Rustamjon O‘rinov Adabiyot darsliklari bo‘yicha qisqacha savol-javoblar 1 rustamjon o‘rinov


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana19.05.2020
Hajmi0.94 Mb.
#107905
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qisqacha Savol javoblar 090518154441


O‘rta darajali savol-javoblar

                              

Rustamjon O‘rinov

 

Adabiyot darsliklari bo‘yicha qisqacha savol-javoblar 

10 

 

19. 

“Bir qozonda sho‘rva qaynayotgan, bir qozonda qazi, bir o‘choqda non 

yopilayotgan, bir o‘choqda somsa. Xullas, to‘yga o‘xshab ketardi”.  

Ushbu parcha qaysi asardan olingan? 

“Do‘nan” (“Yetti zog‘ora qissasi”) 

 

20. 

“O‘ziga to‘q, tinch oilada katta bo‘lgan yolg‘iz o‘g‘il” 

deb qaysi asarda va kim 

ta’riflangan? 

“Do‘nan”da Toshtemir 

21. 

“Navoiyni mahliyo qilgan donishmand” 

kim? 

Otoyi 


 

 

22. 

Ushbu asarni o‘qir ekansiz, ona tilimiz – o‘zbek tilining qanchalar boy va 

shiraliligini, u orqali chizilgan tabiat va inson manzaralarining naqadar tiniqligiga 

ham guvoh bo‘lasiz. 

Ushbu ta’rif qaysi asar haqida? 

“Yetti zog‘ora qissasi” 



 

23. 

Xudoyberdi To‘xtaboyevning 

mustaqillik yillarida yozgan asarlari 

qaysilar? 

“Jannati odamlar”, “Qiz bolaga tosh otmang”, “Qiz talashgan o‘smirlar”, “Quyonlar 

saltanati”, “Yangi ohangda kuylayotgan viloyat”, “Tagob qishloq ertaklari”, 

“Qaylarda qolding bolaligim” 

24.  Xudoyberdi To‘xtaboyevning 

hujjatli qissasi 

qaysi? 

“Yangi ohangda kuylayotgan viloyat” 



 

25. 

Qaysi ijodkor 

o‘zi tug‘ilgan qishloq nomini 

o‘zining 

asarlaridan birining nomida 

keltirib o‘tgan? 

X.To‘xtaboyev 

(

qishloq:



 Katta tagob; 

asar:


 “Tagob qishloq ertaklari”)

 

 



26. 

“Yegani ovqat topolmay bir-birini dumini shimib yotgan ilonlar” 

qaysi asarda 

uchraydi? 

“Sariq devni minib” 

27. 

“Peshonasi do‘ng bola” 

deb qaysi asarda va kim ta’riflangan? 

“Sariq devni minib”da Hayitvoy 



28. 

“Burni angishvonaga o‘xshaydigan” 

obraz qaysi asarda uchraydi va kim? 

“Sariq devni minib”da Hoshimjon 



 

29. 

“Poyonsiz dalalarga chiqqanida joni taniga sig‘may ketadigan obraz” 

qaysi asarda 

uchraydi va kim? 

“Sariq devni minib”da Hoshimjon 

 

30. 

Janni Rodarining “Qutbdagi gunafsha” ertagida gunafshaga nisbatan 

“Doimo 

shunday xushboy xid taratib turish uchun butun bir omborxonaga ega bo‘lish kerak” 



deb qaysi hayvon aytadi? 

Tyulen 


 

31. 

“Ushbu asarda bugungi uy-ro‘zg‘or buyumlaridan tortib to fazoviy kemalargacha 

bo‘lgan ashyolarni uchratamiz”. 

Ushbu tarif qaysi asar haqida? 

“Shahzoda Plombir” 

32. 

“Muqimiy bayozi” 

deb nomlangan to‘plam kim tomonidan tuzilgan? 

G‘.G‘ulom 



33.  Muqimiyni 

elga mashhur qilgan

, uni 

o‘tkir hajvgo‘y sifatida tanitgan 



asari qaysi? 

“Tanobchilar” 

 

 


O‘rta darajali savol-javoblar

                              

Rustamjon O‘rinov

 

Adabiyot darsliklari bo‘yicha qisqacha savol-javoblar 

11 

 

34. 

“Tanobchilar”da oqsoqolga qarata 

“Bizni juda bechora odamlardan deb 

o‘yladingmi?” 

deb kim aytgan?  

Hakimjon 



 

35. 

Abdulla Qahhorning qaysi asar(lar)i asosida 

telespektakllar, video va badiiy filmlar 

suratga olingan? 

“Sinchalak” qissasi va “Qo‘shchinor chiroqlari” romani 

 

36. 

“Ushbu asarda iqtisodiy-madaniy qoloqlikning fojiali oqibatlaridan biri – johillik 

quyuq bo‘yoqlarda aks ettirilgan”. 

Ushbu ta’rif qaysi asar haqida? 

“Bemor” 

37. 

“Ko‘zlari qiyg‘och” 

deya ta’riflangan 

ayol 


qaysi asarda uchraydi? 

“Muzqaymoq” hikoyasida 



 

38. 

“Muzqaymoq” hikoyasidagi 

bolaning onasini ismi bilan bir xil nomda asar 

yozgan 


ijodkor kim? 

To‘ra Sulaymon 

(“Gulshan” asari)

 

39.  “Muzqaymoq” hikoyasidagi bolaning necha nafar 

opasi 

bor edi 


Ikki nafar 

 

40. 

Kalxatlardan qo‘rqqan jo‘jalarday bir-birining pinjiga kirib olgan 

bolalar qaysi 

asarda uchraydi? 

“Muzqaymoq” hikoyasida 

 

41. 

Qaysi asar qahramonlaridan biri o‘zini 

“nog‘oraga o‘rgangan harbiy ot”

ga 


o‘xshatadi. 

“Muzqaymoq” hikoyasida bola 



42. 

“Bitta shaltoq buzoq bir podani buzadi” 

maqoli qaysi asarda uchraydi? 

“Muzqaymoq” hikoyasida 



 

43. 

“Muzqaymoq” hikoyasida aytilishicha, Egamberdi Yoqubovning necha nafar 

farzand

i bor edi? Odil Yoqubov nechanchi farzand edi? 



Besh nafar; Odil Yoqubov uchunchi farzand edi 

44. 

“Dahshatdan haykalday qotib qolgan” 

obraz qaysi asarda uchraydi? 

“Muzqaymoq” hikoyasida Egamberdi Yoqubov 



45. 

10 yoshiga yetar-yetmas ham otasidan, ham onasidan ajralib qolgan 

ijodkor kim? 

Erkin Vohidov 



 

46. 

Erkin Vohidovning qaysi asar(lar)i 

faqat shoir qalbining, kechinmalarininggina 

emas, balki xalq hayotining ham ko‘zgusi 

hisoblanadi? 

“Ishq savdosi”, “She’r dunyosi”, “Umr daryosi” va “Ko‘ngil nidosi” 



47.  Erkin Vohidov ijodida nima hamisha 

bosh mavzu 

bo‘lib kelgan? 

Insonparvarlik 



48.  Kim o‘zbek xalqi tog‘larini 

bo‘g‘ma ajdar

ga o‘xshatgan? 

Erkin Vohidov (“O‘zbekim” qasidasida” 



 

49. 

Qaysi asarda o‘zbek xalqi 

“ilm-u she’rda shoh-u sulton, lekin taqdirda qul” 

deb aytib 

o‘tilgan? 

“O‘zbegim” qasidasida 



 

50. 

E.Vohidov “O‘zbegim” qasidasida aytishicha

“she’riyatning gulshanida so‘lgan 

ijodkor” 

kim? 

Nodira 


O‘rta darajali savol-javoblar

                              

Rustamjon O‘rinov

 

Adabiyot darsliklari bo‘yicha qisqacha savol-javoblar  

12 

 

51. 

“Suv qalqisa, loyqasi yuqoriga chiqadiganday, zamon qalqigandan buyon yomon 

ko‘paydi”. 

Ushbu parcha qaysi asardan olingan? 

“Urushning so‘nggi qurboni” 

 

52. 

Said Ahmadning “Sobiq” hikoyasida kim(lar) 

“O‘larcha ezma, shoshmagan odam 

bo‘lishar ekan”

 deb ta’riflangan? 

Kinochilar 



53. 

“Dabdababozlik nishoni”

ga aylangan obraz qaysi asarda uchraydi? 

“Sobiq” hikoyasida paxtakor  



 

54. 

Insoniyatni fashizm atalmish vabodan qutqarish yo‘lida qurbon bo‘lgan chex shoiri 

kim? 

Yulius Fuchik 



55.  Musa Jalil o‘zining qaysi she’rida 

pistoleti xiyonat qilganligini 

aytib o‘tgan? 

“Kechir, yurtim” 



56. 

O‘z o‘rnini urush maydonlarida deb bilgan 

ijodkor kim? 

Musa Jalil 



 

57. 

Mahbuslar orasida 

o‘zining dushmanga nafrat, kelgusi ozod va yorug‘ kunlarga 

ishonch bilan yo‘g‘rilgan da’vatlari, she’rlari bilan tanilgan 

ijodkor kim? 

Musa Jalil 



58. 

“Hayot hodisalarini chuqur idrok etuvchi” 

ijodkor deb kim ta’riflangan? 

Musa Jalil 



59. 

“Qalami o‘tkir ijodkor” 

deb kim ta’riflangan? 

Musa Jalil 



60.  Nima kundalik hayotimizni bezovchi 

ko‘ngil mulki 

hisoblanadi? 

Xalq qo‘shiqlari 



61.  Nima 

yoshlik, jo‘shqinlik ramzi 

hisoblanadi? 

Boychechak 



62. 

Juft-juft matn va naqoratdan tashkil topgan 

xalq qo‘shig‘i qaysi? 

“Chittigul” 



63.  “Mahbub ul-qulub”da aytib otilgan 

“kashaf” 

so‘zining ma’nosi nima? 

Toshbaqa chanog‘i 



64.  “Mahbub ul-qulub”da aytib otilgan 

“yurutachi” 

so‘zining ma’nosi nima? 

Kalxat 


 

65. 

“Halol molni kuydirganni devona deydilar, yorug‘ joyda sham yoqqanni aqldan 

begona deydilar”. 

Ushbu parcha qaysi asardan olingan? 

“Mahbub ul-qulub” 

66.  “Mahbub ul-qulub”da aytib otilgan 

“zanbur” 

so‘zining ma’nosi nima? 

ari 


67.  “Mahbub ul-qulub”da aytilishicha, 

bo‘stondagi eng yoqimli gullar 

qaysilar? 

Gulsafsar, gulg‘uncha, rayhon 



68.  “Mahbub ul-qulub”da aytilishicha, 

baxt bag‘ishlovchi toza ruh manbasi 

nima? 

Til 


69.  “Mahbub ul-qulub”da aytilishicha, nima(lar) 

tavoze va adabning negizi 

hisoblanadi? 

Azob va mashaqqat 



70. 

“Bahoriston”

 asarining muallifi kim? 

Abdurahmon Jomiy 



O‘rta darajali savol-javoblar

                              

Rustamjon O‘rinov

 

Adabiyot darsliklari bo‘yicha qisqacha savol-javoblar  

13 

 

 

71. 

3 qism


dan iborat “Mahbub ul-qulub” asarining har bir qismi nima haqida ekanligini 

toping? 


1-qism: odamlarning fe’l-atvori va avoli haqida; 

2-qism: yaxshi fe’l xosiyati va yomon xislat kasofati to‘g‘risida; 

3-qism: turli foydali kuzatishlar va misollar haqida. 

 

72. 

Ko‘proq oddiy insonlarga manzur bo‘ladigan she’rlar, hajviy asarlar bitgan 

ijodkor 

kim? 


Gulxaniy (Jur’at) 

73. 

“Maymun bilan najjor”

dagi duradgor uchun 

tog‘ 


nimaga o‘xshar edi? 

Xusrav Dehlaviy kitobiga 



74. 

“Toshbaqa bilan chayon”

da toshbaqa qayerdan qayerga ketayotgan edi? 

Iroqdan Hijozga 



 

75. 

“Toshbaqa bilan chayon”da 

chayonning suvdan qo‘rqib, nayzasini kiftiga tashlab, 

yuqori va quyi yurishi 

nimaga o‘xshatilgan? 

Qurolini yelkasiga qurol osib, oyoqyalang  yoqdan bu yoqqa yuruvchi posbonga 



 

76. 

Avaz O‘tarning otasi, 

Polvonniyoz O‘tar Gadoyniyoz o‘g‘li

, kimlar bilan do‘stona 

munosabatda bo‘lib, tez-tez suhbatlashar.doimiy muloqot qilar edi? 

Ogahiy, Komil Xorazmiy, Mujrib Xonaxarobiy, Bayoniy 



77. 

Avaz O‘tar 

qaysi shoirlar bilan yaqindan muloqotda bo‘lgan? 

Munis, Ogahiy, Komil, Feruz 



 

78. 

Avaz O‘tar o‘zining qaysi she’rida 

“Ilm-u fan uyiga yuboringlar bolangizni” 

deb 


aytib o‘tgan? 

“Til” haqidagi she’rida 



 

79. 

Avaz O‘tar 

“ko‘ngillarning sururi, dog‘i ko‘zlar nuri” 

deb nima (yoki kim)  haqida 

aytgan? 

farzand 


 

80. 

Ota bilan onaga farzandlarni o‘qitish majburiy ekanligi

ni kim o‘z asarlaridan birida 

aytib o‘tgan? 

Avaz O‘tar “Maktab” she’rida 

81.  Avaz O‘tarning fikricha, nima 

bizni yaxshi tilak va orzularimizga yetishtiradi

Maktab  


 

82. 

Avaz O‘tar o‘zining qaysi she’rida 

“Umidim: yashasin maktab bolasi” 

deb aytib 

o‘tgan? 

“Fidoyi xalqim” she’rida 



 

83. 

Abayning 

ilg‘or millatlardan o‘rnak olib qoloqlikdan chiqish, chidam va mashaqqat 

bilan ilm-fanni egallashga da’vat 

yaqqol sezilib turuvchi asarlari qaysilar? 

“Sho‘rlik qozog‘im”, Bo‘y bolasi bilan kambag‘al bolasi”, “Ilm o‘rgan”, “O‘lan” 



 

84. 

Abayning fikricha, nimani bilmaslik 

odamgarchilik emas

Dunyodagi barcha mavjud hodisalarning sirini hech bo‘lmasa yuzakiroq bo‘lsa ham 



bilmaslik 

 

85. 

“Naqliya so‘zlar”da ilmning aytishicha, g‘ayrat, aql va ilmdan qaysi biri ba’zan 

yaxshilikka, 

ba’zan esa yomonlikka mahkam yopishib oladi

G‘ayrat 


 

86. 

“Naqliya so‘zlar”da keltirilishicha

aql va ilmga putur yetkazuvchi omil(lar) 

qaysi(lar)? 

Beg‘amlik, beparvolik, o‘yin-kulgi va ixlos qo‘ymaslik 


O‘rta darajali savol-javoblar

                              

Rustamjon O‘rinov

 

Adabiyot darsliklari bo‘yicha qisqacha savol-javoblar  

14 

87. 

“Shalola” 

nomli she’riy to‘plam muallifining dastlabki to‘plami qaysi? 

“Hayot” varaqlari” (Zulfiya) 



 

88. 

Hayotsevarlik, umidbaxsh tuyg‘ular 

Zulfiyaning qaysi she’rining 

bosh mavzusi 

hisoblanadi? 

“Baxtim bor ajoyib kishilar aro...” 



 

89. 

Urush va tinchlik tushunchalari, farzandlar kelajagi, onalarning hayot, tiriklik uchun 

kurashi g‘oyalari aks etgan asar 

qaysi? 


“O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush” (Zulfiya) 

 

90. 

“Sallasiga qadalgan tojdorlik belgisidan tanib qolingan” 

obraz qaysi asarda 

uchraydi? 

“Yulduzli tunlar”da Bobur (Qutlug‘ Nigor xonim taniydi) 

 

91. 

Muqimiy “Sayohatnoma”sida keltirilgan va 

havas qilib borib afsuslangan joyi 

qaysi 


asarda uchraydi? 

“Yulduzli tunlar”da (Konibodom) 



92. 

“Yolg‘onning umri qisqa” 

maqoli qaysi asarda uchraydi?  

“Yulduzli tunlar” (Xonzoda begim aytgan) 



93. 

Qishda muzni teshib cho‘milgan 

obraz qaysi asarda uchraydi? 

“Yulduzli tunlar” (Bobur) 



 

94. 

“Yulduzli tunlar”da keltirilishicha, 

Boburning O‘ratepada yashovchi xolasining ismi 

nima edi? 

Xub Nigor xonim 

 

95. 

Turkiyzabon aholi 

“Boburtosh” 

deydigan va tojikzabon aholi 

“Sangi Boburxon” 

deb 


atovchi qoyatosh bor qishloq nomi qaysi asarda uchraydi? 

“Yulduzli tunlar’ (Ovchi qishlog‘i) 



 

96. 

To‘g‘ay Murodning “Yoshlik” jurnalida chop etilishi bilan 

butun xalqimiz orasida 

juda tez dovruq qozongan asari 

qaysi? 

“Ot kishnagan oqshom” 



97. 

“Avlodlar almashgan sayin yurak yo‘qolib boryapti” 

jumlasi qaysi asarda uchraydi? 

“Yulduzlar mangu yonadi” 



 

98. 

“Farzandlar o‘zi minayotgan mashinaga o‘xshaydi!” 

Ushbu parcha qaysi asarda 

uchraydi? 

“Yulduzlar mangu yonadi” 

99.  Qaysi asar qahramonlaridan biri 

“tayyor osh” 

deb ta’riflangan? 

“Yulduzlar mangu yonadi”da Ismoil polvon 



 

100. 

“Yulduzlar mangu yonadi” asarida 

ho‘kiz taboq va gilam taboq

ni kimlar 

ko‘taradigan bo‘lganligi aytib o‘tilgan edi? 

Ho‘kiz taboqni Abray polvon; gilam taboqni Jonibek 

 

 

 



O‘rta darajali savol-javoblar

                              

Rustamjon O‘rinov

 

Adabiyot darsliklari bo‘yicha qisqacha savol-javoblar  

15 

7-sinf adabiyotidan qisqacha savol-javoblar 

№ 

Savollar va javoblar 

1. 

Qaysi ijodkor yer sharini 

“yaralangan” 

deb ta’riflaydi? 

Rauf Parfi 

2. 

Qaysi asarda 

“Podachilar qaysi dorga osilgan?” 

misrasi uchraydi? 

“Buzilgan o‘lkaga” (Cho‘lpon) 

 

3. 

Bolsheviklar qirg‘ini, sho‘ro mustamlakachilari tomonidan o‘lkamizning vayronaga, 

o‘likxonaga aylantirilganligi haqida 

yozilgan asar qaysi? 

“Buzilgan o‘lkaga” (Cho‘lpon) 

 

4. 

Hamza Hakimzoda Niyoziy “Jonlarni jononi, Vatan” va “Dardiga darmon istamas” 

she’rlarini qaysi 

taxallus


da yozgan? 

Nihon 


 

5. 

Hamza Hakimzoda Niyoziy 

“Jonlarni jononi, Vatan” 

she’rini qanday shaklda 

yozgan? 

Murabba (to‘rtlik) 



 

6. 

Hamza Hakimzoda Niyoziy 

“Dardiga darmon istamas” 

she’rini qanday shaklda 

yozgan? 

Musallas (uchlik) 



 

7. 

Asarlarida 

o‘zbek qizlarining tortinchoq, hayo to‘la tabiatini, ayollarimizning 

andishaga o‘ralgan qiyofasini, onalarning cheksiz mehri va ayollargagina xos 

bo‘lgan matonatni, sadoqatni tarannum etgan 

ijodkor kim? 

Saida Zunnunova 

 

8. 

Qaysi ijodkor 

Zulfiya sazovor bo‘lgan mukofotlardan birining nomi bilan bir xil 

nomda asar yozgan? 

Saida Zunnunova (“Nilufar” 

9. 

Saida Zunnunovaning 

boshi va oxiri bir xil bo‘lgan she’ri 

qaysi? 


“Yer uzra qo‘ndi oqshom...” 

10. 

“Haqiqatdan tug‘ilar ba’zan afsona”. 

Ushbu parcha qaysi asardan olingan? 

“Mardlik afsonasi” 



11. 

Tariximizning har yili yuz dostonga asos bo‘lishi 

kimning asarida aytib o‘tilgan? 

Shuhrat (“Mardlik afsonasi”da) 



12. 

Nomus deb qon yig‘lagan qiz va kelinchaklar 

kimning ijodida uchraydi? 

Shuhrat (“Mardlik afsonasi”da) 



13.  “Mardlik afsonasi”da To‘marisning aytishicha, nima ular uchun 

uyat 


edi? 

Dushmanga bosh egib yashash 



14.  Qaysi asarda xalqning birlashishi 

musht


ga qiyoslangan 

“Mardlik afsonasi”da 



15. 

She’riyatning mazlumga homiylik qilganini 

aytib o‘tgan ijodkor kim? 

Rasul Hamzatov 



16. 

“Otash yuragini o‘q o‘ygan” 

ijodkor kim? 

Rasul Hamzatov 



17. 

“Sochini adoqsiz g‘amlar oqartirgan” 

ijodkor kim? 

Rasul Hamzatov 



O‘rta darajali savol-javoblar

                              

Rustamjon O‘rinov

 

Adabiyot darsliklari bo‘yicha qisqacha savol-javoblar 

16 

 

18. 

Rasul Hamzatovning “Ona tilim” she’rida 

qavs ichida kiritma bo‘lib kelgan misra 

qaysi? 


“Go‘yo fig‘on bordek murda dilida.” 

 

19. 

Hayotning ayovsiz sinovlari, g‘araz, yomonlik, xiyonat, aldovlarni ko‘raverib bezor 

bo‘lgan inson 

qaysi asarda uchraydi? 

“Kenja nevaram Shahrizodga” (Rasul Hamzatov) 

 

20. 

Qaysi ijodkor asarlaridan birida 

polizkapa qurib, kechalari tomda yulduz sanab 

yotish ajib gasht 

ekanligini aytib o‘tgan? 

Asqad Muxtor (“Yulduzim” she’rida) 



21. 

“Sajiya” 

so‘zining ma’nosi nima? 

Xarakter 



22.  Asqad Muxtor nimani 

“cheksiz umr ertagi”

 deb ta’riflagan? 

Daryo  


 

23. 

Asqad Muxtor “Yo‘l” she’rida aytishicha, 

bir kun uyda o‘tirib qolsa nima uni chetlab 

o‘tishini

 aytib o‘tgan? 

Hayot 


24.  Kim chaqaloqni (bolani) 

“jahonning umidi” 

deb ta’riflagan? 

Asqad Muxtor “Tug‘ilish” she’rida 



 

25. 

Hovurni yer ostidagi ildizga o‘xshatgan 

ijodkor kim? 

(Hovur – issiqlikdan ko‘tarilgan bug‘) 

Asqad Muxtor “Tug‘ilish” she’rida 



 

26. 

A.Muxtorning 

“O‘rik va soya haqida”

gi she’rida qavs ichida kiritma bo‘lib kelgan 

parcha qanday? 

“Bulut kuni uni izlash – kulgili”. 



27. 

“Dunyo miqyosida fikrlashga uringan” 

deya ta’riflangan ijodkor kim? 

Mirmuhsin 



 

28. 

“Me’mor” romanida G‘avvos Muhammad 

“Sen la’nati meni yo‘ldan ozdirding” 

deb 


kimga qarata aytgan edi? 

Zavrakka 



29.  “Me’mor” romanida G‘avvos Muhammadni kim(lar) 

to‘ng‘iz 

deb ataydi? 

Zavrak va Badia 



30. 

“Ajdar komiga yanglishib ketgan bola” 

qaysi asarda uchraydi? 

“Me’mor”da Nizomiddin 



31.  “Me’mor” romanida nima 

“qaroqchilardan ham xavfli” 

deb ta’riflangan? 

Girdibot (quyun, o‘rama) 



 

32. 

“Me’mor” romanida me’mor Najmiddin Buxoriy kimga 

“birodar” 

deb murojaat 

qiladi? 

Horunbekka 



 

33. 

Qaysi asar qahramonlari 

“xonumoni talanib, qilichi sinib, qalqoni teshilib, yengilgan 

sarbozdek xomush tortib o‘tirgan” 

deb ta’riflangan? 

“Me’mor”da me’mor va Horunbek 



34.  “Me’mor” romanida kim 

“gapirmay turolmaydigan odam” 

deya tariflangan? 

Zavrak 


35. 

Targ‘il sigir 

qaysi asarda uchraydi? 

“Qiyomat qarz” 



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling