishda band bo’lgan bir ishlovchiga to’g’ri keladigan asosiy kapital qiymatini ko’rsatadi. Agar iqtisodiy o’sishning keynscha modellarida bu koeffitsient o’zgarmas miqdor bo’lsa, klassik modellarda u iqtisodiy holatga qarab o’zgarib turadi. R.Solou modelida Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funktsiyasida mehnat va kapital o’zaro almashishi mumkin, omillar bo’yicha elastiklik koeffitsientlari yig’indisi 1 ga teng. Birinchi holatdagi Y= f (K , L , W) o’zgaruvchi modellari vaqtning uzluksiz funktsiyasi hisoblanadi. Ikkinchi holatda bu miqdorlar vaqtning kstma-ketligi sifatida qaraladi. Agarda model real statistik ma’lumotlardan tashkil topsa va amaliy hisob-kitoblarda foydalanilsa, u holda uni nouzluksiz qilish oson, chunki, statistik ma’lumotlar har doim uzluksiz emas, balki ularda vaqti-vaqti bilan uzilishlar bo’ladi. Iqtisodiy o’sish modellarining umumlashtirilgan holatini quyidagicha yozish, undagi har bir aniq modelni tuzayotganda ayrim qo’shimcha o’zgaruvchilar, cheklashlar, iqtisodiy sharoitlar va imkoniyatlardan foydalanish mumkin: Yt = G’ ( Kt, Lt, t) ; (1) Yt = Ct + It; (2 ). Kt = Kt-1 + It - Wt; (3 ) It = atYt; (4 ) Wt = pKt. (5 ) Ushbu modellarning mazmuni quyidagilardan iborat: (1) ishlab chiqarish funktsiyasi formulasi: bu erda t ga bog’liq holda modelga texnik taraqqiyotni tasvirlashni kiritish mumkin; (2) daromadlarni iste’mol va investitsiyaga taqsimlashni ko’rsatuvchi asosiy makroiqtisodiy ayniyat (3)vaqtinchalik investitsiya bo’lmagan vaziyatda investitsiya va uning chiqib ketishini hisobga olgan holda kapital hajmi dinamikasini hisoblash formulasi; (4) jamg’arish normasi (at) orqali daromadlar va investitsiyalarni bog’lab turuvchi ayniyat; (5)chiqib ketishning doimiy normasi (Kt) sharoitida kapitalning chiqib ketishi hajmini hisoblash formulasi. Ushbu tizimdagi eng asosiy formula ishlab chiqarish funktsiyasi (1) hisoblanadi. (1) - (5) modeli birinchi marta 1956 yili R. Solou tomonidan taklif qilingan edi. Uning turli ko’rinishlari va usullaridan hozirgi kunda ham keng foydalanilib kelinmoqda. Solou modelida ishlab chiqarish funktsiyasi (1) ishlab chiqarish omillarining eng so’nggi natijasini bildiradi va unda kapitalni jamg’arishda investitsiyalarga qilingan qo’shimcha xarajatlar kapitaldan foydalanishdagi qo’shimcha samaralarni qoplamay qolgan vaziyatda to’xtatiladi. Solou modeli paydo bo’lguncha iqtisodiy o’sishni ko’rsatadigan model Xarrod va Domar modellari (1939,1946) hisoblangan. Ularning modelida o’sishni ta’minlaydigan asosiy omil doimiy kapital qaytimi o’sishi hisoblangan. Solou modeli Xarrod-Domar modeliga nisbatan iqtisodiy o’sishni izohlashda qo’shimcha ko’rsatkichlarga ega. Demak, Xarrod va Domar modellarida o’sishini ta’minlaydigan asosiy omil investitsiyalar, ya’ni kapital jamg’arish deb hisoblanadi. Bu modellar 1920-50 yillardagi iqtisodiy o’sishlarni izohlashga qo’l kelgan, ammo keyingi yillardagi kuzatishlarga to’g’ri kelmay qolgan. Uning asosiy mohiyati: Kapital unumdorligining doimiyligini, α = dy/dk; Doimiy jamg’arish normasi, s = I/Y; Kapital chiqib ketishi mumkin emasligi, W = O; Investitsion uzilish ham nolga teng, dk (l) / dt = I (T ) ; Model texnik taraqqiyotni hisobga olmaydi; Ishlab chiqarish mehnat xarajatlariga bog’liq emas, chunki, mehnat resurslari kamyob hisoblanmaydi.
Download 110.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling