Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi


tansiq «suyumli,  noyob» degani,  tanqis


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/68
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1832280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68
Bog'liq
yuristning yozma nutqi

tansiq «suyumli, 
noyob» degani, 
tanqis esa «yetishmaydigan, kamchil» ma’nosini 
anglatadi. Misollar: 
Uch-besh kishidan iborat bu oilaning 
kechki ovqatidan so‘ng dasturxoniga qo‘yiladigan tansiq meva 
va ichimlikka ketadigan pul bilan Sharq o‘lkalaridagi o‘n 
oila o‘n kun rohatda yashay oladi (I.Gasprinskiy, «Ovrupo 
madaniyatiga betarafona bir nazar» asari). 
To‘g‘ri, o‘sha 
mamlakatlar iqtisodiy rivojlangan, xalqi nisbatan boy-
badavlat. Ammo bizdagi insoniylik, qadr-qimmat, mehr-
oqibat u tomonlarda tanqis («Xalq so‘zi», 2006-yil 30-avgust).
Paronimlar turli so‘z o‘yinlari qilish, xususan, askiya uchun 
bitmas-tuganmas manbadir.


16
Aniq nutq tuzish uchun qo‘llanilishi chegaralangan so‘zlarning 
ma’nolarini yetarli darajada bilish bilan bir qatorda ularning 
ishlatilish o‘rinlarini ham aniq tasavvur etish zarur.
3-mashq. Gaplardagi paronimlarga e’tibor qarating va xatolarni 
to

g

rilab ko

chiring.
1. Sheylok oddiyina qasoskor emas, balki har qanday xudbinlik 
uning uchun yod bo‘lgan, millatining boshiga tushgan barcha 
kulfatlar uchun o‘ch olishni o‘z hayotining mazmuniga aylantirgan 
qasoskordir. 2. Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra fermer xo‘jaligi 
foydasiga asosiy qars va penya, jami 73 million so‘m undirildi. 
3. Hamyonning ichidan bir dasta pul va uch bora qayt qilingan 
chek chiqdi. 4. U xolda ma’muriyat bu ma’lumotlarni aniqlash 
choralarini ko‘radi. 5. Tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
uchun undiriladigan davlat boji miqdori 5 baravarga, ularning 
ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yig‘inlar miqdori 
2,5 baravarga kamaytirildi. 6. Mahallalarda kam ta’mirlangan 
oilalarga moddiy yordam berilyapti.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling