Samarqand viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig'ining 2020 yil “ ” dagi


Download 111 Kb.
bet1/5
Sana02.01.2022
Hajmi111 Kb.
#202271
  1   2   3   4   5
Bog'liq
6 ilova shahar va tuman Nizomi



Samarqand viloyat Ekologiya

va atrof-muhitni muhofaza qilish

boshqarmasi boshlig'ining

2020 yil “___” ___________dagi

________- sonli buyrug'iga

-ilova
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi

nazorat bo'yicha tuman inspeksiyasi to'g'risida

namunaviy NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Samarqand viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tarkibidagi (keyingi o'rinlarda - boshqarma) Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo'yicha tuman (shahar)lar inspeksiyalari (keyingi o'rinlarda - tuman (shahar) inspeksiyalari)ning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va mas'uliyatini belgilaydi.

2. Tuman (shahar) inspeksiyasiga O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo'yicha inspeksiyasi boshlig'i bilan kelishilgan holda viloyat boshqarma boshlig'ining buyrug'iga asosan, lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.

3. Boshqarma tuman (shahar) hududlaridagi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat vazifalari bevosita viloyat inspeksiyasi, boshqarma bo'linmalarning davlat inspektorlari hamda tuman (shahar) inspeksiyalari tomonidan amalga oshiriladi.

4. Tuman (shahar) inspeksiyasi O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qo'mita raisi, viloyat boshqarmasi rahbarining buyrug'i, farmoyishi hamda viloyat inspeksiyasi boshlig'ining tegishli topshiriq va ko'rsatmalariga shuningdek ushbu Nizom asosida faoliyat yuritadi.

5. Tuman (shahar) inspeksiyasi o'ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi.

Tegishli tuman va shahar hududidagi atmosfera havosi, er usti va er osti boyliklari, suv va suv ob'ektlari, o'rmonlar, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, hayvonot va o'simlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish shuningdek, chiqindi bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi davlat nazorati - Tuman (shahar) inspeksiyasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid asosiy faoliyat yo'nalishi hisoblanadi.

6. Tuman (shahar) inspeksiyasi o'z faoliyatini boshqarmaning boshqa tarkibiy bo'linmalari, boshqa tuman (shahar) inspeksiyalari va boshqarma tizimidagi tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlikda amalga oshiradi.


Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling