Rеjа: Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha va ularning turlari. Proporsional rostlagichlar. Integral rostlagichlar. Proporsional-integral (izodrom) rostlagichlar Proporsional-differinsial rostlagichlar


Download 10.13 Kb.
bet3/3
Sana08.11.2023
Hajmi10.13 Kb.
#1756888
1   2   3
Bog'liq
Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha va ularning turlari-kompy.info

Integral rostlagichlar.

  • Integral (astatik) rostlagichlar deb rostlanayetgan parametr topshirilgan qiymatdan chetga chiqarish rostlovchi organning rostlanuvchi parametr chetga chiqishiga proporsional tezlikda xarakat qilishiga aytiladi. Astatik rostlagichlar ishlatilganda rostlanuvchi parmetrning muvozanat qiymati nagruzkaga bog’liq emas va statik xato nolga teng bo’ladi. Agar rostlanayotgan kattalik berilgan qiymatidan chetga chiqsa astatik rostlagich rostlovchi organi rostlanuvchi kattalik qiymati topshirilgan darajaga yetguncha xarakatga keltirib turadi.

  • O’zining dinamik xususiyatlari jihatidan integral rostlagichlar turg’un emas, shuning uchun ham ular mustaqil qurilma sifatida ishlab chiqarilmaydi.

  • Proporsional-integral (izodrom) rostlagichlar.

  • PR3.21 rostlagichning vazifasi PR 2.5 rostlagichning vazifasiga o’xshash. U taqqoslash elementlari I, III, VI, droselli summator II, quvvat kuchaytirgich IV, uzuvchi relelar V, VII va sig’im VIII dan iborat (9.2- rasm). Bu rostlash bloki ikkita: proporsional va integral qismlardan tuzilgan. Ularning kirishiga datchikdan rostlanayotgan kattalikning pnevmatik signali Rn va ikkilamchi asbobga o’rnatilgan topshiriq bergichdan rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymati kelib, 0,2 ... 1 kg/sm2 oraliqda bo’ladi. Blokning proporsional qismi g’alayonlanishdan so’ng xarakatga kelib, uning o’zi esa summator I, III va drosselli summator II dan tuzilgan. PR3.21 rostlovchi blokining integral qismi summator VI va kuchaytirish koeffitsiyenti K=1 bo’lgan birinchi darajali aperoidik zvenodan tuzilgan bo’lib, pnevmatik integrallovchi zvenodan iborat. Proporsional va integral qismlarning chiqish signallari yacheyka II da qo’shiladi. Buning uchun integrallovchi zvenoning chiqishi yacheyka II ning I va III summatorlari kirishiga berilishi lozim.

    Xulosa


  • Xulosa qilib aytganda ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko’rsatiladigan ta’sirning xarakteri jihatidan rostlagichlar uzlukli va uzluksiz ishlovchi bo’ladi. Uzlukli ishlovchi rostlagichlarda ijro etuvchi mexanizmning faqat rostlovchi organi rostlanuvchi miqdorning uzluksiz muayyan qiymatida xarakat qiladi. Rostlanuvchi miqdorning o’zgarishi va rostlovchi ta’sir o’rtasidagi bog’lanish (yoki ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organining xarakati), ya’ni rostlash qonuni nazarda tutilgan ish tavsifnomasiga ko’ra rostlagichlar pozitsion, integral (astatik), proporsional (statik), izodrom (proporsional-integral), proporsional-differitsial (oldindan ta’sir etuvchi statik), proporsional-integral-differinsial (oldindan ta’sir etuvchi izodrom) bo’ladi. Rostlanuvchi miqdorni vaqt davomida talab qilingan chegarada saqlab turish jihatidan rostlagichlar stabillovchi, programmali va kuzatuvchi rostlagichlarga bo’linadi.

    Adabiyotlar:

     

     


  • Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., G’ulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Toshkent: O‘qituvchi, 2011.

  • Vaxidov A.X., Abdullaеv D.A. Avtomatikaning tеxnik vositalari. Toshkent, 2012.

  • Aripov N.M. “Avtomatik boshqarish nazariyasi va avtomatika elеmеntlari” ma'ruzalar matni. Toshkеnt, 2010.

  • Ismoilov A.I., Nazarov O.K. “Avtomatika va avtomatlashtirish asoslari” fanidan ma'ruzalar matni. Andijon, 2006.

    http://kompy.info



    Download 10.13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling