Iroda haqida tushuncha. Irodaviy xatti-harakat motivatsiyasi.
Iroda - shaxsning oldiga qo`yilgan maqsadlarga erishishda qiyinchiliklarni
yengib o`tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi
hamda o`z-o`zini boshqarishidir.
Iroda tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni o`z ehtiyojlariga
kura o`zgartirish imkoniyatiga ega bo`ladigan kishining mehnat faoliyatida paydo
bo`ldi.
Harakatning oldindan mo`ljallanganligi kishining bo`lg`usi harakati natijasi
uning faoliyati motiviga, ya’ni u nima maqsadda harakat qilishiga javob berishi
haqida qaror qabul qilishni nazarda tutadi, shunda harakat shaxsiy ma’no kasb
etadi va subyekt uchun faoliyat maqsadi sifatida namoyon bo`ladi.
Irodaviy harakatlar murakkabligi bo`yicha farqlanishi mumkin:
14-shakl
Masalan, o`quvchi jismoniy tarbiya darsida birinchi marta tayanib sakrashga
urinayotib, yiqilishi va lat yeyishi mumkinligi bilan bogliq bo`lgan bahzi bir
xavfsirashlarni yengib o`tadi. Bunday irodaviy harakatlar oddiy deb ataladi.
Murakkab irodaviy harakatlar bir qancha oddiy harakatlarni o`z ichiga oladi.
Murakkab ishlab chiqarish faoliyatini bajarish to`g`risida qaror qabul qilarkan,
Do'stlaringiz bilan baham: |