Reja: Mehnat migratsiyasi: sabab va oqibatlari


Download 29.36 Kb.
bet6/6
Sana20.12.2022
Hajmi29.36 Kb.
#1039269
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mehnat migratsiyasi sabab va oqibatlari

Beshinchi taklif. Oʻzbekistonda taʼlim sifatini tubdan radikal darajada koʻtarish. Milliy iqtisodiyotda katta resurslar sarfi va xalqimizning mashaqqatli mehnati evaziga yaratilgan tovar va xizmatlprning jahon bozorida raqobatbardosh boʻlishi uchun ular, birinchidan, sifati yuqori, ikkinchidan esa, narxi arzon boʻlishi kerak (Xitoy tajribasi). Sifati yuqori, lekin narxi arzon raqobatbardosh mahsulotni faqat sifatli mehnat bilan yaratish mumkin. Sifatsiz mehnat bilan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish toʻgʻrisida oʻylash – bulutsiz musaffo osmondan yomgʻir yogʻishiga umidvor boʻlishdek maʼnosiz. Qadimdan bizga meros qolgan naqlda “Shayxda hunar boʻlmasa machit ham torlik qiladi”deyilgan. Qimmatbaho resurslardan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, demak, mamlakatda koʻplab yangi ish oʻrinlari barpo etish, mamlakat iqtisodiy qudratini yuksaltirishning eng samarali yoʻli – xalqimizning hunarini oshirish, iqtisodiyotda band boʻlganlarinng malakasini, bilim saviyasini, kreativ qobiliyatini rivojlantirishdir. Xalqimizda bunday noyob fazilatlarni shakllantarishda taʼlimning roli benihoya katta. Toʻgʻri, keyingi yillarda davlatimiz rahbari, Oʻzbekiston hukumati taʼlimni rivojlantirish borasida keng koʻlamli juda katta ishlarni amalga oshirmoqda. Lekin amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar taʼlim sohasida koʻproq miqdor oʻzgarishlar sifatida natija bermoqda. Oʻzbekiston ravnaqi uchun aynan sifat oʻzgarishlar juda muhim. Mazkur mavzu doirasida taʼlimning barcha murakkab muammolarini yoritish imkoni mavjud emas. Lekin, loʻnda qilib ifodalaganda, mamlakatda taʼlimnng shunday modeli yaratilishi kerakki, u butun xalqning asosiy diqqat-eʼtiborini taʼlimga, butun kuch-gʻayratini uni tubdan yaxshilashga yoʻnaltirsin. Nazarimizda, bu noyob model xalqimizning qonida azal-azaldan mustahkam joylashgan, buyuk ajdodlarimizdan bizga meros boʻlib qolgan yashirin imkoniyatlarni roʻyobga chiqarishga va uni mamlakatimizni nafaqat mehnat migratsiyasi illatlaridan xolos etishga, balki jonajon Oʻzbekistonni dunyoning iqtisodiy jihatdan qudratli mamlakatlaridan biriga aylantirishga xizmat qilmogʻi lozim. Sifatli taʼlim Oʻzbekistonni katta taraqqiyotning ravon yoʻliga olib chiqishning eng kam xarajat va eng qisqa yoʻlidir.

Xulosa
Prezidentimiz koʻtarib chiqqan Oʻzbekistonni yana-da rivojlantirish, uni rivojlangan 50 ta mamlakat qatoridan oʻrin olishiga erishish, xalqning hayot farovonligini yuksaltirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlik darajasini oshirish, taʼlim sifatini takomillashtirish, kambagʻallikka barham berish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish borasidagi tashabbuslarining hayotga tadbiq etishning faol ishtirokchilari boʻlaylik. Ana shundagina hamyurtlarimizning oʻzining jonajon vataniga qaytishiga koʻmaklashishda hissamizni qoʻshgan boʻlamiz. Barchamiz birgalikda, bir tan birjon boʻlib harakat qilsak, Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishning ravon yoʻliga boshlab chiqishimiz muqarrar. Oʻzbekiston 2030-yilga borib nafaqat taraqqiy etgan 50 ta mamlakat safiga kirishga erishadi, balki 2040-yillarga borib kuchli 20 talik mamlakat safidan munosib oʻrin egallashi mumkin boʻladi. Shundagina biz oʻtmishda Movarunnahrdek qudratli davlatni shakllantirgan buyuk avlod-ajdodlarimizning shaʼniga munosib ish tutgan boʻlamiz, ularning ruhi poklarini shod aylab, arvohlarining madadini olish baxtiga erishamiz.
Buning uchun avvalo mehnat migrantlari muammosi Oʻzbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim, bugungi kun va kelajak nuqtayi nazaridan oʻz yechimini kutayotgan markaziy masalalaridan biri sifatida qaralmogʻi lozim. Ushbu masala davlat rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlari, ilmu-fan ahlining, keng jamoatchilik va oʻz-oʻzini boshqarish organlarining doimiy diqqat markazida boʻlmogʻi shart. Bu borada davlatimizning ishchi kuchi eksportiga yoʻnaltirilgan harakatlar strategiyasi va “yoʻl xaritasi” ishlab chiqilmogʻi va tadrijiy ravishda amaliy hayotga tatbiq etilishi lozim.

i.f.d., akademik S.S.Gulyamov,

i.f d., prof. M.M. Muhammedov


Foydalanilgan sayt- https://yuz.uz/uz/news/mehnat-migratsiyasi-va-uning-salbiy-oqibatlarini-qanday-bartaraf-etish-yollari-bor
Download 29.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling