Sanoat farmatsiyasi fakulteti Biotexnalogiya yo'nalishi 104-a guruh Amirova Rayhona mavzu: Kislorodli va kislorodsiz kislotalar. Ularning olinishi va xossalari. Reja
Download 1.19 Mb.
|
kis.Amirova Rayhona
Uch asosli kislotalar – molekulasida uchta vodorod atomi saqlagan kislotalar. Masalan:
H3AsO4 – Arsenat kislota, H3PO4 – Ortofosfat kislota, H3AlO3 – Alyuminat kislotalar misol bo‘ladi. To‘rt asosli kislotalar – molekulasida to‘rtta vodorod atomi saqlagan kislotalar. Masalan: H4P2O7 – Difosfat (Bifosfat yoki pirofosfat) kislota, H4SiO4 – Ortosilikat kislota, H4MnO4 – Ortomanganit kislotalar kiradi. KISLOTALARNING NOMLANISHI. Kislotalar 1979 yilda IYUPAK qabul qilgan nomenklaturaga asosan nomlanadi. Quyida ularning nomlanishini misollar asosida keltiramiz: 1. Kislorodsiz kislotalar kislota hosil qilgan element nomiga “id” qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi: HF – ftorid, HCl – xlorid, HBr – bromid, H2S – sulfid, HCN – tsianid, HN3 – azid, H2Se – selenid, H2Te – tellurid, HSCN – rodonid . 2. Kislorodli kislotalar kislota hosil qiluvchi elementning oksidlanish darajasiga (valentligiga) asoslanib nomlanadi: a) Eng past oksidlanish darajasida bo‘lsa “gipo” old qo‘shimchasi qo‘shiladi: HClO – gipoxlorit, HBrO – gipobromit, HIO – gipoyodit va h.z., b) O‘rtacha oksidlanish darajasida bo‘lsa “it” qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi: HNO2 – nitrit, H3PO3 – fosfit, H3AsO3 – arsenit, H2SO3 – sul’fit, H2SeO3 – selenit, HClO2 – xlorit, HBrO2 – bromit va boshqalar..., v) Yuqori oksidlanish darajasida bo‘lsa “at” qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi: HNO3 – nitrat, H3PO4 – fosfat, H3AsO4 – arsenat, H2SO4 – sul’fat, H2SeO4 – selenat, HClO3 – xlorat, HBrO3 – bromat, g) Bir element bir xil oksidlanish darajasida turli kislotalar hosil qilsa, vodorod atomlari kamiga “meta”, ko‘piga “orto” old qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi: HBO2 – metaborat, H3BO3 – ortoborat, H2SiO3 – metasilikat, H4SiO4 – ortosilikat, HPO3 – metafosfat, H3PO4 – ortofosfat va h.z., d) Kislota hosil qiluvchi element juda yuqori oksidlanish darajasida bo‘lsa “per” old qo‘shimchasi qo‘shiladi: HClO4 – Perxlorat kislota, HBrO4 – perbromat kislota, va h.z. e) Ikki molekula bir xil kislota birikib, bir molekula suv chiqib ketishidan hosil bo‘lsa, bunday kislotalar “piro” old qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi: H4P2O7 - pirofosfat (Bifosfat) kislota, H2S2O5 - pirosulfit (Karo) kislota, H2S2O7 – pirosulfat (oleum) kislota. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling