Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 39-umumta’lim maktabi


Oʻquvchilarning oʻqish malakalarini shakllantirishda innovatsion usullardan foydalanish


Download 315.5 Kb.
bet4/9
Sana21.01.2023
Hajmi315.5 Kb.
#1106364
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
eshnazarova ko\'rsatma 2021 oktabr

Oʻquvchilarning oʻqish malakalarini shakllantirishda innovatsion usullardan foydalanish
Darslarni nechog‘lik qiziqarli, foydali va samarali tashkil etish o‘qituvchilarning ijodkorligi , tashabbuskorligiga bog‘liq.
Oʻqish fani juda qiziqarli fan. Dars davomida bolalarni jalb etish, qiziqishini oshirish esa, o‘qituvchidan juda katta mahorat talab qiladi. O‘qituvchi har bir darsni to‘g‘ri tashkil eta olsa, dars davomida didaktik usullardan to‘g‘ri, mohirona foydalana olsagina, o‘z maqsadiga erishadi.
Oʻqish darsida innovatsion usullardan foydalanish o‘quvchilarning bilim samaradorligini oshirishda yordam beradi. Buning uchun har bir usul o‘quvchi yoshiga, dars mavzusiga mos ravishda tuzilishi hamda to‘g‘ri tashkil rtilishi lozim. Interfaol o‘yinlar orqali og‘zaki nutqini o‘stirish mustaqil fikrlash va o‘rgatadi.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Bunda o‘quvchilarga muayyan bilimlarni yetkazib berish, ular faoliyatini nazorat qilish va egallagan bilim, ko‘nikma, malakalarni baholashga alohida e’tibor beriladi. Tabiiyki, ushbu jarayon o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni, ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, uni sifat jihatdan yangi pog‘onalarga ko‘tarish uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlardan keng va har tomonlama foydalanishni taqozo etadi. Har bir pedagog ijodiy izlansa, ilg‘or tajriba va metodlarni qo‘llagan holda faoliyatini olib birsagina samarali natijalarga erishishi mumkin. Shu jumladan oʻqish fanidan dars o‘tish jarayonida o‘quvchilarni fanga qiziqtirish maqsadida o‘qitishning innovatsion usullarini qo‘llash zamon talablaridan biridir.
Innovatsion usullarning maqsadi – o‘quvchilarni shu fanga, mavzuga qiziqishlarini oshirishdir. Bunday zamonaviy usullarda o‘quvchilar erkin, mustaqil bo‘ladilar, darsga faolligi oshadi, ularga qo‘yilgan muammoga ijodiy yondashadilar, o‘z imkoniyatlarini to‘la namoyon etadilar, boshqalar fikrini hurmat qilishga, o‘z fikrini asoslay olishga o‘rganadilar natijada darsning sifat samaradorligi oshadi.
Zamonaviy usullarda o‘quvchilar zerikib qolmaydi, chunki bunday darslar har kungi ana’naviy darslardan tubdan farq qiladi.
Zamonaviy usullar ta’lim jarayonida bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarning ijodiy ish faoliyatini kuchaytiradi, ixtiyoriy diqqatini, xotirasini takomillashtiradi. O‘quvchilar o‘zlari sezmagan holda juda ko‘p harakatlarni, mashqlarni bajaradilar, turli masalalarni yechadilar.
Zamonaviy usullardan foydalanish o‘quvchilarning mavzuni tushunib yetishlarida juda ham muhimdir. Biz boshlang‘ich sinflarda mavzularni ilmiy-nazariy bilimlar orqali tushuntirsak bu o‘quvchu uchun og‘irlik qilishi yoki o‘quvchi buni shunchaki yod olishi, uni nima ekanligini anglab yetmasligi mumkin. Shuning uchun ko‘proq zamonaviy usullar orqali amaliy jihatdan o‘rgatsak o‘quvchi ongiga tez yetib boradi.
O‘quvchilar ilk maktabga kelgan kunida berilgan topshiriqlarni ko‘rib, o‘qish shunchalik murakkab ekanligidan seskanib ketadi. Biz o‘qutuvchilar metodik jihatdan har bir mavzuni ularning yosh xususiyatlarini va saviyalarini hisobga olgan holda o‘rgatib borishimiz lozim. Boshlang‘ich ta’limda uzviylik va uzluksizlik, fanlararo bog‘lanish juda ham muhimdir.
Didaktik o‘yinlar boshlang‘ich ta’limning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Bu o‘yin boshqa usuldagi o‘yinlardan farq qiladi.Ta’limiy o‘yinlar orqali avvalo bolalardagi shaxsiy faollik, mustaqillik, ijodkorlik tarkib toptiriladi va shakllantirishga e’tiborga qaratiladi. Ta’limiy o‘yin bolalarga oldilariga qo‘ygan aniq vazifani qo‘lga kiritishga yaqindan yordam beradi. Bunday o‘yinlar bolaning masalaga ongli tushunib yondashish malakasini oshiradi.
Didaktik o‘yinlarni o‘tkazish davomida o‘qituvchi o‘tilayotgan mavzu asosida yondashish zarurligiga e’tibor qaratishi lozim. Ta’limiy o‘yinlar o‘quvchilarni tasavvurlarini, qobiliyatlarini, lug‘at boyliklarini oshishida katta yordam beradi.
O‘yin faqatgina vaqtning o‘tishi yoki bolalar uchun shunchaki bir odatiy hol emas. O‘yin davomida ularning tafakkuri, dunyoqarashi, fikrlashi kengayib boradi. Olimlarimiz o‘yin orqali yondoshuv ta’lim jarayonini osonlashtiradi, deb hisoblagan. Nafaqat osonlashtiradi, balki bu fanga qiziqishini kuchaytirib, bolani chuqur bilim olishga undaydi. Shuning uchun boshlang‘ich ta’limni didaktikasiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Didaktik o‘yinlar ta’lim jarayonida bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yin bolalarning ijodiy ish faoliyatini kuchaytiradi, ixtiyoriy diqqatini, xotirasini takomillashtiradi.

Aqliy hujum” usuli


Aqliy hujum – muammolarni hal qilishda keng qo‘llaniladigan anchagina mashhur usuldir. U qatnashchilarni o‘z tasavvurlarini va ijodlaridan foydalanishga undaydi. U berilgan har qanday muammoga ko‘p sonli yechimlar topishga yordam beradi.
Aqliy hujum o‘quvchilarni o‘z tasavvurlari, mustaqil fikr yuritishlari, izlanishlari va ijodlaridan samarali foydalanishga undaydi. Aqliy hujumdan mustahkamlash, yangi bilim berish, aralash dars turlarida foydalanilsa muammo, vaziyat, topshiriq va vazifalarning yechimini topishga yordam beradi.
Aqliy hujumdan darsda foydalanishda o‘qituvchi o‘quvchilarning bergan g‘oyalari va fikrlari uchun baho qo‘ymasligi faqat ularning faol ishtiroklarini hisobga olib borishi lozim. Hamma o‘quvchilarni g‘oyalar va fikrlar berishga undashi zarur.
O‘quvchilarning bergan g‘oyalari va fikrlari o‘qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
Aqliy hujumdan qachon foydalanish mumkin.
1. Muammolarni va masalalarni yechishda.
2. Qiyin vaziyatda muammoni yechishda.
3. O‘zgarishsiz qolgan holatda.
4. Guruhni jipslashtirishda.
5. Alternativ variantlarni qidirishda.
6. Faktlarni qidirishda.
7. Loyiha ishlab chiqishda.
8. Yangi mahsulot ishlab chiqishda.
9. G‘oyalarni tanlashda.
Dasr jarayonida “Aqliy hujum” metodidan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi:

  1. O‘quvchilarni muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ularning mantiqiy fikrlarini bildirishlariga erishish.

  2. Har bir o‘quvchi tomonidan bildirilayotgan fikrlar rag‘batlantirilib boriladi. Bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullari tanlab olinadi. Fikrlarning rag‘batlantirilishi navbatdagi-yangi fikrlarning tug‘ilishiga olib keladi.

  3. Har bir o‘quvchi o‘zining shaxsiy fikrlariga asoslanishi va ularni o‘zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikrlarni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o‘zgartirish ilmiy asoslangan fikrlarning shakllanishiga zamin hozirlaydi.

  4. Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar faoliyatini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo‘l qo‘yilmaydi. Ularning fikrlari baholanib borilsa, o‘quvchilar diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda yangi fikrlar ilgari surilmaydi. Metodni qo‘llashdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarni muammo bo‘yicha keng fikr yuritishga undan ekanligini yodda tutgan holda ularning faoliyatini baholab borishdan voz kechish maqsadga muvofiqdir.

”Aqliy hujum” usuli orqali ”Vatan” mavzusini mustahkamlash.
1. Vatan nima?
2. Vatan qayerdan boshlanadi?
3. Bog‘bon uchun Vatan nima?
4. O‘quvchi va o‘qituvchi uchun Vatan nima?
5. Chaqaloq uchun Vatan nima?
6. Vatan nima uchun muqaddas?
7. Sizning Vataningiz qayer?
8. O‘zbekiston Respublikasida nechta viloyat bor?
9. O‘zbekiston Respublikasining qanday ramzlari bor?
Jumboq rasm asosida matn tuzish” usuli
O‘qituvchi ana, non, ni, in kabi so‘z va bo‘g‘inlar asosida tuzilgan krossvord- jumboqda bitta gap, ikkita so‘z mavjudligini aytadi. Krosvorddagi strelka chiziqlar so‘zni to‘g‘ri topib o‘qishga yordam berishi tushuntiriladi. Bolalar krossvorddan ona, ana, nina kabi so‘zlarni o‘qiydilar. Ularni bir butun holda o‘qisak o‘quvchilarga tanish bo‘lgan ona, ana nina gapi hosil bo‘ladi. Ushbu o‘yinni davom ettirib to‘g‘ri chiziqlar bo‘yicha bo‘g‘inlarni qo‘shib o‘qisak yana qanday so‘zlar hosil bo‘ladi? O‘quvchilar birin –ketin javob beradi. Ni+na ona, ana, sozlari hosil bo‘ladi. Nina so‘zini o‘qishda o‘qituvchi yordamlashib turadi.

Bilag‘on sardorlar” o‘yini
Bu o‘yin ham didaktik o‘yinlar turiga kiradi. O‘quvchilar odatdagidek ikki guruhga bo‘linadi. Har bir guruhning sardori belgilanadi. Ana shu guruh boshliqlari xattaxtaga chiqariladi. Guruh boshliqlari odatda a’lochi o‘quvchilar bo‘lishadi. O‘yinda o‘quvchilarning ana shu tomoni hisobga olinib, bir nechta so‘z xattaxtaga yoziladi.


Download 315.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling