Samarqand iqtisodiyot va servis I n s t I t u t I x. M. Mamatqulov


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/27
Sana11.12.2020
Hajmi1.5 Mb.
#164714
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar


Braziliya  va  Rossiya  mamlakatlari  «Keyingi  yuz  yillik  choragida  yuzaga  kelgan 
gigant  iqtisodiyotli  davlatlar»  ga  aylandi.  Shuningdek,  jahon  banki  xabarlariga 
qaraganda  2006  yilda  rivojlanayotgan  mamlakatlar  iqtisodiyoti  yillik  o‘rtacha  5,4 
%  ga  o‘sadi.  MDH  va  Sharqiy  Yevropa  mamlakatlarining  ulushi  ortishi  taxmin 
qilinmoqda. 
Ekspertlarning  ishonch  bildirishicha,  yaqin  yillar  ichida  global 
iqtisodiyotda Xitoy, Meksika, Braziliya, Hindiston va Rossiya boshqa mamlakatlar 
tez  integratsiyalashuvga  kirib  ketadi  va  jahon  bozorida  nufuzli  o‘rin  egallaydi. 
Bunday  taraqqiyotga  erishish  bu  mamlakatlarda  so‘nggi  chorak  asr  mabaynida 
qayta  qurish  va  bozor  tamoyillarini  tez  o‘zlashtirganlikda  ko‘rinadi.  Taxminlarga 
ko‘ra,  bu  besh  mamlakat  2020  yilga  borib,  dunyo  yalpi  mahsuloti  yetishtirish 
bo‘yicha  16  %  lik  ulushni  egallaydi  (1992  yilda  ularning  bu  ko‘rsatkichi  7,2  % 
bo‘lgan).  Bu  natija  esa  dunyo  mahsuloti  tayyorlashda  rivojlangan  davlatlarning 
ulushini 81,5 % dan 66,7 % ga tushiradi. 
 
4.§. Rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoatlashtirish modeli  
va taraqqiyotdagi yo‘li 
 
 
Rivojlanayotgan  mamlakatlarda  qoloqlikni  tugatishning  strategik  vositasi-
xo‘jalikni  sanoatlashtirish,  ya’ni  xalqaro    mehnat  taqsimoti  (XMT)ni 
chuqurlashtirishda  qayta  ishlash  sanoatini  rivojlantirishni  jadallashtirish.  Buning 
natijasida  qo‘shimcha  ish  o‘rinlari  yaratilishi  bilan  birga  barcha  iqtisodiy 
tarmoklarning  zamonaviylashgan  tizimi  yuzaga  kelishini  ta’minlaydi,  yangi 
iqtisodiy tartib joriy etilishiga zamin hozirlaydi. 
Rivojlanayotgan  mamlakatlar  ishlab  chiqarishidagi  o‘ziga  munosiblik 
tamoyillariga ko‘ra sanoatlashtirish uch model asosida tashkil etilgan. 

  Energetika, metallurgiya va ximiya kabi strategik ahamiyatga ega sanoat 
turlarini xususiylashtirish hamda iste’molga joriy etish. Bu model milliy 
mulkni  yirik  korxonalar  xolida  tashkil  etib,  uni  ko‘rsatmalar  tarzida 
boshqarish  yo‘lga  qo‘yiladi.  Hozirda  bu  usul  Jazoir,  Efiopiya,  Misr, 
V’etnam kabi davlatlarda o‘z aksini topgan. 

  Xorij kapitalini cheklangan holda import o‘rnini bosuvchi iqtisodiyotning 
yetakchi  tarmog‘i  -  og‘ir  sanoat  rivojlanishiga  ahamiyat  qaratish  (Lotin 
Amerikasi  davlatlari  kabi).  Bunda  importyorlardan  bu  milliy  sanoat 
tarmog‘ini  takomillashtirish  borasida  ichki  iste’mol  uchun  bo‘lgan 
ehtiyojini doimiy tarzda qondirish talab etiladi. 

 
Eksport  yo‘nalishini  aniqlash,  ya’ni  tashqi  bozorga  mahsulotlarning 
alohida turlarini chiqarishni belgilab, sanoatning shu turiga asosiy kuchni 
jalb  etish.  Shu  maqsadda  chet  el  investitsiyasini  tarmoqning  bilim  va 
ko‘p mehnat talab qiluvchi mahsulot ishlab chiqarilishiga kiritish asosiy 
vazifa sanaladi. (Osiyo va Tinch Okeani hududi mamlakatlari singari). 

 
129 
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida kechayotgan islohatlarda Jahon 
banki  (JB)  va  Xalqaro    valyuta  fondi  (XVF)  asosiy  moliya  muassasi  rolini 
o‘ynamokda. Bu tashkilotlar rivojlanayotgan mamlakatlardagi xususiylashtirish va 
sanoatlashtirish  jarayonlarining  faol  ishtirokchisi  bo‘layapti.  Istaymizmi-yo‘qmi 
har  qanday  xo‘jalik  taraqqiyotida  tarmoqlarni  sanoatlashtirish  birinchi  masala 
bo‘lib qoladi. Masalan, 1960 yillarda rivojlanayotgan mamlakatlar YAIMida ulush 
quyidagicha  ko‘rinish  kasb  etgandi:  qishloq    xo‘jaligi  tarmog‘i-31,6%,  sanoat  – 
26,6%, shundan qayta ishlash – 15,6 %, xizmat ko‘rsatish – 42,8 % bo‘lgan – 2004 
yilda  esa  bu  holat  boshqacha  ko‘rinish  namoyon  etdi.  Ya’ni,  qishloq    xo‘jaligi 
tarmog‘i  –  15,6  %,  sanoat  -34,5  %  va  shundan  qayta  ishlash  -19,1  %,  xizmat 
ko‘rsatish esa 50,1 % ko‘rsatkichni  tashkil etdi. O‘tgan davrdagi sanoatlashtirish 
tizimidagi  o‘zgarishlarni  taqqoslaydigan  bo‘lsak  Afrika  va  Janubiy  –  Sharqiy 
Osiyoda o‘sish bundan ham yuqori bo‘lganini ko‘ramiz. 
Rivojlanayotgan  mamlakatlar  oldida  o‘zida  ishlab  chiqarilayotgan 
mahsulotlar  ko‘lamini  kengaytirib,  uni  integratsiyalashuviga  joriy  etish  vazifasi 
yuklangan.  Ayniqsa  xalqaro    iste’mol  ahamiyatiga  molik  bo‘lgan  mahsulot 
eksportiga e’tibor qaratish yuqori natija beradi. Masalan, ko‘pgina rivojlanayotgan 
mamlakatlar  mikroelektron  texnologiyalarni  yuqori  sifat  bilan  ishlab  chiqarib,  bu 
tovarlarni  bozorga  taklif  etishi  kutilgan  natijani  berdi.  Bunday  mamlakatlar 
qatoriga    Hindiston,  Meksika,  Argentina,  Janubiy  Koreya  davlatlarini  kiritish 
mumkin.  Ularda  metall  qirqish  dastgohlari,  metallurgiya  uchun  zamonaviy 
uskunalar,  kimyoviy,  oziq-ovqat,  yengil  sanoat  mahsulotlari,  shuningdek, 
traktorlar,  transport  vositalari  ehtiyot  qismlari  va  qishloq    xo‘jalik  texnikalari 
ishlab  chiqarish  va  ularni  eksportga  chiqarish  keng  yo‘lga  qo‘yilgan.  Shuni  ham 
qo‘shimcha  qilish  kerakki,  bu  mamlakatlar  rivojlanayotgan  mamlakatlar  orasida 
o‘ta  murakkab  hisoblangan  mashinasozlik,  yuk  ko‘tarish  kranlari,  temir 
presslovchi  dastgohlar,  elektr  va  dizelli  lokomotivlar,  samolyotlar  va  tankerlar 
ishlab chiqarishda yagona sanaladi. 
Rivojlanayotgan  mamlakatlarda  po‘lat  eritish  sanoati  ayniqsa  yuqori 
saviyada  rivojlanmoqda.  Braziliya,  Venesuela,  Hindiston  va  Meksikadagi  yirik 
korxonalarda  mavjud  bo‘lgan  po‘lat  erituvchi  texnologiyalar  zamonaviylariga 
almashtirilmokda.  Buning  uchun  chet  el  investorlari  o‘z  sarmoyalarini  ochiq 
ko‘ngil bilan kiritayotirlar. 
Mamlakatlar  iqtisodiyoti  taraqqiyotida  yirik  korxonalar  alohida  o‘rin 
egallaydi. Shu bois trans milliy korporatsiya (TMK) Afrikaning ko‘pgina qashshoq 
mamlakatlarida yirik kompaniyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga harakat qilmoqda. 
Shu  maqsadda  so‘ngi  yillarda  Madakaskarda  50  %  mahsulotni  qayta  ishlash 
quvvatiga  ega  korxona,  Serra-Leoneda  35%,  Liberiyada–36%,  Mozambikda  10-
14%  gacha  quvvatga  teng  bo‘lgan  yirik  korxonalar  tashkil  etildi.  Natijada  bu 
mamlakatlarda  ham  sanoat  rivojlana  boshladi.  Mayda  mahsulotlar,  qishloq  
xo‘jalik xom ashyolarini  yarim fabrika holatida qayta ishlash, mahalliy iste’molga 
zarur  tovarlar  ishlab  chiqarish  yo‘lga  kuyilib,  bu  borada  keng  xizmat  ko‘rsatish 
turlari ham joriy etildi. O‘z navbatida mahalliy aholi rivojlangan texnologiyalarda 
mehnat qila boshladi. 

 
130 
Rivojlangan  davlatlardan  farqli  ravishda  rivojlanayotgan  mamlakatlarda 
xizmat ko‘rsatish sohasining taraqqiy etmagani xalqaro  mehnat taqsimotida  ham 
salbiy  ta’sir  ko‘rsatmokda.  Masalan,  bu  mamlakatlarda  yuqori  texnologiya  va 
ilmiy  xizmatlarga,  shuningdek,  aloqa,  telekommunikatsiya  va  moliya  tizimi 
sohalarida  xizmat  ko‘rsatish  qoniqarsiz  ahvolda.  Mavjud  bo‘lgan  oddiy  xizmat 
turlari  faqat  mamlakat  ichkarisi  tadbirkorlari  uchungina  xizmat  ko‘rsatish 
imkoniyatiga ega xolos. Eng yomoni, bu mamlakatlarda transport va aloqa sohalari 
davlat monopoliyasi sirasiga kiradi.  
Qishloq  xo‘jaligi  sohasiga  zamonaviy  texnologiyalarni  kiritish  jahondagi 
barcha  rivojlanayotgan  mamlakatlar  uchun  eng  og‘ir  masala  bo‘lib  qolayapti. 
Masalan,  bu  hududlarning  qishloq    xo‘jaligi  sohasidagi  80  %  lik  maydoni 
irrigatsiya  tizimini  yangilashni  taqozo  etadi.  Bu  yerlarda  suvning  ifloslanishi 
oqibatida  inson  iste’mol  qiladigan  oddiy  mahsulotlarning  kaloriyasi  tobora 
pasaymoqda.  Bu  holat  2004  yillar  boshida  aholi  jon  boshiga  rivojlanayotgan 
mamlakatlarda 100 % ni tashkil etdi. Albatta, keyingi paytlarda bu tomonga yaxshi 
o‘zgarishlar  qilish  uchun  harakat  qilinmoqda.  Ammo,  haligacha  bu  muammo 
Osiyo va ayniqsa Afrikada o‘tkir muammoligicha qolmokda. 
1970  yil  oxirlariga  kelib  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  «yashil  inqilob» 
deb ataluvchi harakat amalga oshirildi. Buning natijasida yirik davlatlar va xalqaro  
tashkilotlar  moliyalari  evaziga  oziq-ovqat  mollari  tayyorlash  muammosi  qisman 
hal  etiladi.  «Yashil  inqilob»ning  bajargan  ishlari  asosan  jadallik  bilan  rivojlanish 
mumkin bo‘lgan qishloq  xo‘jalik hududlarida o‘z aksini topdi. Tanlangan bunday 
rayonlarda  avvalo  ishchi  kuchi  yetarli  bo‘ldi,  bu  yerga  ilg‘or  texnika  va 
texnologiyalar  kiritildi,  sara  urug‘chilik  va  yuqori  hosildorlik  manbalari  joriy 
etildi.  Bu  esa  tanlangan  hududlarda  yetishtirilgan  mahsulotning  nafakat  ichki 
iste’mol  bozorini  ta’minlashga  erishtirdi,  balki  sifatli  tayyorlangan  qishloq  
xo‘jalik mahsulotlarini chetga eksport qilish imkonini ham berdi.  
O‘z  navbatida  «yashil  inqilob»ning  salbiy  tomonlari  ham  bo‘ldi.  Ya’ni, 
yuqorida  aytilganidek,  barcha  imkoniyatlar  qulay  sharoitga  ega  bo‘lgan 
hududlargina  yaratildi. Bu  nomutanosiblik  oqibatida boshqa  hududlar  bu  joylarga 
tobe bo‘la boshladi. Qishloq xo‘jaligidagi taraqqiyotda ham ikki xil o‘zgarish ro‘y 
berdi, ya’ni bunday hududlar katta foyda tufayli zamonaviylasha borgan bo‘lsa, bu 
yerdan  olis  vohalar  qishloq    xo‘jaligi  sohasida  qoloqlik  girdobiga  tobora  g‘arq 
bo‘laveradi. Masalan, Hindiston, Xitoy, Liviya, kabi mamlakatlarda bir tomondan 
yirik  qishloq    xo‘jalik  korxonalari  tashkil  topib,  rivojlana  borgan  bo‘lsa,  ikkinchi 
tomonda  xo‘jalik  yuritish  eskicha  usulda  qolaverdi.  Faqatgina  so‘nggi  o‘n  yil 
mobaynida  Janubiy,  Janubiy-Sharqiy  va  Sharqiy  Osiyoda  qishloq    xo‘jaligini 
modernizatsiyalash  (zamonaviylashtirish)  keng  yoyildi.  Natijada  bu  hosildorlikka 
katta ta’sir ko‘rsatdi: 2004 yilda rivojlanayotgan mamlakatlarda g‘alla hosildorligi 
yillik 2,8 % ga o‘sdi. Jumladan, bu ko‘rsatkich Osiyoda – 3,1 % ni, Afrikada – 2,7 
%ni, Lotin Amerikasida esa 1,9 % ni tashkil etdi. 
Bugungi 
kunda 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarni 
umumiy 
iqtisodiy 
taraqqiyotga erishish darajasi va umumsoha tizimi rivojidagi mavjud imkoniyatlari 
o‘lchovi  bo‘yicha  katta  ikkita  guruhga  bo‘lish  mumkin.  Birinchisi  –  neft  eksport 

 
131 
qilish  imkoniga  ega  mamlakatlar,  ikkinchisi  –  yangitdan  sanoatlashayotgan 
mamlakatlar. 
 
5.§.  Neft eksporti bilan shug‘ullanuvchi mamlakatlar  
taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari 
 
Neft  eksport  qiladigan  mamlakatlar  tashkiloti  –  (OPEK)  –  neft  kazib 
oluvchi,  eksport  qiluvchi  va  neft  savdosiga  sharoit  yaratib  beruvchi 
rivojlanayotgan  mamlakatlar  ishini  muvofiqlab  turish  uchun  tashkil  etilgan. 
OPEKka a’zo davlatlar 13 tadir: Aljir, Venesuela, Gabon, Indoneziya, Iroq, Eron, 
Qatar,  Quvayt,  Liviya,  Nigeriya,  Birlashgan  Arab  amrligi  (BAA),  Saudiya 
Arabistoni  va  Ekvador.  Dunyo  neft  mahsuloti  iste’molida  bu  davlatlarning  neft 
qazib olish ulushi 50 % ni, eksport qilish esa 80 % ni tashkil etadi. 
Neft  eksport  qiluvchi  mamlakatlarning  asosiy  belgilari  aholi  jon  boshiga 
daromadning yuqoriligi, mustahkam tabiiy—xomashyo imkoniyatiga ega ekanligi, 
qulay  iqtisodiy-geografik  sharoitda  joylashuvi  va  energetik  xomashyo  va  moliya 
bozorida  yetakchi  rol  o‘ynashida  namoyondir.  Bu  mamlakatlarda  neftdan 
keladigan foyda evaziga aksariyat aholi yirik sarmoyadorga aylanishgan. 
1970  yilgacha  yuqorida  nomlari  aytilgan  davlatlar  daromadi,  past  edi. 
Chunki  u  paytlarda  ularga  1  barrel  neftdan  keladigan  daromad  2,5  AQSH 
dollaridan  oshmasdi.  Bu  paytda  bu  davlatlarda  neft  qazib  olish  uchun  ilg‘or 
texnologiyalar  yo‘q  edi.  Shu  bois  bu  yumushni  konsessiya  olgan  chet  el 
investorlari  bajarardi  va  qazib  olishdan  tushadigan  yalpi  foydaning  90  %  ini  o‘z 
ixtiyorlarida qoldirishadi. 
1970-1975  yillarda  OPEKka  a’zo  davlatlarda  kechgan  energetik  krizis  neft 
narxining  1  barrelini  32  dollarga  oshishiga  olib  keldi.  Oqibatda  konsessiya 
shartnomasi  bo‘yicha  ishlayotgan  investorlar  bu  yerda  o‘zlarining  ishlari  bilan 
shug‘ullanishlaridan  ko‘ra  investitsiya  kiritib,  shundan  foydalanishni  lozim 
ko‘rishdi. Bu esa OPEK ka a’zo mamlakatlar uchun ayni muddao bo‘ldi. Endi ular 
neft  qazib  olish  uchun  kerakli  zamonaviy  texnologiyalarni  pul  evaziga  sotib 
olishdi.  Jahon  bozorida  neftni  yuqori  narxda  sotayotganliklari  esa  xalq 
xo‘jaligining boshqa turlarini ham rivojlantirish imkonini berdi. 
Neft narxining o‘sishi o‘z-o‘zidan neft import qiluvchi mamlakatlardan uni 
eksport  qiluvchi  mamlakatlarga  katta  foyda  olishni  keltirib  chiqardi.  Endi  neftni 
import qiluvchi mamlakatlarda dollar kursining pasayishi, inflyatsiya darajasining 
o‘sishi bo‘y ko‘rsata boshladi. Hatto ayrim rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotini 
neftning keskin o‘sishi boshi berk ko‘chaga olib keldi. 
1982-1986 yillarda neft narxi 34 dollardan 8 dollarga tushib ketdi. Bu paytda 
OPEK  ka  a’zo  davlatlarda  iqtisodiy  qayta  qurish  kechayotganda  va  bu  past  narx 
ular iqtisodiyotiga hech kanday zarar yetkazmadi. Shundoq ham ularning o‘rtacha 
yillik  rivojlanishi  4  %  ni  tashkil  etib  turdi.  Jahonga  asosiy  neft  eksport  qiluvchi 
mamlakatlar Fors ko‘rfazida joylashgan Bahrayn, Quvayt, Ummon, Katar, Saudiya 
Arabistoni va Birlashgan Arab amirliklaridir. Ular bugun dunyo mamlakatlarining 
neft  mahsulotlariga  bo‘lgan  talabini  qondirish  uchun  190  mlrd.  AQSH  dollariga 

 
132 
teng neft  eksportga  chiqarishadi. Bu  yerda  «Shell», «Ekson», «Mitsui»  kabi  yirik 
kompaniyalar,  ko‘pmillatli  qo‘shma  korxonalar  faoliyat  olib  boradi.  Fors 
ko‘rfazida mavjud ishchilarning ko‘p qismi chet el fuqarolari hisoblanadi.  
Fors  ko‘rfazi  mamlakatlarida  birgina  neft  qazib  olish  emas,  balki  gaz, 
energiya,  moliya  va  bank  sohalarida  ham  qo‘shma  korxona  va  kompaniyalar 
tashkil  etilganligi,  natijada  bu  imkoniyatlar  evaziga  huddudda  ilmiy-texnik 
inqilobi-yu xalqaro  mehnat taqsimoti jabhalari siljishi sodir bo‘lmoqda.  
Birlashgan Arab amirligi (ABB) – Fors ko‘rfazida anchayin taraqqiy etgan 
davlat. Ammo haligacha Buyuk Britaniyaning mustamlakachilik munosabatlari bu 
yerda saqlanib qolgan BAA ning iqtisodiy holati qo‘yidagi uchta omilda aks etgan: 

  juda  katta  energiya  resursga  egaligida;  neft-zahirasi  – 7  mlrd,  gaz  – 9,8 
trln. metr kub; 

 
yirik  moliyaviy  kapitallar,  energiya  resurslari  sotuvidan  to‘plangan 
jamg‘armalar; 

  zarur geosiyosiy holat, ya’ni amirlik yirik tranzit savdo markazi, havo va 
dengiz  kommunikatsiya  imkoniyatlariga  ega  hudud.  Mamlakatda  14  ta 
dengiz porti va 16 ta xalqaro  aeroport mavjud. 
BAA  iqtisodiyotida  davlat  sektori  asosiy  tarmoq  neft  qazib  olish,  neft  va 
gazni  qayta  ishlash,  elektr  energiyasi  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  hamda 
infratuzilmalar uchun qurilish ob’ektlarini o‘z ixtiyoriga olgan. Xususiy sektor esa 
asosan  o‘z  mablag‘larini  xizmat  ko‘rsatish,  oziq-ovqat,  charm-poyafzal 
mahsulotlari va tikuv faoliyatlariga jalb etgan neft sanoatidagi barqarorlikni «katta 
yettilik» deb ataluvchi kompaniyalar nazorat qiladi. Masalan, nufuzli «Anok» (Abi 
Labi  Neyshnl  Oyl  Kompani»)  kompaniyasi  o‘ziga  tegishli  «British  Petroleum», 
«Total»,  «Mobil»,  va  «Portok»  kompaniyalari  bilan  birga  40  %  aksiyaga  egalik 
qiladi.  Shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,  hukumat  mavjud  milliy  iqtisodiyot 
sohalarini  chet  el  tajavuzlaridan  qattiq  himoya  qiladi.  Bu  yerda  xorijlik  investor 
korxonaning  49  %  lik  aksiyasidan  ko‘p  aksiyaga  ega  bo‘lmasligi  shart  qilib 
qo‘yilgan.  Shuningdek,  mamlakatdagi  yirik  kompaniyalar,  qo‘shma  korxonalar 
boshliqlari albatta BAA fuqarosi bo‘lmog‘i kerak. 
 
6.§.  Yangi sanoatlashgan mamlakatlar guruhining shaklanishi 
 
Keyingi  30  yilda  qator  Janubi-Sharqiy  Osiyo  va  Lotin  Amerikasi 
mamlakatlarida  iqtisodiy  rivojlanish  keskin  o‘sdi.  1965  yildan  2004  yilgacha  bu 
mamlakatlarning  daromad  darajasida  o‘sish  qariyib  100  baravarni  tashkil  etdi. 
O‘rtacha yillik iqtisodiy koeffitsiyent darajasi 5-7 % ga teng bo‘ldi. Bu hol ularni 
Yangi  sanoatlashgan  mamlakatlar  (YASM)  guruhiga  bo‘lib  yubordi.  Bular  – 
Janubiy  Koreya,  Singapur,  Tayvan,  Malayziya,  Tailand,  Argentina,  Meksika, 
Braziliya, Hindiston kabi mamlakatlardir. Bu guruhga mansub mamlakatlar avvalo 
bu  yerga  chet  el  kapitalining  kiritilishiga  erkinlik  yaratdi,  xususiy  tadbirkorlik  va 
bozor munosabatlariga keng yo‘l ochdi. 

 
133 
YASM  guruhiga  kiruvchi  mamlakatlar  ichida  Janubiy-Sharqiy  Osiyo 
davlatlari alohida ajralib turadi. Bu mamlakatlarda sanoatlashish o‘sishning tenglik 
asosidagi iqtisodiy modeli tarzida kechdi, ya’ni: 

  qishloq    xo‘jaligida  erishilgan  taraqqiyotdan  ketma-ketlik  bilan  yengil  va 
og‘ir sanoatga o‘tildi. Bunda zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlanish 
yetakchi o‘rinda qaraladi; 

 
mehnatdan kapitalga, kapital jamg‘arilganidan so‘ng esa ilmiy mahsulotlar 
ishlab chiqarishga o‘tildi; 

 
import siyosatidan eksport siyosatiga o‘tildi; 

 
bozor munosabatlariga o‘tish rag‘batlantirildi. 
Iqtisodiyotning o‘sib borishi mundarijalarga yondashuvni keltirib chiqaradi. 
Infratuzilmaning  zamonaviylashuvi  va  sanoat  bazalaridan  qayta  qurish  ichki 
iste’mol  ehtiyojlarini  qondirishda,  aholining  o‘rta  qatlamini  harakatga    keltiradi. 
Ularni  mahsulot  tayyorlashdagi  ulushini  orttiradi,  bozorda  muvaffaqiyatli  faoliyat 
yuritishni  rag‘batlantiradi.  YASM  shaxsiy  texnologik  va  ilmiy–texnik 
imkoniyatlarni shakllantiradi. 
YASMning  investitsiya  kirtish  rejimlari  o‘zlariga  mos  ravishda  tanlangan 
bo‘lib,  chet  el  kompaniyalarini  ko‘proq  iqtisodiy  imkoniyatlar  cheklangan  va 
zaiflashgan  hududlarga  kirtishni  lozim  ko‘rishdi.  Tajribadan  ma’lumki,  bunday 
hududlarda  ko‘proq  chet  ellik  ishtirokchilarning  aksiyadorlik  kapitallari  oshishi 
ko‘zga  tashlanadi.  Ilg‘or  hududlarda  esa  ular  mavjud  imkoniyatlar  evaziga 
mahsulot  ishlab  chiqarib,  uni  100%  eksportga  chiqarishni  mo‘ljallaydilar.  Yangi 
sanoatlashgan  mamlakatlar  (YASM)  albatta  birinchi  yo‘lni  lozim  ko‘rishadi. 
Negaki  xorij  puli,  sarmoyasi  evaziga  istiqbolsiz  hududlar  ham  asta-sekin 
rivojlanish  bosqichiga  chiqib  olishadi.  Masalan,  Indoneziya  va  Janubiy  Koreya 
bunday hududlarda moliyaviy muammolar va kapital qo‘yilmalarning sug‘urtasini 
ta’minlangan  bo‘lsa,  Braziliya  informatika,  hisob-kitobni  rivojlantirishga  e’tibor 
qaratdi.  
Janubi-Sharqiy  Osiyo  davlatlarida  rag‘batlantiruvchi  investitsiyalar  asosan 
yangi  korxonalarga  berildi.  Bunday  tanlangan  korxonalar  uchun  uning 
daromadidan  soliq  olishda  imtiyoz  yaratildi.  Masalan,  Singapur  mana  shunday 
kompaniyalar  to‘laydigan  soliqning  40  %  ini  kechib  yubordi.  Bu  imtiyoz  tufayli 
kompaniyalar  5-10  yilda  jahon  bozorida  chiqarilayot  mahsulotlar  bilan 
raqobatlasha oladigan mahsulotlar ishlab chiqarishga erishdilar. 
Import  o‘rnini  bosuvchi  mahsulotlar  ishlab  chiqarish  Braziliya,  Hindiston, 
Malayziya,  Janubiy  Koreya,  Meksika  davlatlarida  rivojlandi.  Chunki,  bu  soha 
hukumat  tomonidan  quvvatlab  turildi.  Hatto  bunday  mahsulot  bilan  mashg‘ul 
kichik  korxonalar  ham  raqobat  maydonida  himoya  qilindi.  Natijada  kichik 
korxonalar  ham  eksport  mahsulotlarni  tashqi  bozorga  chiqarish  imkoniyatiga  ega 
bo‘la  borishdi.  Shuningdek,  bu  borada  ularga  poshlina,  kvota  va  tayyor 
mahsulotlarga  beriladigan  litsenziyalar  uchun  va  shuningdek,  chetdan  import 
qilayotgan xomashyo, texnologiya  va  zamonaviy  dastgohlar  uchun  bu  to‘lovlarda 
keskin imkoniyatlar yaratib berdi. 
YASM  ning  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  modeli  Angliya-Saksoniya  tipi 
singari  davlat    boshqaruvi  ostida  amalga  oshmokda.  Davlat  asosan 

 
134 
makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlarni  rejalashtiradi,  tashqi  bozorga  chiqarilayotgan 
tovarlar,  sarmoya  va  pullarni  nazorat  qiladi.  Ayrim  mahsulotlar  narxlarini 
belgilaydi va stavka foizlarini davlat nazoratiga oladi. Masalan, Janubiy Koreyada 
1994 yil «XXI asrga barcha sohalarga ilg‘or texnologiyalarni kiritgan  holda kirib 
borish»  rejasi  tuzildi.  Natijada  so‘nggi  o‘n  yil  ichida  Koreya  sanoatining  9  xil 
sohasi  dunyoda  eng  rivojlangan  texnologiyalarga  ega  bo‘ldi.  Bu  esa  dunyodagi 
yirik mahsulot yetishtiruvchi uchta mamlakatdan biriga aylanishiga zamin yaratdi. 
Avtomobil  sanoati  rivojlanishi  bo‘yicha  AQSH,  Germaniya  va  Yaponiyadan 
keyingi to‘rtinchi o‘ringa chiqib oldi. Maishiy elektronika  va kimyoviy preparatlar 
ishlab chiqarish bo‘yicha esa Koreya dunyoda beshinchi mamlakat bo‘lib qoldi. 
Tan  olib  e’tirof  etish  kerak.  Janubi-Sharkiy  Osiyo  YASMda  geografik 
joylashuv,  tarixiy  manbalarga  ega  ekanligi,  madaniyat  va  diniy  kardoshlik 
rishtalari, iqtisodiy boy resurslarga ega ekanligi bilan ham alohida ajralib turadi. 
 
7.§.  Afrika mamlakatlari taraqqiyoti va ularda iqtisodiy 
 islohatlarning kechishi 
 
Afrika  mamlakatlarining  aksariyati  endi  rivojlanayotgan  mamlakatlarga 
dahldor. Ularning ko‘pchiligi dengiz yo‘llariga chiqish imkoniyatidan mustasno va 
tashqi dunyo bilan past aloqalda. Bu mamlakatlarda aholi jon boshiga daromad eng 
kam ko‘rsatkichga ega (100-500 AQSH dollari). Asosiy soha qishloq  xo‘jaligi esa 
xo‘jayinlik,  hukmronlik  asosida  shug‘ullanadi.  Afrika  rivojlanayotgan 
mamlakatlarga  kiritilgan  chet  el  investitsiyasi  umumiy  investitsiyaning  3  %  ini 
tashkil  etdi,  xolos.  Afrika  davlatlariga  nisbatan  uzoq  muddatli  majburiyatlar 
jamg‘arma  summasi  325  mlrd.  dollardan  oshgan.  Ko‘pgina  mamlakatlarda 
YAIMdagi tashqi qarz 70 % gacha ko‘tarilgan va eksport borasida esa  qarzdorlik 
2,5 marta oshgan. 
So‘nggi  yillarda  Afrika  iqtisodiyotida  biroz  ijobiy  siljishga  erishildi.  1990 
yilning  2-yarmida  Afirika  mamlakatlarining  YAIM  dagi  o‘sish  sur’ati  2-3  %ni 
tashkil  etdi.  Ayniqsa  iqtisodiy  o‘zgarishlar    Mavrikiya,  Botsvana,  Lesoto  va 
boshqa  shular  kabi  kichik  mamlakatlarda  ancha  sezildi.  Afrikaning  27  ta 
mamlakatida iqtisodiy sur’at aholining o‘sish sur’atiga solishtirganda yaxshilandi. 
Jahon  banki  ekspertlari  ta’kidlashicha,  2005  yilda  Afrika  davlatlarining  YAIM 
o‘sishidagi sur’at o‘rtacha 3,8 % ga yetgan. 
 
 
Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling