Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi
Birhad va ko‘phadni birhadga bo‘lish
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
yuristning yozma nutqi
Birhad va ko‘phadni birhadga bo‘lish
«Bir nechta ko‘phad va birhadlarni qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish va natural ko‘rsatkichli darajaga ko‘tarish natijasida yana ko‘phad hosil bo‘lishi oldingi paragraflarda ko‘rsatildi. Sanab o‘tilgan bu amallar ichida bo‘lish amali uchramadi. Bo‘lish amalini o‘z ichiga olgan ifodalar V bobda batafsil qaraladi. Ba’zan bo‘lish natijasida ham ko‘phad hosil bo‘ladi. Birhadni birhadga bo‘lish natijasini ko‘paytirish bilan tekshirish mumkin: bo‘linuvchi bo‘lishi kerak. Ko‘phadni birhadga bo‘lish uchun ko‘phadning har bir hadini shu birhadga bo‘lish va hosil bo‘lgan natijalarni qo‘shish kerak». (Sh. Alimov, O. Xolmuhamedov, M. Mirzaahmedov. Algebra. Umumiy ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. – T.: «O‘qituvchi», 2005. 90–91-betlar). 58 Mana bu matnni esa kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga mo‘ljallangan «Analitik kimyo» darsligidan diqqatingizga havola etamiz. Yuqoridagi algebra faniga xos darslik nutqi ixcham va aniq yozilgani, fikrni asoslashi va, ayni paytda, nisbatan sodda yozilgani bilan ajralib turadi. Bu galgi matnda esa, jiddiy ilmiy uslub, ilmni amaliyot bilan bog‘lash va bayon tarzida fikrni ifodalash sezilib turadi. Ikkala matnning ilmiy tomoni hozirgi kun fan taraqqiyoti bosqichidan kelib chiqqan holda soha atamalariga boy: «Uchinchi gruppa kationlarining o‘rta turlari: xloridlar, nitratlar, atsetatlar va fosfatlar suvda erimaydi, lekin kislotalarda eriydi. Aluminiy, xrom va temir (III) atsetatlarning eritmalari qizdirilganda gidrolizlanadi; bunda tuzlarning cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Uchinchi gruppa kationlarining ko‘pchiligi rangliligi bilan birinchi va ikkinchi gruppa kationlaridan farq qiladi. Uchinchi gruppa kationlarini cho‘ktiruvchi gruppa reagenti ammiak eritmasi ishtirokida ammoniy sulfid (NH4)2Sdir. Bu kationlarning sulfidlari birinchi va ikkinchi kationlardan farq qilib, suvda erimaydi, lekin suyultirilgan kuchli kislotalarda eriydi». (M.Mirkomilova. Analitik kimyo. Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun. – T.: «O‘zbekiston», 2005). Ko‘rinadiki, ilmiy-nazariy nutq qoidalar, ta’riflar, masalaning mohiyati, bayoni, jismning belgi-xususiyatlarini quruq qayd qilishdan iborat bo‘lib, unda his-tuyg‘ular, obrazlilik ifodalanmaydi. Bunday nutq mo‘ljallangan auditoriya ham, o‘quvchilar ham ilm ahli bo‘lgani uchun har qanday ortiqcha tafsilot keraksiz bo‘lib qoladi. Ilmiy nutqning boshqa bir ko‘rinishi – ilmiy-ommabop nutq keng omma uchun mo‘ljallanadi va shuni nazarda tutib hamma uchun tushunarli, sodda umumxalq tilida yoziladi va o‘qiladi, atamalar cheklangan bo‘ladi, tasviriylik, ta’sirchanlikka e’tibor 59 beriladi. Agar ilmiy-nazariy nutq adabiy til me’yorlariga qat’iy rioya qilsa, ilmiy-ommabop nutqda so‘zlashuvga xos til vositalari ham qatnashishi mumkin. Masalan: Madomiki, farzandning irsiyati ota-onanikidan o‘zgacha bo‘lmas ekan, mijozi ham ulardan farq qilmaydi, faqat turli darajada omuxta bo‘ladi: kimgadir otadan, kimgadir onadan ko‘proq o‘tadi yoki ikkovidan barobar meros qoladi. Natijada bir odam ikkita mijozli bo‘lishi mumkin; masalan, yarim xafaqon va yarim serjahl yoki yarim xafaqon va yarim sovuqqon va hokazo. Bir necha avloddan so‘ng bir odamda to‘rtala mijozning xislatlari mujassam bo‘lishi mumkin, baribir qaysidir bir mijoz ustunlik qilib turadi. Er-u xotin bir xil mijozli bo‘lmagani ma’qul, chunki mijozning salbiy tomoni farzandda zo‘rayib ketadi: o‘ta xafaqon, o‘ta serjahl, o‘ta yengiltak, o‘ta beg‘am va tepsa tebranmas bo‘lishi mumkin. (Qudrat Do‘stmuhammad. Mijoz va taqdir; ilmiy-ommabop risola). Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling