Rеspublikasi O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim


Tog’ jinsini burg’ulab portlatish usuli yordamida qazib olishga tayyorlash


Download 58.19 Kb.
bet10/14
Sana25.10.2023
Hajmi58.19 Kb.
#1721231
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Rеspublikasi-fayllar.org

Tog’ jinsini burg’ulab portlatish usuli yordamida qazib olishga tayyorlash.

Tog‘ jinsini qazib olishning portlatish usuli tog‘ jinsini massivdan ajratib olish va ularni belgilangan kattalikda maydalashdan iborat. Yarim qoyali tog‘ jinslarini qazib olishga tayyorlashda portlatish usuli bilan yumshatish keng qo‘llaniladi. Ushbu usul karerlarda qoyali tog‘ jinslarini qazib olishga tayyorlashning yagona usuli hisoblanadi. Barcha karer jihozlarining ish unumdorligi va kon ishlariga ketgan xarajatlar ma’lum darajada portlatish ishlari sifati va ularni tashkil etishga bog‘liqdir.

Portlatish ishlari quyidagilarni ta’minlashi zarur:

  • keyingi ishlab chiqarish jarayonlari uchun tog‘ jinslarini belgilangan darajada maydalanishini;


  • portlatilgan foydali qazilmaning talab etilgan sifat va navlarini;


  • minimum darajada pog‘ona maydonchalari belgilari o‘lchamlari va shakllaridan chekinish;


  • berilgan pog‘ona shakli va qiyalik burchaklarini, keyingi (navbatdagi) skvajinalarni burg‘ulash va zaryadlash xavfsizligini;


  • qazish va yuklash ishlari uchun qulay bo‘lishi uchun belgilangan o‘lcham va shakldagi portlatilgan tog‘ jinsi uyumini,


  • tog‘ jinslarini joylashtirishda zarur bulgan masofa va yo‘nalishlarni, asosan qazib o‘tilgan maydonga joylashtirishda;


  • atrofdagi inshootlar va karerning oxirgi konturidagi tog‘ jinsi massivini maksimal darajada saqlash xamda, ularga minimal darajada portlashning seysmik ta’sirini;


  • yuqori unumdorlikda qazish va yuklash ishlari uchun etarli hajmdagi portlatilgan tog jinslarini;


  • kon ishlarini yuqori samaradorligini, ish unumdorligini va xavfsizligini.




Burg‘ulash uskunasini tanlash.
Shnekli burg‘ulash stanogi (qirquvchi burg‘ulash stanoklari) SBR-160B-32 diametri 160 mmva chuqurligi 24-32 mgacha bo‘lgan vertikal va qiya skvajinalarni burg‘ulash uchun o‘qllaniladi. Ushbu stanokning ish unumdorligi tog‘ jinsi qattiqligi va burg‘ulash rejimiga bog‘liq va 40-60 m/s ni tashkil etadi.

SHaroshkali burg‘ulash stanogi. Sharoshkali burg‘ulash stanoklari bosim berish massasiga bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi: engil (SBSH-160 va SBSH-200) massasi 55-60 t, bosim berishi 120-300 kN, o‘rta (SBSH-250) massasi 60-80 t, bosim berishi 300-350 kN, og‘ir (SBSH-320 va sBSH-400) massasi 110-150 t, bosim berishi 600 kN. Engil turdagi burg‘ulash stanoklari 160-200 mm, o‘rta turdagi burg‘ulash stanoklari 250 mm, og‘ir turdagi burg‘ulash stanoklari 320-400 mm gacha bo‘lgan diametrdagi skvajinalarni burg‘ulashni ta’minlaydi. Skvajina chuqurligi 20-60 mgacha. Ushbu stanoklarning asosif afzalligi yusori ish unumdorligi (50-150/smena) va uning avtomatlashtirilganligidir.


Pnevma zarbli burg‘ulovchi stanok. SBU-100, SBU-125, SBU-160 va SBU-200 markali zarbli aylanma burg‘ulovchi stanok. Konstruksiyasi bo‘yicha burg‘ulash koronkalarining diametri 85 mm dan 200 mm gacha. Ushbu burg‘ulash stanogi diametri 100-200 mm va chuqurligi 30-50 m gacha bo‘lgan skvajinalarni burg‘ulashda qo‘llaniladi.

Burg‘ulash uskunasini tanlash shartlari.

Tog‘ jinsi massivida skvajinalarni burg‘ulashda, burg‘ulash snaryadi diametri va mehnat unumdorligi turlicha bo‘lgan burg‘ulash dastgohlari ishlatiladi. Dastgohlarni (burg‘ulash dastgohlarini) tanlash esa, tog‘ jinsi xususiyatlari, burg‘ulash ishlari hajmi va portlovchi skvajinalar parametrlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Zich va yarim qoyali tog‘ jinslarini burg‘ulashda – kesuvchi koronkali va aylanma burg‘ulovchi SBR turdagi stanoklardan foydalaniladi, qoyali tog‘ jinslarida – burg‘ulash ishlari hajmi katta bo‘lganida, sharoshkali burg‘ulovchi dasgohlar qo‘llaniladi. SHuningdek, o‘rta va kam ish unumli karerlarda – zarbli aylanma burg‘ulovchi dastgohlar qo‘llaniladi. Kristall strukturaga ega bo‘lgan o‘ta qattiq tog‘ jinslarida burg‘ulash ishlarini olib borishda, SBO turdagi dastgohlar va o‘ta ko‘p yoriqli va tarkibida karstlar bo‘lgan tog‘ jinsi massivlarida – kanatli-zarbli burg‘ulash dastgohlari qo‘llaniladi.
Konchilik sanoatida portlovchi skvajinalarni burg‘ulovchi stanoklar bo‘lgan texnik talablar GOST 26698-85 orqali aniqlandi.
Ushbu standart ochiq kon ishlari uchun 3 guruhdagi stanoklarni tavsiya etadi:

  1. SBSH – skvajinani havo yordamida tozalovchi sharoshkali dolotali aylanma burg‘ulovchi (sharoshkali burg‘ulash) stanok. Burg‘ulanadigan skvajinaning shartli diametri 160 dan 400 mm gacha bo‘lgan 5 ta o‘lchamli turi mavjud. Tog‘ jinsi qattiqligi =6-18;


2. SBU – skvajinani havo yordamida tozalovchi zarbli – aylanma burg‘ulovchi (pnevmo zarbli) stanok. Burg‘ulanadigan skvajinaning shartli diametri 100, 125, 160 mm bo‘lgan 3 ta o‘lchamli turi mavjud. Tog‘ jinsi qattiqligi =10-20;


3.SBR – skvajinani shnek yordamida tozalovchi kesuvchi koronkali burg‘ulovchi (shnekli burg‘ulash) stanok. Burg‘ulanadigan skvajinaning shartli diametri 160, 200 mm bo‘lgan 2 ta o‘lchamli turi mavjud. Tog‘ jinsi qattiqligi =1- 6;

Download 58.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling