Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Download 444.72 Kb.
bet70/118
Sana13.07.2023
Hajmi444.72 Kb.
#1660166
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   118
Bog'liq
Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi Ruhiy kamolot vositasi-hozir.org

IV. Mustahkamlash.

V. Uyga vazifa. Romanni to’liq holda o’qib kelish.

VI. Baholar tahlili.
Sana_______________ 9-sinf adabiyot

Dars mavzusi: Odil Yoqubov “Ulug’bek xazinasi” romani.
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish
2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga nafosat tarbiyasini berish .
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.


O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;


Milliy va umummadaniy kompetensiya:
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
Darsning usuli: an’anaviy, bahs-munozara
Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.
Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III. Yangi mavzu bayoni
Mirzo Ulug‘bek qirmizi poyandoz to‘shalgan xiyobondan ohista yurib orqaga qaytarkan, darvozaning yonida oq ko‘pikka cho‘milgan bir necha otlarni ko‘rdi. Koshonadan chiqqan shahzoda Abdul’aziz(Abdulaziz) bilan qo‘lida maktub ushlagan shayxulislom Burhoniddin shosha-pisha unga tomon yurishdi.
«Tag‘in noxush xabar!» — xayolida dedi Mirzo Ulug‘bek.
- Qayda yuribsiz, hazratim? — dedi shayxulislom hansirab. — Amir Iskandar barlosdan chopar kelibdur.
- Tag‘in ne mujda? — Mirzo Ulug‘bek to‘xtab nomaga qo‘l cho‘zdi. Bir parcha sariq qog‘ozga palapartish yozilgan nomada amir Iskandar shahzoda Abdullatifning hirovul qo‘shinlari pistirmadan chiqib, uning qalb qo‘shinlariga hamla qilganini yozgan edi. Amirning xabar berishicha, shahzodaning qo‘shinida fillar ham bor. Bu fillar uning suvoriylariga dahshat solgani boisidan u dorussaltana tomon chekinmoqni lozim ko‘rgan...
Mirzo Ulug‘bek ko‘zlarini nomadan uzib, o‘g‘li bilan shayxulislomga qaradi. U endigina koshona yonida turgan bir guruh saroy mahramlariga ko‘zi tushdi. Mahramlar orasida jiyanlari: shahzoda Abdulla bilan Abu Said Mirzo ham turar, zarbof to‘n ichidan suvoriy sovut, boshlariga tilla hoshiyali dubulg‘a kiygan bu ikki shahzodaning ham ko‘zlarida taraddud, harakatlarida toqatsizlik sezilib turardi.
Mirzo Ulug‘bek jo‘rttaga ovozini ko‘tarib:
— Shahzoda lashkari yurish boshlabdur, — dedi. — Lashkarlarida fillar bor ermish.
Shayxulislom Burhoniddin rangi o‘chib, boshini sarak-sarak qildi,
- Davlatpanoh ne farmon bergaylar? Mirzo Ulug‘bek miyig‘ida kulimsiradi.
- Ollo taolo peshonaga neni yozgan bo‘lsa, shu bo‘ladi, taqsir.
- Inshoolloh, peshonangiz yorug‘ bo‘lg‘ay. Va illo...

Mirzo Ulug‘bek asabiy harakat qilib:


— Hayhot! — dedi. — Shahzodada tosh otg‘uvchi arrodalar bordur, taqsir! Butkul shahar zer-zabar bo‘ladi! Butkul shahar!
Chol yana asabiylashib boshini sarak-sarak qiddi.
— Vallohi a’lam bissavob! Va lekin shaharni ololmas, sultonim! Jamiki masjidlarga xutba o‘qiturmen. Barcha fuqaro oyoqqa turadur, davlatpanoh!..
— O‘ylab ko‘rmoq darkor, taqsir! — Mirzo Ulug‘bek qovog‘ini uyganicha koshona tomon yurdi. Yo‘lda turgan shahzodalar shosha-pisha yo‘l berishdi. Koshonaning ikkinchi oshyonidagi devorlari firuzarang sopol parchinlar bilan bezatilgan katta xonaga shohi ko‘rpachalar to‘shalib, xon-taxtalar qo‘yilgan, xontaxtalar yog‘liq patirlar, meva-cheva, qovurilgan g‘oz va kaboblarga to‘la edi.
Mirzo Ulug‘bek ichida kulib qo‘ydi: «O‘lim oldidan bazmi jamshid!»
U to‘rga, bir mahallar bobosi Amir Temur o‘tirgan joyga o‘tirarkan, poygakda ta’zim qilib turgan bakovulga yuzlanib:
— Boda keltir! — deb buyurdi. Lekin bodani ichish nasib etmadi. Bakovul chiqib, Mirzo Ulug‘bek joylashibroq o‘tirmagan ham ediki, saroybon kirib, ikkinchi chopar keltirgan nomani tutdi. Bu noma suyukli navkari Bobo Husayndan bo‘lib, birinchisidan ham vahimali edi. Shahzodaning o‘ng va chap qanot lashkari yurishni jadallatib, amir Sulton Jondor bilan amir Iskandar barlos qo‘shinlarini qopqonga tushirmoq harakatida ekan. Lekin eng yomoni — amir Sulton Jondor qayoqqadir qochgan, qo‘shinda yolg‘iz amir Iskandar barlos qolgan emish! Bobo Husayn buni xabar qilib, Mirzo Ulug‘bekka Samarqandga chekinishni maslahat bergan, o‘zi esa amir Iskandar barlos bilan Dimishq atrofida jang qilib, shahzoda lashkarlarini to‘xtatib turish niyatida ekanini yozgan edi.
Nomaga qaraganda, shahzoda qo‘shinlari ikki-uch farsah joyga kelib qolgan, Mirzo Ulug‘bek qanday qarorga kelmasin, bu qarorni darhol qabul qilmog‘i lozim edi! U esa... U hamon jang qilish, shahzoda bilan yuzma-yuz kelish istagi bilan yonar edi. Lekin Bobo Husayn yo‘llagan nomani o‘qirkan, xayoliga bir fikr keldi: dorussaltanaga qaytib va uning darvozalarini berkitib olib, shahzoda bilan sulh-saloh tuzsa ne qiladi? Yo‘q, shahzoda uning taxtda qolishiga ko‘nmas. Lekin Mirzo Ulug‘bekka minba’d toj-u taxt kerak ermas! Shahzoda uning rasadxonasi-yu madrasalariga tegmasa, ma’rifat yo‘lidagi ishlarini man etmasa, u tinchgina ilm-u idrok bilan mashg‘ul bo‘lsa — bas! Unga shundan boshqa ne kerak?
Lekin shahzodani bu shartlarga ko‘ndirish uchun fuqaroni safarbar qilib bo‘lsa xam, mudofaaga o‘tmoq darkor.
Mirzo Ulug‘bek barcha ikkilanishlarga chek qo‘yib, to‘rda churq etmay o‘tirgan amir Idris tarxonga yuzlandi.
Siz Dimishqda qolib, Iskandar barlos suvoriylariga ko‘mak bergaysiz, amir! Boshingiz ketsa-da, shu bugun shahzoda lashkarlarini to‘xtatgaysiz. Farmoni oliy ayonmi?
Ayon, davlatpanoh! — Amir Idris tarxon to‘n ichidan kiygan sovutining halqachalarini shing‘irlatib, ta’zim qildi.


Download 444.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling