Ro’yxatga olindi№ Ruyxatga olindi №


Xalq banki Angor tuman bo’limining kredit operatsiyalari hisobini yuritish


Download 1.31 Mb.
bet12/13
Sana18.06.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1586838
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Abdusamad qarshiyev

7.Xalq banki Angor tuman bo’limining kredit operatsiyalari hisobini yuritish

Tijorat banklari mijozlarga xar xil turdagi kreditlarni takdim etadi.


Kreditlarni turlarga ajratamiz:

  1. Kreditni oluvchilar buyicha:

a) yuridek shaxs
b) jismoniy shaxs
v) davlat (xukumat)
2) Yo’nalishi buyicha:
a) qishloq xo’jaligi
b) sanoat
v) savdo
g) istemol
3) Mikdoriga kura:
a) yirik
b) o’rta
v) kichik (mikro)
4) Muddatiga ko’ra:
*Uzoq muddatli (amaliyotda bor)
*qisqa muddatli (amaliyotda bor)
5) Taminlanganligiga kura:
a) Taminlangan
b) Taminlanmagan
Kredit porfelining hajmi 4 691,2 mlrd. so’mni tashkil qilgan bo’lib, bundan 2 888,4 mlrd. so’m - xo’jalik sub’ektlari uchun kreditlar bo’lsa, jismoniy shaxslarga taqdim etilgan kreditlar hajmi 1 642,3 mlrd. so’mni tashkil etadi.
Xalqbanki iqtisodiyotningstrategik muhim sohalari loyihalarini moliyalashtirishda faol ishtirok etmoqda. Uzoq muddatli kreditlar ulushi 4 522,8 mlrd. so’mni, ya’ni umumiy kreditportfelining9b,4 foizinitashkil qiladi.
Qayd etish joizki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash kredit siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biridir. Hisobot yilida kichik biznes sub’ektlariga 2 093,1 mlrd. so’m, shuningdek, 820,1 mlrd. so’m hajmdagi mikrokreditlar ajratildi.
Xususan, sanoat sohasini rivojlantirishga - 683,7 mlrd. so’m, qishloq xo’jaligi - 900,3 mlrd. so’m, savdo va umumiy ovqatlanish - 780,5 mlrd. so’m, qurilish - 244,9 mlrd. so’m, iqtisodiyotning boshqa sohalariga 1 802,7 mlrd. so’m yo’naltirilgan. Qayd etilgan kredit mablag’larining ajratilishi 34,2 mingdan ortiq yangi ish o’rinlarini yaratish imkonini berdi.
O’z navbatida, ajratilgan mikrokreditlarning iqtisodiyot sohalari bo’yicha taqsimlanishi quyidagicha: savdo va umumiy ovqatlanish sohasiga 171,5 mlrd. so’m, qishloq xo’jaligi -175,9 mlrd. so’m, sanoat sohasiga - 66,7 mlrd. so’m, xizmatlar va servis sohasiga - 90,2 mlrd. so’m, qurilish sohasiga -14,6 mlrd. so’m, transport va kommunikatsiya sohasiga -50.7mlrd. so’m, iqtisodiyotningboshqa yo’nalishlariga 251,0 mlrd. so’m yo’naltirilgan. Bank mikrokreditlari hisobiga 25,9 mingyangi ish o’rinlari yaratilishi ta’minlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26-yanvardagi PQ-1047-sonli Qarori talablariga muvofiq, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar loyihalarini moliyalashtirishga 487,5 mlrd. so’m ajratilgan va 3,9 mingyangi ish o’rinlari yaratilgan12.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 28 yanvardagi PQ-1050-sonli Qarori talablarini bajarish maqsadida nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga 276,4 mlrd. so’m ajratilgan, natijada 2,1 ming yangi ish o’rinlarini yaratish ta’minlandi.
Aholiga sifatli bank xizmatlarini ko’rsatish, xususan, turli maqsadlar uchun kredit ajratish bank kredit faoliyatida muhim ahamiyatga ega.
Hisobot davrida - jismoniy shaxslarga 1 071,3 mlrd. so’m miqdoridagi kreditlar ajratilgan. Bulardan: 247,4 mlrd. so’m - iste’mol va mikroqarz kreditlari, 179,1 mlrd. so’m - ipoteka, 15,1 mlrd. so’m - ta’lim kreditlaridir.
Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik sezilarli darajada kengaydi. Hisobot davrida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), kredit liniyalari hisobiga bank tomonidan chorvachilik va meva-sabzavot sohalarini rivojlantirish va boshqa umumiy qiymati mos ravishda 30,0 mln.AQSh dollari, 16,0 mln. AQSh dollari va 13,0 mln. AQSh dollariga teng bo’l gan turli loyihalari mol iyalashtirilgan.
Bankning investitsion portfeli 124,2 mlrd. so’mni tashkil etib, davlat qimmatli qog’ozlari 2,0 mlrd. so’m, bankobligatsiyalari 25,1 mlrd. so’m.turli korxonalardagi ishtirok ulushi 92,7 mlrd. so’m, shuningdek 4,4 mlrd. so’m miqdoridagi aktsiyalar. Investitsion portfel hajmi bo’yicha bank bozor ulushi 5,44 foizni tashkil etib, tijorat banklari orasida 8-o’rinni egalladi.Bank investitsiyalari bo’yicha hisobot davrida 33,8 mlrd. so’m miqdoridagi dividend va foizli daromadlar olingan.
Xulosa
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni xulosa qilib aytish mumkinki, banklar – bu bozor tarkibiy sistemasining markaziy qismlaridan biri hisoblanadi. Bank – moliyaviy korxona bo’lib, u vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini o’zida saqlaydi, iqtisodiyot ob’ektlariga kredit (ssuda, qarz, zayomlar) beradi, korxonalar, muassasalar yoki alohida shaxslar bilan o’zaro to’lovlar va hisob kitoblarda vositachilik qiladi, mamlakatda pul muomalasini tartibga solib boshqaradi.
Bizmalakaviy amaliyotini o’tagan AT Xalq banki Angor tuman bo’limiham mijozlarga turli erkinliklar va sharoitlar yaratilgan bo’lib, bank turli operatsiyalar bajaradi.
Filial qabul qilingan pul mablag’larining saqlanishini ta’milaydi. Fuqarolar omonatlaridan mablag’lar ularning talablariga ko’ra va shartnomada kelishilgan muddatga beriladi.
Filial muddatlilik, qaytarishlik, to’lovlilik, ta’minlanganlik, maqsadlilik tamoyillari asosida tashkilot, korxona va tadbirkorlar, shuningdek fuqarolarga kreditlar beradi.
O’zbekistonda eng yangi texnologiyalarga mos bo’lgan bank infratuzilmasi yaratilgan. Biroq hozirgi bosqichda tijorat banklariga mijozlar bazasini va chakana xizmatlar taklif etishni kengaytirish imkonini beradigan yangi noan’anaviy yondashuvlar talab qilinadi. O’zbekiston shaharlari va tuman markazlarida borgan sari ko’proq supermarketlar va yirik savdo markazlari ishga tushirilmoqda.
Bankning salohiyatini, nufuzini aniqlashda uning mijozlari va ko’rsatayotgan xizmatlari saviyasi muhim rol o’ynaydi.
Bankning o’z mijozlari ishonchini qozonish uning yutuqlari garovidir.
Malakavaviy amaliyotini o’tash jarayonida amalga oshirilgan tahlil natijalariga asoslangan holda, quyidagi xulosalarni shakllantirishga muvaffaq bo’ldim:
1. Tijorat banklarining aktivlarini sifatini oshirish bankning likvidliligiga ziyon etkazmagan holda aktivlar daromadliligining mo’’tadil va barqaror darajasiga erishish tamoyiliga asoslanadi. Ushbu tamoyilga rioya etmaslik natijasida respublikamizning bir qator yirik tijorat banklarida kassali aktivlarning yuqori darajada to’planib qolishi yuz berdi. Bu esa, o’z navbatida, bank aktivlarining daromadliligiga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
2. Rivojlangan xorijiy davlatlarda tijorat banklari aktiv operatsiyalarining umumiy hajmida, salmog’iga ko’ra, birinchi o’rinni kreditlar, ikkinchi o’rinni qimmatli qog’ozlarga qilingan bank investitsiyalari, uchinchi o’rinni asosiy vositalar va so’nggi, to’rtinchi o’rinni kassali aktivlar egallaydi. Mazkur mamlakatlarda bank aktivlarining yuqori daromadliligi sharoitida banklarning likvidliligi yuqori likvidli qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar hisobidan ta’minlanadi. O’zbekiston Respublikasida esa, tijorat banklari aktivlarining umumiy hajmida yuqori likvidli qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalarning salmog’i juda past foizni tashkil etadi, bu esa, ularning hisobidan banklarning likvidliligini ta’minlash imkonini bermaydi.
3. Mamlakatimiz tijorat banklari aktiv operatsiyalarining amaldagi holatini AT "Xalq banki" misolida tahlil qilish natijalari shuni ko’rsatdiki, birinchidan, kassali aktivlarning bank jami aktivlarining tarkibidagi salmog’i yuqoriligicha qolmoqda; ikkinchidan, qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalarning jami aktivlar hajmidagi salmog’i juda kichikligicha qolmoqda, bu esa, tijorat banklari aktiv operatsiyalarining samaradorlik darajasini past ekanligidan dalolat beruvchi muhim omil hisoblanadi. Masalan, AT "Xalq banki"da bu ko’rsatkich 2022 yil 1 yanvarda 0,7 foizni tashkil etdi.
4. Tijorat banklari kredit operatsiyalarining daromadlilik darajasi talab darajasida emas. Xalqaro bank amaliyotida, kreditlardan olinadigan foizli daromadlarning tijorat banklarining jami foizli daromadlari hajmidagi salmog’i kamida 60 foizni tashkil etishi lozim. Respublikamizda esa, bu ko’rsatkich hozirgi vaqtda, ko’pchilik banklarda 50 foizga yaqin bo’lgan miqdorni tashkil etadi.
5. Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining depozitlariga o’rnatilgan majburiy zaxira 3 yildan uzoq muddatlilariga maksimal 5 % gacha, 1 – 3 yilgacha bo’lganlariga esa maksimal 10 % gacha belgilansa banklarning barqarorligini yanada ijobiylashishiga ta’sir ko’rsatilgan bo’lardi.
Xulosa sifatida shuni alohida ta’kidlash lozimki, yuqoridagi takliflarbank aktivlari sifatini oshirishda moliyaviy instrumentlarning o’rnini va xorijiy davlatlar tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni qo’llash hamda ularning samaradorligini oshirish va ularning likvidliligi, foydaliligini oshirishga xizmat qiladi.



Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling