№
|
MA’NO KO‘CHISHI YUZASIDAN MISOLLAR
|
TURI
|
1.
|
“Abulfayzxon” dramasi Fitrat qalamiga mansub.
|
metonimiya
|
2.
|
“Chorsu” mehmonxonasi
|
metonimiya
|
3.
|
“E, sizlar hukumat emasmi?” – dedi chol.
|
metonimiya
|
4.
|
“Menga bir burda non bo‘lsa bas” degan so‘zi hamon yodimda.
|
sinekdoxa
|
5.
|
“Oltin vodiy” poyezdi.
|
metonimiya
|
6.
|
“Qalandar” muvofaqqiyat qozondi.
|
metonimiya
|
7.
|
“Samsung” firmasi brendida negadir “A” harfining “belbog‘i” yozilmagan.
|
metafora
|
8.
|
“Zarafshon” futbol komandasi
|
metonimiya
|
9.
|
Adashgan ekanman, bilsam, cho‘llarda,
Mana endilikda tushunib yetdim.
|
ma’no ko‘chmagan
|
10.
|
Ahmad olti tom narida yashaydi.
|
sinekdoxa
|
11.
|
Alisher Navoiy o‘z qalami bilan butun dunyoni zabt etdi.
|
metonimiya
|
12.
|
Amarfuzin malhami
|
metonimiya
|
13.
|
Auditoriya kuldi.
|
metonimiya
|
14.
|
Avazning ham tovoni teshilayozdi, kovushining butuni qolmadi.
|
metonimiya
|
15.
|
Avval raisni eshitaylik.
|
metonimiya
|
16.
|
Azizxonning orzu-umidlari xazon bo‘ldi.
|
metafora
|
17.
|
Ba’zilar bir-ikki luqma otib janjal qizitar, yana ba’zilar ich-ichidan achinar, bizning
amakilarimiz esa tomoshabin edi.
|
metafora
|
18.
|
Bay-bay-bay, yaxshi sharbat ekan-da, siz tomoq yedingizmi?
|
metonimiya
|
19.
|
Bazzoz pochchaning bekorchi og‘izga tobi yo‘q edi.
|
sinekdoxa
|
20.
|
Bedilni o‘qir edi.
|
metonimiya
|
21.
|
Beodob qizning gapini onasi tekislab turdi.
|
metafora
|
22.
|
Bir kosani simirdim.
|
metonimiya
|
23.
|
Bir qoshiqqa kim ham to‘yardi.
|
metonimiya
|
24.
|
Bir tovuqqa ham don kerak, ham suv kerak.
|
ma’no ko‘chmagan
|
25.
|
Bir umr tirnoqqa zor.
|
sinekdoxa
|
26.
|
Bitta suyagimiz Toshkentda yashaydi.
|
sinekdoxa
|
27.
|
Bizning qishloqda internet yo‘q. Bizning “internet” – mahalla ayollari.
|
vazifadoshlik
|
28.
|
Bo‘ston qishlog‘iga o g‘ir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi.
|
metafora
|
29.
|
Boshim qattiq og‘riyapti.
|
metafora
|
30.
|
Boyqaro irg‘izlab istak ortida,
Jahonga boqqanda misli bola sher – Hirot darvozasin bir qanotida, She’riy lashkarini tizgan Alisher.
|
metafora
|
31.
|
Bu oy yaxshi o‘tdi.
|
metafora
|
32.
|
Bu ko‘zlar, bu qoshlar menga tanish. Qayerda ko‘rdim ekan?
|
ma’no ko‘chmagan
|
33.
|
Bu mehribon qo`llar bizni ham chetga surib qo‘yishmadi.
|
sinekdoxa
|
34.
|
Bu qasidam senga, xalqim,
Oq sut-u tuz hurmati.
|
sinekdoxa
|
35.
|
Bu voqea yanvarning oyoqlarida bo‘lib o‘tgan edi.
|
metafora
|
36.
|
Bugun kir yuvdim.
|
metonimiya
|
37.
|
Bugun menga kechki ovqat olib qo‘ymang. Asrorboy bizlarni choyga taklif qilgan.
|
metonimiya
|
38.
|
Bunday gaplar faqat sinalgan ishonchli og‘iz orqali yetkaziladi.
|
sinekdoxa
|
39.
|
Buning tili yomon.
|
metonimiya
|
40.
|
Butun mahalla-ko‘y Razzoq so‘fining baxtini olqishlab chapak chalar edi.
|
metonimiya
|
41.
|
Charm kamzuldan hamma qo‘rqardi.
|
metonimiya
|
42.
|
Cho‘loqqa achinish bilan qaradi.
|
sinekdoxa
|
43.
|
Chol o‘smirlarday yengil qadam tashlardi.
|
metafora
|
44.
|
Daryoning yoqasida bir chol baliq ovlardi.
|
metafora
|
45.
|
Dasturxonga boqqan do‘st emas.
|
metonimiya
|
46.
|
Dengiz suvi toshib yotgani ayon bo‘lib tursa ham, it undan tili bilan ichadi.
|
ma’no ko‘chmagan
|
47.
|
Derazaning singan ko‘ziga plyonka qoplangan edi.
|
vazifadoshlik
|
48.
|
Direktorning xonasidan chiqdi: rangi devor edi.
|
metafora
|
49.
|
Dunyoda o‘zimizdan keyin qoladigan tuyog‘imiz... faqat shu Otabekdir.
|
sinekdoxa
|
50.
|
E’lon. Yuragimning to‘ri bo‘sh. Chiroyli qizlarni taklif etaman.
|
metafora
|
51.
|
El o‘ziga elak tutib bo‘lmaydi.
|
metonimiya
|
52.
|
Ertaga do‘stim Sobirjonnikida o‘tirish ekan.
|
metonimiya
|
53.
|
Ertalab xotini patefon tovog‘ini so‘rab chiqibdi.
|
metafora
|
54.
|
Er-u xotin - qo‘sh ho‘kiz.
|
metafora
|
55.
|
Eshikka kiring, aka.
|
sinekdoxa
|
56.
|
Eshitgan quloq nima deydi?
|
sinekdoxa
|
57.
|
Estradamiz yulduzini davraga taklif etamiz.
|
metafora
|
58.
|
G‘ildirakni yurg‘izdim.
|
sinekdoxa
|
59.
|
G‘orning og‘zi xarsang toshlar bilan yopilgan edi.
|
metafora
|
60.
|
Go‘zal bu gaplarning hammasini yuragining tubiga joylagan edi, uni hech kimga
oshkor ayta olmasdi.
|
metafora
|
61.
|
Guruch kurmaksiz bo‘lmaydi.
|
ma’no ko‘chmagan
|
62.
|
Hajringda qaro boshim oqardi.
|
sinekdoxa
|
63.
|
Hamzaga bordim.
|
metonimiya
|
64.
|
Har bir kitob kamida bir marta Anvarning qo‘lidan o‘tadi.
|
metonimiya
|
65.
|
Havoda o‘tkir ananas hidi gurkiradi.
|
metafora
|
66.
|
Haybatli sharsharalar sochar kumush zarralar.
|
metafora
|
67.
|
Hirot yig‘ladi.
|
metonimiya
|
68.
|
Hojimatov damlamasi
|
metonimiya
|
69.
|
Ichak-chavog‘im tugadi, endi kalla sotaman.
|
metonimiya
|
70.
|
Ikki chumchuq olmaga qo‘ndi.
|
sinekdoxa
|
71.
|
Ikki juft ko‘z bir-biriga tikilib qoldi.
|
sinekdoxa
|
72.
|
Ikki ko‘zi har nav molar bilan to‘ldirilgan xurjunni yelkasiga tashlab, inqillab keldi.
|
metafora
|
sinekdoxa
|
73.
|
Ikki tovoqni paqqos tushurdi.
|
metonimiya
|
74.
|
Ikki yuz o‘n beshinchi qamoqxonadan qochibdi.
|
metonimiya
|
75.
|
Insoniyat dushmani mal’unga qiron solib, Qilichim tili bilan so‘zimni aytoldim.
|
metonimiya
|
76.
|
Ishtoni yo‘q tizzasi yirtiqqa kulibdi.
|
metonimiya
|
77.
|
Issig‘i bor: yotsin, dam olsin.
|
metonimiya
|
78.
|
Karim aka mahallamiz oqsoqoli.
|
sinekdoxa
|
79.
|
Kasalini yashirsang, isitmasi oshkora.
|
metonimiya
|
80.
|
Kasalning oyog‘iga o‘tirdi.
|
metonimiya
|
81.
|
Kecha oshda ko‘rinmadingiz.
|
metonimiya
|
82.
|
Kechqurunga suyuq ichamiz.
|
metonimiya
|
83.
|
Keng yaylovga o‘tmi ketdi, yondimi?
“Madaniyat” istagiga qondimi?
|
metonimiya
|
84.
|
Ko‘ksimda qo‘rg‘oshin, quyosh t ig‘ida,
Tog‘lar orasida yotibman bejon.
|
metonimiya;
metafora
|
85.
|
Ko‘z yoshi sel bo‘ldi, bo‘ron o ‘kirdi.
|
metafora
|
86.
|
Kumush qishdan, zumrad bahordan, qolishmaydi kuzning ziynati.
|
metafora
|
87.
|
Kutib tur, ustimni almashtirib chiqay.
|
metonimiya
|
88.
|
Kuyov qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib: “...ishoning, dada, Karomatni boshimga ko‘taraman”,
- dedi.
|
metafora
|
89.
|
Kuz kunlarining oyog‘i va qish kunlarining boshi edi.
|
metafora
|
90.
|
Lekin san’atimiz hozir o‘smir chog‘laridayoq qudratli qanot paydo qilayotipdi.
|
metafora
|
91.
|
Lermontovni tashlamadim hech,
So‘ngra qo‘lga oldim Hofizni, Pushkin menga ko‘rsatdi har kech, Yig‘lab turgan cherkas qizni
|
metonimiya
|
92.
|
Lola kun bo‘yi tik oyog‘da turdi.
|
sinekdoxa
|
93.
|
Mabodo, “Besh bolali yigitcha” kelmadimi?
|
metonimiya
|
94.
|
Majlis qaror qiladi.
|
metonimiya
|
95.
|
Maktab bolalari uchun “G‘uncha” yaxshi.
|
metonimiya
|
96.
|
Mehmonlarga tandir tortildi.
|
metonimiya
|
97.
|
Men Farmonbibi xonadoniga radiodan keldim.
|
metonimiya
|