Samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish


Hududiy innovatsion siyosat


Download 0.71 Mb.
bet75/104
Sana17.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1533885
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   104
Bog'liq
8caae491ae8b03f91106ef1868d0e785 KADRLARNI INNOVATSION BOSHQARISH

11.3. Hududiy innovatsion siyosat

O‘zbekiston Respublikasida hududiy innovatsion siyosatni amalga oshirishdagi muhim qadamni muhtaram Prezidentimiz 2021-yil 1-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” gi PF-6198-sonli Farmoni hamda “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-5047-sonli Qarori bilan tashlab berdi. Unga muvofiq hududiy Innovatsion rivojlanish boshqarmalari tashkil etildi. Bugungi kunda hududlarda innovatsion siyosatni aynan hududiy boshqarmalar amalga oshirmoqda. Bundan tashqari avvalroq hududlardagi ilm-fan va innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi Innovatsion faoliyat va texnologiyalar transferi markazlari tashkil etilgan bo‘lib, hozirda uning faoliyati hududiy boshqarmalar tomonidan muvofiqlashtiriladi. Hududlarda innovatsion siyosatni amalga oshirishning yangicha yondashuvi ishlab chiqilgan bo‘lib, har bir hududda bittadan tuman Innovatsion hudud deb e’lon qilingan va ushbu hududadlarda ilmiy, amaliy, startap va innovatsion hamda tijoratlashtirish loyihalari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari turli xil innovatsion texnologiyalarning ichki va tashqi transferi ham amalga oshirilmoqda.


Xususan, Samarqand viloyatida Urgut tumani Innovatsion hudud deb e’lon qilingan bo’lib, 2021-yil 23-iyul holatiga ko‘ra ushbu hududga innovatsion loyihalar uchun 2.520 mlrd so‘m miqdorida mahalliy va 6.4 mlrd so‘m miqdorida Respublika budjetidan mablag‘lar ajratilgan bo‘lib, hozirda ilmiy, startap va tijoratlashtirish loyihalari amalga oshirilmoqda.
Innovatsion rivojlanish vazirligining hududlarda 2021-2022-yillardagi ustuvor faoliyat yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.


Nazorat uchun savollar va topshiriqlar

    1. Mamlakatimizda innovatsion siyosat qanday va u qay darajada amalga oshirilmoqda?

    2. Innovatsion siyosatning asosiy tamoyillari nimalardan iborat?

    3. Davlat innovatsion siyosatining asosiy maqsadi nimalardan iborat?

    4. Samarqand viloyatida olib borilayotgan innovatsion siyosat haqida gapirib bering.




Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling