Sana “ ” 201 yil. Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha


Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, geografiya “ darsligi


Download 1.46 Mb.
bet23/103
Sana03.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1154894
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103
Bog'liq
10-sinf Geografiya(konspekt)

Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, geografiya “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, geografiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Sizga ma’lumki, o‘lkamizdagi baland tog‘larning tepalaridagi qorlar jazirama yoz oylarida ham erimaydi. O‘quvchilar dam olish uchun tog‘ yonbag‘irlaridagi so‘lim oromgohlarga boradilar. Xo‘sh, bularga sabab nima? Buning sababi tekislikdan tog‘larga tomon balandlik ortib borgani sari tabiiy sharoitning o‘zgarib borishidir. Ya’ni tog‘ yonbag‘irlarida yuqoriga ko‘tarilgan sayin havo haroratining pasayib borishi, namlikning ortib borishi, shunga bog‘liq holda o‘simliklarning turli-tuman bo‘lishi, tabiiy sharoitning so‘lim va xushmanzara, musaffo bo‘lib borishidir. Tabiiy sharoitning bunday o‘zgarib borishiga balandlik mintaqalanishi qonuniyati sabab bo‘ladi.
Balandlik mintaqalanishi – tog‘larning etagidan suvayirg‘ich tomon tabiatning qonuniy o‘zgarib borishi. Balandlik mintaqalari tekisliklardagi tabiat zonalariga o‘xshash, lekin aynan o‘zi emas. Ularning shakllanishiga yuqoriga ko‘tarilgan sari havo harorati va bosimining pasayishi, quyosh radiatsiyasining kuchayishi, suv bug‘lari kondensatsiyasi sharoitining o‘zgarishi sabab bo‘ladi. Yog‘inlar ma’lum balandlikkacha ko‘payib, so‘ng kamayadi. Shunga bog‘liq holda tuproqlar, o‘simlik va hayvonot olami, umuman, geotizimlar o‘zgarib boradi. Balandlikka ko‘tarilgan sari o‘simliklarning, tabiiy sharoitning o‘zgarib borishi haqidagi ma’lumotlar Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida Movarounnahr, Afg‘oniston tog‘larining ta’rif da kelti riladi. Lekin balandlik mintaqalanishi qonuniyatini ilk bor A. Gumboldt Alp va And tog‘larida o‘rganib, ilmiy asoslab bergan. Tekislikdagi tabiat zonalari ekvatordan qutblarga tomon birin-ketin almashinib borgani kabi balandlik mintaqalari ham tog‘larning etagidan suvayirg‘ich tomon almashinib boradi. Biroq tog‘larda balandlik mintaqalari ularga nisbatan tezroq aemashinadi, ayrim balandlik mintaqalarining o‘xshashi bo‘lgan tabiat zonalari tekisliklarda mavjud emas. Masalan, tog‘larda subalp va alp o‘tloqlari mintaqasi mavjud, tekisliklarda esa bunday tabiat zonasi yo‘q.
Balandlik mintaqalarining soni va tuzilishi tog‘larning balandligiga, qaysi iqlim mintaqasida (shuningdek, iqlim o‘lkasida) joylashganiga, yo‘nalishiga, havo massalariga nisbatan joylashishiga bog‘liq. Tog‘lar qanchalik baland bo‘lsa va quyi kengliklarda (ekvatorga yaqin) joylashgan bo‘lsa shunchalik ko‘p balandlik mintaqalari yuzaga keladi.
Yonbag‘ir ekspozitsiyasi – tog‘ va tepalik yonbag‘irlarining ufq tomonlariga, quyosh nurlari tushadigan tomonga nisbatan joylashuvi. Masalan, yonbag‘ir janubga qaragan bo‘lsa janubiy ekspozitsiya bo‘ladi. Balandlik mintaqalanishi kenglik zonalligi (tabiat zonalari) bilan chambarchas bog‘liq. Balandlik mintaqasi tog‘ning etagi qaysi tabiat zonasida joylashgan bo‘lsa o‘sha tabiat zonasidan boshlanadi. Masalan, O‘zbekiston mo‘tadil mintaqa cho‘l tabiat zonasida joylashgani uchun tog‘larning aksariyatida birinchi balandlik mintaqasi cho‘l hisoblanadi. So‘ngra adir (tog‘ cho‘l-dasht va quruq dasht), tog‘ (tog‘-o‘rmon), yaylov (tog‘-dasht va tog‘ o‘tloq dasht) va nihoyat glyatsial-nival (muzqor, sovuq) balandlik min taqalari almashinib keladi.O‘zbekiston tog‘larida o‘simliklarning balandlik mintaqalanishini K. Z. Zokirov o‘rganib, to‘rtta balandlik mintaqasini ajratgan va mahalliy atamalardan foydalanib quyidagicha nomlaydi: cho‘l, adir, tog‘, yaylov. Cho‘l balandlik mintaqasi Respublikamizning mutlaq balandligi 400-500 m gacha bo‘lgan hududlarini o‘z ichiga oladi. Adir balandlik mintaqasi dengiz sathidan 400–500 m dan 1000–1200 m gacha, respublika janubida janubiy ekspozitsiyada 1600 m gacha bo‘lgan tog‘ oldi hududlarini o‘z ichiga oladi. Tog‘ balandlik mintaqasi tog‘larning 1000–1200 m, ayrim joylarda 1600 m dan 2700–2800 m gacha bo‘lgan balandliklarini, yaylov balandlik mintaqasi esa 2700–2800 m dan boshlanib, doimiy qor va muzlargacha, ya’ni qor chizig‘igacha davom etadi. K. Z. Zokirov doimiy qor va muzliklarni alohida mintaqa sifatida ajratmaydi. Sababi, u yerlarda o‘simliklar o‘smaydi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling