Shartli va shartsiz reflekslarning tormozlanishini tushuntiring. Bolalarning oliy asab faoliyatining voyaga yetgan odamlarnikidan qanday farqi bor?


Download 0.83 Mb.
bet1/6
Sana18.09.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1680616
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
191-guruh Rustamova Muhayyo Pediatriya va bolalar gigiyenasi (1)


Maktabgacha ta’lim yo’nalishi (sirtqi)
191- guruh talabasi Rustamova Muhayyoning
Pediatriya va bolalar gigiyenasi fanidan
oraliq nazorat uchun
Taqdimot ishi

.

Shartli va shartsiz reflekslarning tormozlanishini tushuntiring.

Bolalarning oliy asab faoliyatining voyaga yetgan odamlarnikidan qanday farqi bor?

Sanitariya va gigiyena deganda nimani tushunasiz?

 

Shartli va shartsiz reflekslarning tormozlanishi

  • Shartsiz yoki tashqi tormozlanish. Shartli reflekslar tormozlanish xususiyatiga ega. Katta yarim sharlar po’stlog’ida shartli reflekslarni bajarilishida ushbu shartli refleksga aloqasi bo’lmagan yangi kuchli qo’zg’alish o’chog’i yuzaga keladi. Agar itda qo’ng’iroq ovoziga shartli so’lak ajralish refleksi hosil qilingan bo’lsa, qo’ng’iroq chalingan paytdagi kuchli elektr nuri ilgari hosil qilingan so’lak ajralish refleksi tormozlanadi. Bu tormozlanishning asosida manfiy induksiya hodisasi yotadi: begona qo’zg’alishdan po’stloqda hosil bo’lgan yangi kuchli qo’zg’alish o’chog’i shartli reflekslarni bajarilishi bilan bog’liq bo’lgan katta yarim sharlar po’stlog’idagi qismlarni qo’zg’aluvchanligini pasayishini chaqiradi va ushbu hodisa tufayli shartli refleksni tormozlanishini chaqiradi. Shartli reflekslarning bunday turini ayrim hollarda induksion tormozlanish ham deb yuritiladi.Siydik pufagining to’lishi, og’riqli yallig’lanish o’chog’lari ham shartli reflekslarni tormozlashishi mumkin.
  • Induksion tormozlanish, ushbu shartli refleks uchun tashqi, begona qo’zg’atuvchi ta’sir etishi bilanoq u rivojlana boshlaydi va uni qayta ishlanishi talab qilinmaydi, shu sababli ham u shartsiz tormozlanishlar qatoriga qo’shiladi, chegaradan chiqqan tormozlanish ham tashqi tormozlanishlar qatoriga kiradi. Bunday tormozlanish shartli qo’zg’atuvchining ta’sir kuchi yoki vaqti haddan tashqari ortganda namoyon bo’ladi. Bu paytda shartli refleks zaiflashadi yoki umuman yo’qoladi. Bu tormozlanish himoya ahamiyatiga ega bo’lib, ular nerv hujayralarini qo’zg’atuvchilarning haddan tashqari kuchli yoki davomiyligidan, qaysiki ularni faoliyatini buzishi mumkin bo’lgan ta’siridan himoya qiladi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling