Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari Glossariy Ilova


Download 446.76 Kb.
bet12/66
Sana02.02.2023
Hajmi446.76 Kb.
#1147910
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66
Bog'liq
Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’l

San'at psixologiyasi - san'at asarlarining yaratilishida faoliyat-ning psixologik tomonlarini, inson tomonidan badiiy asarlarni idrok etilishi, turli hodisalarni paydo bo’lishi va estetik tarbiya muammolari, musiqaviy, badiiy, adabiy qobiliyatlarni shakllantirish va tarbiyalash muammolarini o’rganadi. Ilmiy ijodiyot psixologiyasi ilmiy faoliyatning psixologik xususiyatlari, ijodiyotda intuisiya va ilhomni tadqiq qiladi.
Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o’rganuvchi sohalar.
Yosh psixologiyasi - inson shaxsining psixologik xususiyatlari va bilish jarayonlarining ontogenezda rivojlanishini o’rganadi. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi, o’smirlar psixologiyasi, kattalar psixologiyasi, gerontopsixologiya kabi tarmoqlarga bo’linadi.
Patopsixologiya- miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib chiqadigan turli shakldagi ruhiy rivojlanishdan chetlanishni o’rganadi. Oligofrenopsixologiya - miyaning tug’ma kamchiliklari tufayli paydo bo’ladigan bo’limlarni o’rganadi. Surdopsixologiya - eshitish faoliyatida jiddiy nuqsonlari bo’lgan bolalarning rivojlanishini o’rganadi. Tiflopsixologiya - ko’rish qobiliyati past yoki umuman ko’rmaydigan kishi faoliyatini o’rganadi.
Qiyosiy psixologiya -hayotning filogenetik shakllarini o’rganuvchi psixologiya sohasi bo’lib, inson va hayvonlar psixologiyasini solishtirish orqali o’xshashlik va farq qiluvchi tomonlarini aniqlaydi. Akmeologiya yetuklik darajasiga erishgan shaxs rivojlanishining yuqori darajasi ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini, ayniqsa rivojlanishining eng yuqori cho’qqiga erishish xususiyatlarini o’rganadi.
Inson va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarning psixologik tomonlarini o’rganuvchi psixologiya sohalari. 1.Ijtimoiy psixologiya - uyushgan va uyushmagan ijtimoiy guruhlardagi shaxslararo o’zaro tasir jarayonida paydo bo’ladigan psixologik hodisalarni o’rganadi.
2.Differensial psixologiya - shaxs shakllanishining individual psixologik yo’naltirilganligi kabi xususiyatlarni o’rganadi.
3.Din psixologiyasi - inson ongiga diniy qarashlarning tasiri masalalarini o’rganadi.
4.Etnopsixologiya - inson psixologiyasining etnik xususiyatlari, milliy xarakter, milliy tuyg’u, milliy g’oya, o’z-o’zini anglash, etnik stereotip, ularning qonuniyatlari va vujudga kelish xususiyatlarini o’rganadi.
5. Boshqaruv psixologiyasi - bu psixologiya fanining shunday sohasiki, unda inson tomonidan - boshqarishning psixologik tomonlarini o’rganadi.
6.Marketing psixologiyasi - yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishda ishlab chiqarish korxonalari va firmalarni boshqarishni va ular faoliyatini tashkil etishning psixologik muammolarini tadqiq qiladi.

Download 446.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling