Rejasi 11-Mavzu: «Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi, Qizil yarim oy jamiyatlari». 2-Mashg‘ulot


Download 172.5 Kb.
bet4/11
Sana14.03.2023
Hajmi172.5 Kb.
#1267776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
XGH мавзу № 11-2

IXTIYORIYLIK O‘zining yordam ko‘rsatishdagi ixtiyoriy-ko‘ngilli faoliyatida harakat undan manfaatdor bo‘lishga mutlaqo intilmaydi.
BIRLIK Mamlakatda faqat bitta Qizil Xoch yoki Qizil Yarim oy milliy jamiyati bo‘lishi mumkin. U barcha uchun ochiq bo‘lib, o‘zining insonparvarlik faoliyatini mamlakatning barcha hududlarida olib borishi kerak.
UNIVERSALLIK.Harakat umumjahon xususiyatiga ega. Barcha milliy jamiyatlar baravar huquqqa ega va bir-birlariga yordam ko‘rsatishlari kerak.
2-o‘quv savoli: Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi.
XALQARO QIZIL XOCH QO‘MITASI
Dastlab shveytsariyalik bir guruh shaxslar tomonidan tuzilgan ushbu tashkilot hukumatlararo tashkilot emas. Lekin butun dunyo miqyosida amalga oshirayotgan o‘z insonparvarlik faoliyatining tabiatiga ko‘ra, u aslida xalqaro tashkilot sifatida e’tirof qilinadi.
XQXQ mandati xalqaro konventsiyalarga muvofiq bo‘lgan birdan-bir tashkilotdir. U xalqaro shartnomalarni imzolashga vakolat olgan birdan-bir nodavlat tashkilotdir.
Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi SHveytsariya qonunchiligiga muvofiq faoliyat ko‘rsatuvchi uyushma. Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining oliy organi–Qo‘mita–faqat SHveytsariya fuqarolaridan iborat bo‘ladi. Tajriba bunday bir xil tarkib Qo‘mitaning tez, qat’iy va samarali faoliyat olib borishiga yordam berishini ko‘rsatmoqda.
Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi huquqiy maqomining o‘ziga xos xususiyatlari quyidgilardan iborat:
1.Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi davlatlar bilan shartnomalar tuzish huquqiga ega. Bu shartnomalar xalqaro xususiyatga ega bo‘lib, ko‘pincha milliy qonunchilikdan ustun turadi. Ular Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi delegatsiyalariga diplomatik vakolatxonalar va hukumatlararo muassasalar vakolatxonalari maqomini beradi, ayniqsa ushbu shartnomalarda ko‘rsatilgan (masalan, sud qilish, ko‘rsatma berish va boshqa) imtiyozlar va immunitetlar ma’nosida;
2.Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, uning delegatlari ko‘rsatma berish uchun Xalqaro sud idoralariga (shu jumladan Xalqaro jinoyat sudiga) chaqirilishlari mumkin emas;
3.Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi BMT Bosh Assambleyasi va boshqa ko‘pgina xalqaro tashkilotlarda (masalan, Amerika davlatlari tashkilotida) kuzatuvchi maqomidan foydalanadi;
4.Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi xalqaro huquq asosida (1949 yilgi Jeneva Konventsiyalari va ularga Qo‘shimcha protokollar) harbiy va fuqaro mahbuslarni borib ko‘radi va xuddi shu asosda o‘z xizmatini taklif etadi;
5.Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi xalqaro anjuman va forumlarda hukumatlararo tashkilotlar uchun yaratiladigan mavqelarga teng sharoitlarda qatnashadi.
Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Xalqaro harakatining Nizomi Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasiga keng vakolatlar doirasini belgilab beradi.

Download 172.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling