Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


Download 222.12 Kb.
bet9/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

Qadimgi arab davlatlari


Shimol va sharqda Rim va Eron bilan qo‘shni bo‘lgan arab davlatlari ham iqtisodiy va madaniy munosabatda boshqalardan kam bo‘lmagan holda rivojlanganlar. Miloddan avvalgi VI asrdan milodiy 115-yilgacha mavjud bo‘lgan Nabatiy qirolligiga imperator Troyan barham beradi va uni Rim provinsiyasiga aylantiradi. Nabatiy qirolligi poytaxti bo‘lgan Petra hozirgacha o‘zining jozibador harobalari bilan lol qoldiradi. Shuningdek, Suriya sahrolari markazida joylashgan Palmira (oromiy Tadmori) III asrda Rim uchun ham, sosoniylar uchun ham xavfli bo‘lib qoldi. 265-yilda Palmira hukumdori Ogenat shahanshoh Shopurga qaqshatqich zarba berdi va uni Suriyadan haydab chiqardi. Uning vorisi qirolicha Jinobiya Rim qo‘shinlarini Kichik Osiyoning g‘arbiga siqib chiqardi. Palmiraning qudratini sindirish uchun imperator Avrelian jiddiy kurash olib bordi. 272-yilda rimliklar tomonidan asirga olingan Jinobiya Rimga olib kelindi va gullab-yashnab turgan Palmira xarobaga aylantirildi.
G‘assoniylar. Hozirgi Iordaniya hududida V-VI asrlarda G‘assoniylar (Yamanning azd qabilasi) sulolasining hukmronligi o‘rnatildi. Bu arab davlati Vizantiyaga qaram edi. G‘assoniylar Damashqdan janubiy-sharqdagi hududlarga egalik qilgan. Oromiylar Messopotamiyasi bilan aloqalarda bo‘lgan holda, G‘assoniylar o‘z arab tillarini saqlab qolib, oromiy tilini o‘rgandilar. Shu bilan birga ular xristianlik dinini manofozit shaklida qabul qilganlar. V asrdan boshlab G‘assoniylar Vizantiya tamonidan turib faol urushlar olib bordi. Vizantiya undan Eronga qarshi kurashda foydalandi. Davlat rahbarlari Konstantinopolga tashrif buyurishgan va imperatordan patritsiy va bilarx unvonini olishgan. Vizantiyaliklarga taqlid qilib G‘assoniylar triumf, arka, terma, teatr va cherkovlar qurishgan. VI asr oxirida ichki urushlar girdobida qolgan G‘assoniylar davlati zavolga yuz tutdi. Bu davlatga yakuniy zarbani 613-614-yillarda sosoniy Xusrav II Parviz berdi.
Laxmidlar. IV asrda Suriya cho‘llarining qarama-qarshi qismida Frotning g‘arbida Eron ta’siri ostida bo‘lgan arablarning Laxmidlar podsholigi tashkil topadi. Ular huddi G‘assoniylar singari Yamandan kelib chiqqan. Laxmidlar Eron chegaralarini Vizantiya va badaviylar hujumlaridan himoya qilgan. VI asrning ikkinchi yarmidan podsholikda xristianlik tarqala boshladi. VII asr boshida Xusrav II Parviz Laxmidlar kuch-qudrati ortib ketishidan qo‘rqib, ularning hukmronligiga nuqta qo‘ydi va arab hokimlarini boshqarish uchun eronlik noibni tayinladi.
Kind podsholigi. V asrda Arabiston markazida, Nejdeda Kind podsholigi tuzildi. U siyosiy jihatdan Ikkinchi Ximyarit podsholigiga qaram bo‘lgan. Kind podsholigi VI asrning birinchi yarmida laxmid podshosi Munzir III tomonidan bosib olindi.
Hijoz va Makka. Yuqorida aytib o‘tilgan davlatlarning barchasi Arabiston yarim orolining chekka hududlarida joylashgan edi va ular ma’lum darajada o‘zlaridan ko‘ra ko‘proq madaniylashgan qo‘shnilari ta’sirida bo‘lgan. Yarimorolning g‘arbiy qismida joylashgan Hijoz o‘zining tarixi, qo‘shnilari bilan iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlari bilan ajralib turmagan va tarixi boy bo‘lmagan. Markaziy Arabistondagi singari bu hududlar unumsiz tekisliklardan iborat edi va shu jihatdan “Baxtli Arabiston” va Suriyani ko‘rinishlarini eslatib yuborardi. Bu yerda makkaliklar uchun yozgi qarargoh vazifasini bajaradigan Taif joylashgan. Taifning atirgullari, qavunlari, bananlari, uzumlari va boshqa maxsulotlari hozirgi kungacha mashhurdir.
Hijozdagi manzillardan yana biri Makkadan shimolda joylashgan Yasrib bo‘lib, Muhammad o‘limidan keyin bu hudud Madina nomini oldi. Bu nom
«Shahar» (“Madina an-Nabiy” - payg‘ambar shahri) ma’nosini anglatadi. Qishloq xo‘jaligida xurmo yetishtirishning rivojlanishi Yasrib-Madinani Hijozning yashash uchun eng qulay makoniga aylantirdi. Aynan shu omil Hijozni arablar birlashishning markazi bo‘lishiga zamin bo‘ldi. Qolaversa Hijoz to islomgacha madaniy va qisman siyosiy markaz darajasiga erishgan edi.
Makka shahri Yamandan Suriyaga boradigan karvon yo‘lida joylashgan. II asrda Ptolomey o‘z asarida shaharni Makoraba nomi bilan qayd etgan. Bu nom janubiy arabcha (sabycha) “makrab”-“muqaddas joy” so‘zidan kelib chiqqan.
Hijozning bosh shahri bo‘lgan Makka Arabistonning diniy markazi edi. Makkadagi muqaddas joylaridan biri Kaaba bo‘lib, bu joy arablarning alohida xurmatiga sazovar bo‘lgan. Bu yerdan uzoq bo‘lmagan joyda muqaddas suv- zamzam oqqan, arablarning xisoblashicha bu suv mo‘jizaviy xususiyatlarga ega bo‘lgan.
Makka nafaqat diniy markaz, balki savdo markazi ham bo‘lgan. Bu yerda yarmarka bo‘lib, ko‘chmanchi aholi o‘zining mahsulotlarini (teri, chorva) g‘alla va hunarmandchilik mahsulotlariga ayirboshlagan. Har yili o‘tkaziladigan Makka yarmarkalari hattoki chekka hududlarda joylashgan arab qabilalarini ham jalb qilar edi. Ushbu yarmarkalarda shoirlar qabila qahramoni sifatida ishtirok etishar edi, shuningdek, chaqqonlik va abjirlikka
asoslangan musobaqalar o‘tkazilardi, qabilalar o‘rtasida ittifoqlar tuzilardi, savdo ekspeditsiyalari rejalari tuziladi. Makka hukmdorlari qurayshlar, albatta obro‘li arab qabilalari orasida yuqori o‘rinlarni egallar edi. Arab muqaddas joylari himoyachilari bo‘lgan qurayshlar Arabiston tekisliklaridagi qabilalar bilan uzviy aloqaga ega bo‘lganlar.
Lekin, Makka faqatgina ichki ahamiyatga ega bo‘lmagan. Makka
«Ziravorlar yo‘li» deb ataluvchi yo‘lda joylashgan. Bu yo‘l esa Yamandan O‘rta yer dengizining sharqiy qirg‘oqlarigacha borgan. Yaman va Suriyaga yo‘l oluvchi Makka karvonlari, g‘arb va sharq o‘rtasida xalqaro almashinuv vazifasini bajargan.

  1. asr boshida Arabiston. Arabiston yarim oroli qadimdan ko‘chmanchi-charvadorlar istiqomat qilib kelgan. Arabiston yarim orolidagi charvadorlar manzilgohlari bilan egallangan bu sahro va cho‘llar arablarda “badiya” deb atalgan, shu so‘zdan arab-ko‘chmanchilar nomi badaviylar kelib chiqqan. Yevropaliklar tilida beduinlar tarzida talqin qilingan.

Palma, tuya va quduq-mana shu uchlik badaviylarning xo‘jalik asosini tashkil qilgan. Arab adabiyotida palmaga alohida e’tibor beriladi. Arablarda tuya nafaqat transport vositasi sifatida foydalanilgan, balki, turmush uchun muhim bo‘lgan jun, teri, sut va boshqa mahsulotlarni ham undan olingan.
Arabistonning o‘ziga hos tabiati sahro bo‘ronlari badaviylar tabiatiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi: kiyinish va ochlikka chidamlilik, o‘z urug‘iga nisbattan mardlik va sadoqat - arab badaviylarining asosiy sifatlari bo‘lib, bu xususiyatlar barcha ko‘chmanchilarga tegishli bo‘lgan. O‘z urug‘laridan va qabilasidan tashqaridan inson yashashi mushkul bo‘lgan. Hozirgi kunda ham arablar o‘z ismlaridan ko‘ra qabilalarning nomlanishini ustun qo‘yishadi. Badaviylar urug‘ jamoasining asosi chodir xisoblangan. Oilalarni birlashtirgan chodirlar qavmni tashkil etgan. Bir nechta qavmlar qabilaga birlashishgan. Har bir qabila birlashmasining boshida shayx turgan, uning hokimiyati kengash tomonidan cheklashgan. Kengash oila va qavm vakillaridan iborat bo‘lgan.



Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling