Reja: Odam skletining tuzulishi va funksiyasi


SUYAKLARNING ONTOGENEZI VA FILOGENEZI


Download 28.88 Kb.
bet2/5
Sana26.03.2023
Hajmi28.88 Kb.
#1297314
1   2   3   4   5
Bog'liq
Skelet-tizimi-filogenezi-va-buzulishi

SUYAKLARNING ONTOGENEZI VA FILOGENEZI
Past tabaqali hayvonlar skeleti biriktiruvchi to'qimadan, yuqoriroq tabaqali hayvonlar skeleti esa tog'ay moddalardan tuzilgan bo'ladi. Umurtqali hayvonlar skeleti esa suyak moddalaridan tashkil topgan.
Filogenezdagi takomillashuv holati, ontogenezda qaytariladi. Ontogenez holatida skelet suyaklari 3 xil holatni o'taydi: 1) biriktiruvchi to'qima holati; 2) tog'ay holati; 3)suyaklanish holati. Skeletni tashkil etgan suyaklarning ko'pchiligi ko'rsatilgan 3 holatni o'taydi. Lekin ba'zi suyaklar (kalla gumbazini tashkil etuvchi suyaklar, yuz suyaklari va o'mrov suyagining bir qismi) tog'ay
holatini o'tmasdan, biriktiruvchi to'qima holatidan suyak holatiga
o'tadi va bunday suyaklarni — birlamchi Suyaklar deyiladi.
Ikkilamchi suyaklar esa taraqqiyotda uch holatni (biriktiruvchi
to'qima, tog'ay va suyaklanish) o'taydi.
Embrion taraqqiyotining boshlang'ich davrida skelet biriktiruvchi to'qimadan iborat bo'ladi. Taraqqiyotining keyingi bosqichida biriktiruvchi to'qima tog'ay moddasi bilan almashinadi. Embrion taraqqiyotining 2-oyidan boshlab suyaklanish nuqtalari
paydo bo'ladi. Bu suyaklanish nuqtalari suyaklarning tana qismida
(diafiz sohasida), hamda suyak tanasining uchlarida (metafiz sohasida) hosil bo’ladi. Bunday suyaklanish nuqtalarini birlamchi suyaklanish
nuqtalari deyiladi. Embrion taraqqiyotining oxirgi oylarida yoki
homila tug'ilganidan so'nggi birinchi yillarda ikkilamchi suyaklanish
4
nuqtalari suyaklaming bo'g'im uchlarida (epifiz qismida) hosil
bo’ladi. Oxirgi hosil bo'ladigan suyaklanish nuqtalari suyak o'simtalarida (apofiz qismida) joylashadi.
Suyaklarning diafiz qismi suyaklanganidan so'ng, ularning
epifiz qismlari ham suyaklanadi. Suyaklarning diafiz va epifiz sohalari orasida tog'ay moddasi o'sish davrida saqlanib qoladi. Bu tog'ayli soha hisobiga suyaklar uzunasiga o'sadi. Suyaklarning o'sishi tugagach tog'ay halqa ham suyaklanib ketadi va aksincha diafiz hamda epifizlar orasida tog'ay yo'qolmasa suyak o'sishdan to'xtamagan hisoblanadi. Suyaklarning qalinlashuvi esa suyak ust pardasi hisobiga bo'ladi. Suyaklarning shakli, qalinligi va uzunligi ular atrofidagi mushaklarga bog’liq bo'ladi. Atrofidagi mushaklar kuchli va katta
bo'lib, suyaklarga og'irlik hamda ta'sir kuchi ko'proq tushsa —
suyaklar ham uzunroq va qalinroq bo'ladi. Aksincha nozik mushaklar joylashgan sohadagi suyaklar ham kichikroq bo’ladi. Suyaklar o'sishdan to'xtagan holatda ham, ular ichida doimiy yangilanish davom etadi. Shu sababli suyaklarning yangi sharoitga moslashuvi katta yoshda ham davom etadi. Odam kasbining o'zgarishi, jismoniy ta'sir (og'ir atletika bilan shug'ullanish) etish jarayonida suyaklarning strukturasi ham o'zgarib boradi. Har bir suyakning hosil bo'lishida mezenximadan hosil bo'ladigan biriktiruvchi to'qima hujayrasi osteoblastlar faol ishtirok etadi. Suyaklanish jarayoni bir necha turda o'tishi mumkin.

Download 28.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling