Reja: Changlanish va otalanish xaqida tushuncha


Download 94.76 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi94.76 Kb.
#1380599
Bog'liq
10-mustaqil ish


Mavzu: Gullarning chetdan changlanishiga moslanish xususiyatlari.
Reja:
1.Changlanish va otalanish xaqida tushuncha.
2. O`z-o`zidan va chetdan changlanish.
3. Mikrosporogenez va makrosporagenez taraqqiy etishi va rivojlanishi.
Changning otalanish changdonidan onalik og`izchasiga kelib tushishi changlanish deyiladi. Changlanishi 2 xil bo`ladi:
1.O`zidan changlanish-Avtogamiy
2. Chetdan changlanish-Ksenogamiya
3. O`z-o`zidan changlanish.Bu jarayon quyidagicha kechadi.
1) Avtogamiya - urug`chining tumshuqchasiga shu gulning changdonidan chiqqan chang tushadi. Bunday changlanish asosan 2 jinsli gullarida o`tadi.
2) Geytenogamiya - bir o`simlik individuli o`rtasida bo`ladi, ya`ni bir gul changdonidan chiqqan chang shu o`simlik individumidagi ikkinchi gulning tumshuqchasiga tushadi.
3) Kleystogamiya - bunda gul ochilmasdan oldin, ya`ni yopiqlik paytida changlanish bo`ladi. Kleystogam gullarni binafsha (viola), yeryong`oq (Arachis), arpa (Hordeum) o`simliklarida ko`rish mumkin.

Buyuk biolog Charlz Darvin o`zining 27 yil mobaynida o`simlik gulining tuzilishini o`rgandi. CH.Darvin changlanish usullarini tekshirib ko`rdi. Darvin o`simliklarning o`zidan changlanishi tabiatda ozroq bo`lishi, chetdan changlanish esa ko`proq bo`lishini ko`rdi. Darvin o`simliklarning o`zidan changlanishida xosili sog`lom bo`lmasligini, chetdan changlanishda xosili sog`lom va o`zgaruvchan bo`lishini ta`kidlab o`tadi. Ivan Vlad, Michurin o`simliklarning chetdan changlanishini evolyutsiya taraqqiyot davrida progressiv faktor deb xisobladi. O`zidan changlanuvchi o`simliklarga: arpa, bug`doy, no`xat, loviya, suli, tariq, pamidor, g`o`za, zig`ir kiradi. Bu o`simliklar ba`zan chetdan ham changlanib turadi. Ba`zan paxta, zig`ir 3-5% chetdan changlanadi. Ba`zida ularda chetdan changlanish 50% gacha boradi


Faqat o`zidan changlanuvchi o`simliklar juda kam uchraydi. Bularning gullari mayda, ko`rimsiz va ochilmaydigan bo`ladi. Bunday gullarni kleystogamiya deyiladi. Mas. Yeryong`oq (Arachis), arpa (Hordeum). Yeryong`oqning yer ustidagi gullari xosil bermay, tuproq ostki kleystogamiya gullari xosil beradi. Binafsha (viola) ning bahorgi chiroyli gullari xosil bermaydi. Yozgi ko`rimsiz gullar esa xosil beradi,o`zidan changlangan bo`ladi. (Fabaceae) Dukkaklilar oilasidagi ba`zi o`simliklarning loviya, no`xat g`unchalik vaqtida o`zidan changlanadi. Arpa, bug`doylarning ham gullari qinli barglardan ochilmasdan turib, changlanib qo`yadi. O`simliklarning ko`pchiligi odatda chetdan changlanadi. Shu jumladan 2 jinsli gullar ham chetdan changlanadi. Chunki bu gullarda otalik-onaliklari bo`lsa ham ular bir vaqtda voyaga yetmaydi. Bunday xodisani dixogamiya deyiladi. (dixo-ayrim). Ba`zan o`simliklarning otaligi oldin yetishadi. Bunday o`simliklar protandriya deyiladi. (protos-oldin,andriya-mujchina). Bularga astradoshlar (Asteraceae), chinni-guldoshlar (Caryophyllaceae), yasnotkadoshlar (Lamiaceae), kiruvchi o`simliklar misol bo`ladi.
O`simliklarda otaliklaridan oldin onaliklari yetishi xodisai ham bo`ladi. Buni protogeniya deyiladi. karamguldoshlar (Brassicaceae), atirguldoshlar (Roseceae), zikrdoshlar (Berberidaceae). Ba`zan o`simliklar otalik, onaliklari baland past joylashgan bo`ladi. Bular geterostiliya deyiladi. M,primula (Primula) grechixa (Fagopyrum). Shuningdek ba`zi o`simliklarning otalik changi onaligi uchun zaxarli xisoblanadi. Buni orxid deb ataluvchi tropik o`simliklarda ko`ramiz. Qora bug`doy-roj o`simligining otalik changi onaligini changlata olmaydi. Shuning uchun ham ko`pchilik o`simliklar chetdan changlanadi. Chetdan changlanish 2 narsa ishtirokida bo`ladi
Download 94.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling