Reja: Aniqlovchi a Sifatlovchi aniqlovchi


Download 1.95 Mb.
bet9/11
Sana05.04.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1274058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ona tili umumiy 10 talik

Shaxsi noaniq gap. Kesimi, odatda, fe’l bilan ifodalanib, harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko‘rsatib turmaydigan bir bosh bo‘lakli gap shaxsi noaniq gap deyiladi.
Shaxsi noaniq gapning kesimi uchinchi shaxsga qaratilgan bo‘lsa ham, bajaruvchisi noaniq bo‘ladi.
Shaxsi noaniq gapning kesimi quyidagicha ifodalanadi.
1. Aniqlik (ijro) maylidagi fe’l bilan:
1) o‘tgan zamon fe’l shakllari bilan: Axtargan topar, deb bejiz aytmaganlar. (J.Abdullaxonov). Xuddi shu kunning ertasiga kimdir uni qidirib yurganini aytdilar. (J.Abdullaxonov). Baribir to‘y-hashamlarda, gap-gashtaklarda uni goh Aleksandr Sergeevich Pushkin. goh Alisher Navoiy ... deb chaqirishardi. (S.Ahmad).
8-Mavzu: Kirish so`z, kirish birikma va kiritma gaplar: ularning boshqa gap bo`laklari bilan grammatik bog`lanmaslik va o`ziga xos ohang xususiyatlari.
Kirish so'z va kirish birikma
So'zlovchining o'zi bayon qilayotgan fikriga yoki uni ifoda qilish usuliga bo'lgan munosabatini bildiruvchi so'z va so'z birikmasi kirish so'z yoki kinsh birikma deyiladi. Masalan; Dunyoda hech bir xalq to'g'ri kelolmas, mening bilishimcha, sening elingga.(H.O.)
Kirish so'z butun gapga, qo'shma gaplarda esa odatda uning bir qismiga aloqador bo'ladi. Misollarni solishtiring: Afsuski, shu choq hovlida uning kichik nevaralari yo'q ekan. (O'.U.)- Albatta, har bir talaba fan yutuqlarini puxta egallash uchun qunt bilan o'qishi kerak. (Gazetadan.)
Kirish so'z va birikmalarning ma'no ifodalash xususiyatini jadvalda quyidagicha ko'rsatish mumkin.
Kiritma gap va kiritma belgi
So'zlovchining o'zi bayon qilgan fikriga qo'shimcha mulohazasini bildirgan gap kiritma gap deyiladi.
Kiritma gap asosiy fikrni qo'shimcha izohlash, aniqlash, toldirish uchun ishlatiladi va o'ziga aloqador bo'lmagan gapdan maxsus to'xtam bilan ajratiladi. Masalan: U bejirim tuflisi bilan yemi duk-duk bosib (bu duk-duklardan Qahramonning yuragi go'yo mix qoqilayotganday zirqirab ketdi) mashina tomon yurdi. (O.Yo.)
Kiritma gaplar odatda qavs ichiga olinadi: O'sha yosh bolam (u ota- onasiz qolgan edi) boyga qarol qilib berishdi. Ayrim hollarda kiritma gap o'zi bilan aloqador bo'lgan gapdan tire bilan ajratiladi. Masalan: Universitet hovlisi—men hozirgina aylanib chiqdim— talabalar bilan gavjum bo'lib turibdi.
So'zlovchining qo'shimcha fikrini alohida ta'kidlaydigan maxsus belgilar ham bo'lishi mumkin. Bu darak belgilari shaklida qo'yiladi. Masalan: "Avtor mana shu bachkana (?) munosabatlarning hammasini poyetiklashtirib tasvir etadi."Nahot poyetiklashtirilgan (!) tasvir bachkana bo'lolsa. (M.N.)
Shaxsi umumlashgan gap. Kesimi fe'l bilan ifodalanib, mazmuni umumga qaratilgan bir bosh bo'lakli gaplar shaxsi umumlashgan gap deyiladi. Shaxsi umumlashgan gaplarning kesimi buyruq maylining II shaxs shakli bilan ifoda qilinadi.
Xalq maqollari, asosan, shaxsi umumlashgan gaplarga teng bo'ladi. Masalan: Kerilma g'oz, hunaring oz. Hurmat qilsang hurmat ko'rasan. Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo'l. Bir tok eksang bir tup tol ek. Sayoq yursang tayoq yeysan. Shaxsi umumlashgan gaplarning bosh bo'lagi ayrim hollarda birinchi shaxsing ko'plik shaklida ham bo'lishi mumkin. Masalan: Dushmanlardan har doim ogoh bo'laylik!


Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling