Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari Glossariy Ilova


MAVZU: 13 SEZISHNING FIZIOLOGIK MEXANIZMLARI


Download 446.76 Kb.
bet51/66
Sana02.02.2023
Hajmi446.76 Kb.
#1147910
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66
Bog'liq
Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’l

MAVZU: 13
SEZISHNING FIZIOLOGIK MEXANIZMLARI. SEZGI TURLARI IDROKNING ASSOTSIATIV NAZARYASI.

Sezgi oddiy psixik jarayon bo‘lsada, inson hayotida muhim axamiyatga ega. Sezgi organlariga bevosita ta’sir qilib turgan narsa va xodisalarning ayrim xossalarini ongimizda aks ettirish sezgi deb aytiladi.


Inson bilish faoliyati sezgilardan boshlanadi. Bu borada sezgi xaqida tushuncha, voqelikni sensor aks ettirishi va faoliyatida sezgilarning roli, shu jumladan sportda. Sezgilarni tasnifi. Sezgilarning asosiy konuniyatlari. Sezgirlik va sezgi chegaralari. Adaptatsiya, sensibilizatsiya va senestiziya. Sezgilarni o‘zaro ta’siri kabi savollarini o‘rganish talabalarning bilim saviyasini oshiradi.
Muhokama uchun savollar.

  1. Sezgi haqida tushuncha.

  2. Sezgining nerv - fiziologik asoslari.

  3. Sezgining klassifikatsiyasi.

  4. Ko‘rish, teri, muskul-harakat, muvozanat sezgilari.

Topshiriqlar:





  1. Ko‘r dog‘ni topish.

  2. Ranglarni aralashish qonunlarini quzatish.

  3. Kinemagometr yordamida muskul harakat sezgilarining anikligini o‘lchash.

4.Sezgirlik va sezgi chegaralarini aniqlash.
5.Vestibulyar analizator faoliyatini kuzatish.

Tajriba 1. Ko‘r dog‘ni topish.


Ko‘r dog‘ni topish uchun kora rangli kartochkalaridan foydalaniladi. Bu kartochkalarda ikki cheti va o‘rtasida kichik ok doirachalar belgilangan Ko‘r dogni topish uchun kartochkani qo‘zdan 25-30 santimetr uzoqlikda tutib, ung ko‘zini yumib, chap qo‘zi bilan rasmning o‘rtasidagi oq doirachaga karaladi. Rasmning chap tarafidagi doiracha zsa qo‘rish maydoniga tushib turadi. Rasmni oldiga va orkaga dam-badam asta sekin surib, shunday masofaga keltiramizki, bu davrda qo‘rish maydoniga tushib turgan chap tomondagi doiracha ko‘rinmay qoladi. Buning sababi shuki, chap tomondagi doirachalardan kelayotgan nur ko‘zning ko‘r dog‘iga tushib koladi. Agar chap ko‘zni berkitib. o‘ng ko‘z bnlan qaralsa, o‘ng tomondagi doiracha qo‘rinmay koladi. Tajriba vaqtida ko‘zni chalg‘itmaslik kerak, chunki ko‘zning salgina chalg‘itish ko‘rdog‘ini ham xolatini o‘zgartiradi.
Bu tajriba orqali ko‘rish jarayonidagi kolbacha va tayokchalar roli isbotlanadi. Ko‘zning to‘r pardasidagi ko‘r dog qismida na tayokchalar na kolbachalar yo‘k, shuning uchun seziluvchanligi ham yo‘q.

Tajriba 2. Ranglarni aralashish qonunini quzatish.


Uchta ranglar aralashish qonunlari mavjud.

  1. Birinchi qonunga binoan spektrda joylashgan hamma ranglarni bir xil proporsiyada qo‘shishpni ok rangni xosil qiladi.

  2. Ikkinchi qonunga binoan spektrda joylashgan har bir rang o‘zini bitta ko‘shimcha rangi bilan malum proporsiyada ko‘shilishi oq rangni hosil qiladi (masalan: sariq rang bilan ko‘k rangni 3:2 proporsiyada aralashtirsak ok rang hosil bo‘ladi; qizil rang bilan yashil rangni 3:2 proporsiyada aralashtirsak oq rang hosil bo‘ladi).

  3. Uchinchi qonunga binoan spektrga joylashgan biror xromatik rangni ikkinchi xromatik rang bilan ma’lum proporsiyada aralashtirsa, ular o‘rtasida joylashgan uchunchi rang kelib chiqadi (masalan: ko‘k rang bilan qizil rangni 3:1 proporsiyada aralashtirsak binafsha rangi hosil bo‘ladi; qizil rang bilan sariq rangni 3:1 proporsiyada, aralashtirganda zarg‘aldoq rangi hosil bo‘ladi).

Tajriba . Teri sezgisining absolyut chegarasini o‘lchash.


Teri sezgisining absolyut chegarasi esteziometr orqali aniqlanadi. Tajriba qo‘l kaftida, barmoq uchlarida o‘tkaziladi. Tekshiruvchi ko‘zini yumgan holda esteziometrning ikki oyoqchasi bilan qo‘l kafti va barmoq uchlari tasirlanadi va u nechta ta’sirni sezayotganini aytishi kerak. Kuzatuvchi ta’sir qilishini esteziometgacha juftlashtirgan holatidan boshlab, keyin asta sekin ularni orasini ochib. Berilgan javoblar va esteziometr oyokchalari orasidagi masofa yozib boriladi. Tekshiruvchining nechta ta’surotini sezayotganini va estizometr oyoqchalari orasidagi masofa quyidagi protokolga yozib boriladi.





Kaft uchun.

Barmoqlar uchun




Ta’sirotni darajasi. (mm)xisobida



Tekshiriluvchi
ni ko‘rsatishi.

Ta’sirotni darajasi
(mm)xisobida



Tekshiriluvchini ko‘rsatishi.



1.













2.













3.













4.













5.













Olingan natijalar tahlil qilinib sezgirlikning absolyut chegarasi. aniqlanadi kaft uchun va barmoq uchlarida. Sezgirlik va sezgi chegaralari haqida xulosalar chiqariladi.


Tajriba. Muskul harakat sezgilarining aniqligini tekshirish.


Kinematometr orqali xarakat amplitudasini aniqligi o‘lchaniladi.
Tekshiriluvchi ko‘zini yumib, kinematometrning kufasiga paralel holatda, qo‘lini qinematometrning harakatlanuvchi kismining ustiga qo‘yib o‘tiradi. Tajribachi tayoqchaning ma’lum bir gradusning teshikchasiga qo‘yib, qo‘lni to to‘siqqa uchraguncha yurgizishini tavsiya qiladi va shu to‘siqqa uchraguncha bo‘lgan masofani yodida saqlab qolishini vazifa qilib beradi. Tayoqcha olib qo‘yilib tekshiriluvchidan xuddi shu harakatni aniq qaytarishini talab qiladi. Protokol yozuvchi esa tekshiriluvchining ko‘rsatishlari yozib boradi. Tajriba marta o‘tqaziladi.
Protokol formasi




Berilgan vazifa(gradus hisobida)

Tekshiriluvchi
ning ko‘rsatishi

Xato

1.

65

50

10

2.

40







3.

55







4.

20







5.

45







6.

30







7.

60







8.

35







9.

25







10.

50







Beriladigan vazifa. -65-40-55-20-45-30-60-35-25 - 50

Olingan natijalar muskul -harakat analizatori xaqidagi bilimlarni mustaxkamlash, tajriba asosida xulosalar chikarish va tekshiriluvchiga muskul-harakat sezgilarining rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berish imkonini yaratadi.




Tajriba. Vestibulyar apparatini qo‘zg‘atish natijasida harakat sezgilari va himoya xarakat sezgilarini kuzatish.


Tajriba "Kreslo Barani" yordamida o‘tkaziladi. Tekshiriluvchi qresloda qo‘zlarini yumgan holatda o‘tiradi.
1.Gorizontal kanallarni ko‘zg‘atish.
Kuzatuvchi kresloni soat strelkasi bo‘yicha 20 sekund ichida 10 marta aylantiradi. So‘ng kuzatuvchi tekshiriluvchidan kreslodan turib tekis yurishni tavsiya etadi. Talabalar tekshiriluvchini xarakatlarini kuitishadi. Tekshiriluvchidan xarakat illyuziyalarini tasvirlab berish so‘raladi.
Javoblar daftarga qayd qilinib boriladi.
2. Vertikal-sagital kanallarning qo‘zg‘atish.
Oldingi tajriba takrorlanadi, faqat tekshiriluvchini boshini pastga qaratilgan holda aylantiriladi.
Kreslo to‘xtatilgandan so‘ng tekshiriluvchi boshini ko‘taradi va harakat illyuziyalarini tasvirlab beradi.
3. Vertikal-frontal kanallarni qo‘zg‘atish.
Tekshiriluvchining boshi chap va o‘ng kaftiga egilgan holda kreslo aylantiriladi. Tajribadan so‘ng tekshiriluvchining harakat illyuziyalari va himoya xarakat sezgilari tasvirlanadi va daftarga yozilib boriladi.
Tajriba yakunida vestibulyar analizatori tuzilishi xaqidagi bilimlar mustaxqamlanadi. uning rivojlantirish yo‘llari muhokama qilinadi.
Idrok murakkab psixik jarayon bo‘lib organizmga bevosita ta’sir qilib turgan narsa va xodisalarni yaxlitligicha ongimizda aks ettirishdur.
Idrok xaqida tushuncha. Idrokning xususiyatlari, butunligi, konstaktliligi, anglanganligi. Appersepsiya, illyuziyalar haqida tushuncha. idrokning fiziologik asoslari. idrokning klassifikatsisi. Fazoni, vaqtni, haraqatlarni idrok qilish haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish idrokning xayot faoliyatidagi axdmiyati, sportdagi rolnni ochib beradi.
Idrok ongimizning birlamchi obrazidir. idrok tufayli biz milning o‘zimizdan tashqarida mavjud bo‘lgan predmetlarni hamda real voqea hodisalarini aks ettira olish qobiliyatini ta’kidlaymiz.

Download 446.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling