Reja: I. Kirish. I-bob. Turli yosh guruxlarida geometrik shakllar va obyektlarning shakli haqida g'oyalarni shakllantirishni pedagogik asoslari


Download 138.5 Kb.
bet7/8
Sana20.12.2022
Hajmi138.5 Kb.
#1036275
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
to\'girlangani Turli yosh guruxlarida geometrik shakllar va obyektlarning shakli haqida g\'oyalarni shakllantirishni loyihalashtirish

III. Xulosa
Tekshirishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, maktabgacha yoshdagi bolalarga matematika o‘qitishda o‘tish saviyasi mazmuni quyidagilardan iborat:
Birinchidan, shunday faoliyat va masalalarni o‘zlashtirish kerakki, ularda matematik operatsiyalarni qo‘llashning zarurligi bolalarga yaqqol ko‘rinib turadi. Bu bir tomondan, bolaning amaliy faoliyati bilan bevosita bog‘liq (tenglashtirish, taqqoslashga oid) masalalar, ikkinchi tomondan, ularga shunday shartlar kiritiladiki, bunda mazkur masalalarni matematik vositalardan foydalanmay turib (masalan, fazoda ajratib qo‘yilgan ikki to‘plamni amalda tenglashtirish) amalga oshirish mumkin bo‘lmaydi.
Ikkinchidan, muhitning shunday munosabatlarini ajratish kiradiki, bu munosabatlarni qo‘llanish bolaga konkret buyumlardan matematik obyektlarga o‘tish (masalan, buyumlarni ma’lum belgilari bo‘yicha guruhga kiritish va shu asosda to‘plam munosabatlarini, tenglik-tengsizlik munosabatlarini, qismbutun munosabatlarini hosil qilish) imkonini beradi. Bolalarda tevarak-atrofda turgan yakka (bitta) narsalarni va narsalar yig‘indisi (ko‘p)ni mustaqil topa olish ko‘nikmasi mustahkamlanadi. Shu maqsadda o‘rta guruhda kichik guruhdagiga qaraganda mashqlaming birmuncha murakkab variantlaridan foydalaniladi.
Bolalarga matematik tushunchalarni shakllantirishda ko‘proq mustaqillik bcriladi, nimani qayerdan izlash kerakligi, «Qarang, qaysi narsalar ko‘p, qaysilari bittadan uchraydi», umumiy ko‘rsatmalar bilan beriladi.
Bolalarni faqat bir turdagi narsalarni fikran bir guruhga birlashtirishga, ularning barchasi uchun umumiy bo‘lgan xususiyat (buyumlarning nimaga mo‘ljallanganligi va boshqalar) asosida «to‘plam hosil qilish»ga o‘rgatibgina qolmasdan, balki guruhni tashkil etuvchi narsalarning faqat bir qismi uchungina umumiy bo‘lgan belgilarni hisobga olishga, ya’ni qism to‘plamni ajratishga ham o‘rgatiladi. Masalan, pedagog bolalar diqqatini deraza tokchasida turgan ko‘p o‘simliklar orasida baland va pastlari, katta
va kichik barglilari borligiga jalb etadi va hokazo.
Bu davrda asosiy e’tibor ikki to‘plamning miqdorini qiyoslashni mashq qildirishga qaratiladi. Bolalar ikki guruhning qaysi birida narsalar ko‘p (kam)ligini yoki ularning baravarligini aytishga o‘rgatiladi.
Tarbiyachi ulaiga guruhlarni amaliy ravishda taqqoslash, ustmaust va yonma-yon qo‘yish usullarini cslatadi.
Bolaiarni narsalarning boshqa belgilari ichidan miqdori tomonini ajrata bilishga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Bunga mazkur holda guruhning unchalik ahamiyatli bo‘lmagan belgilarini —guruhdagi narsalarning rangi, katta-kichikligi va joylashuvini o‘zgartirish orqali erishiladi.
Miqdoriy tuzilishi turlicha bo‘lgan to‘plamlar bilan ishlash bolalarda narsalar sonini aniq bclgilash zaruratini hosil qiladi.
Sanoqda o‘zlashtirish uchun sharoit paydo bo‘ladi.
Bu mashg'ulotlarda ba'zi fazoviy tasavvurlar aniqlanadi, o‘ng va chapni farqlash, narsalarni chapdan o‘ngga qarab o‘ng qo‘l bilan ko‘rsatish, yuqorigi va pastki (doskalar), chapdan o‘ngga iboralarini tushunish ko‘nikmasi mustahkamlanadi.
Bolalar figuralar — doira, kvadrat, uchburchakni sezish, harakat va ko rish yo‘li bilan tekshirib ko‘rishni mashq qiladilar, ularni rang va hajmlaridagi farqlarga qaramasdan bilib olishni O‘rganadilar.
Bolalarning o‘lcham munosabatlari: uzunroq—qisqaroq, kengroq—torroq, ko‘proq—kamroq haqidagi tasawurlari va tegishli munosabatlami aniqlash uchun yonma-yon va ustma-ust qo‘yish usullaridan foydalanish ko‘nikmalari mustahkamlanadi. Birinchi mashg‘ulotlardayoq bolalarda bu ko‘nikmalarga qiziqish uyg'otish va shug‘ullanish malakasini o‘stirishni davom ettirish muhim ahamiyatga ega.

Download 138.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling