Shaxs va uning faoliyati. Faoliyat tushuncha


Download 1.08 Mb.
bet2/10
Sana03.11.2020
Hajmi1.08 Mb.
#140169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4 Ma'ruza. Shaxs va uning faoliyati. Faoliyat haqida tushuncha

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Aqliy

Misol tariqasida hayotdan shunday manzarani tasavvur qilaylik: uzoq ayriliqdan so’ng ona o’z farzandi visoliga yetdi. Tashqi faollikni biz onaning bolasiga intilishi, uni quchoqlashi, yuzlarini siylashi, ko’zlaridan oqqan sevinch yoshlarida korsak, ichki faollik - osha ko’z yoshlarini keltirib chiqargan fiziologik jarayonlar, ichki soginchning asl sabablari (ayriliq muddati, nochorlik tufayli ayriliq kabi yashirin motivlar ta’siri), korib idrok qilgandagi o’zaro bir-birlariga intilishni taminlovchi ichki, bir qarashda ko’z bilan ilg’ab bolmaydigan emotsional holatlarda namoyon bo’ladi. Lekin shu manzarani bevosita guvohi bo’lsak ham, uni ifodalagan rasmni korsak ham, taxminan qanday jarayonlar kechayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin.

Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil etadi. Bir qarashda har bir konkret shaxsga va uning ehtiyojlariga bog’liq bo’lib tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, shaxsning jamiyat bilan bo’ladigan murakkab va o’zaro munosabatlarining oqibati hisoblanadi.



Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi. Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, o’zligini namoyon qiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bolmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir.

Bu - yosh bolaning real predmetlar mohiyatini o’z tasavvurlari doirasida bilishga qaratilgan oyin faoliyati, bu - moddiy nematlar yaratishga qaratilgan mehnat faoliyati, bu - yangi kashfiyotlar ochishga qaratilgan ilmiy - tadqiqotchilik faoliyati, bu - rekordlarni ko’paytirishga qaratilgan sportchining mahorati va shunga o’xshash. Shunisi xarakterliki, inson har daqiqada qandaydir faoliyat turi bilan mashgul bo’lib turadi.




Aqliy harakatlarning ko’rinishlari


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling