She’riyatmiz malikasi


Download 153.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana11.02.2023
Hajmi153.43 Kb.
#1189732
1   2   3   4
Bog'liq
IIV Akademik Litsey (2022-2023)

 
 
SAKKIZINCHI MO’JIZA 
Tasavvur qiling : siz tasviriy san’at muzeyiga kirdingiz . Polotnolardagi ranglarni, odamlarning qiyofasini ko’zingiz 
bilan ko’rib, hayajonga tushasiz. Tasavvur qiling : siz musiqa tinglayapsiz . Cholg’u ohanglari , xonandaning ovozini 
qulog’ingiz bilan eshitib , hayajonga tushasiz … 
Deylik, konsertga tushdingiz. Sozanda soz chalyapti, xonanda qo’shiq aytyapti. Raqqosa raqs tushyapti. Siz tomoshani 
ko’zingiz bilan ko’rib, qulog’ingiz bilan tinglab zavqlanasiz. Endi, Tasavvur qiling : siz kitob o’qiyapsiz. Oq qog’ozda qora 
chizig’lar- harflardan bo’lak hech nima yo’q . Rang ham, ovoz ham, raqqosaning harakatlari ham … Ammo asarni 
o’qishga kirishishingiz bilan ko’z o’ngingizda rangin manzaralar paydo bo’ladi. Qulog’ingiz ostida ajib ohanglar 
jaranglay boshlaydi. Kitobdagi odamlarning qismatiga sherik bo’lib, o’zingiz bilmagan holda beixtiyor larzaga tushasiz … 
Hech shubhasiz, badiiy adabiyot – dunyodagi sakkizinchi mo’jiza !
 
 
V A T A N
V a t a n - keng va ko’p miqyosli tushuncha. Vatan ostonadan boshlanadi. Vatan sen yashab kelayotgan, ulg’ayotgan
uy , ota-onang, aka-uka, opa-singillaring, xovlidagi daraxtlar, har kuni non yopiladigan tandir. Vatan - katta-kichik to’yga 
keladigan, azada jamlanadigan, chollari guzarda gurunglashadigan, maschitlaridan azon eshitiladigan qadrdon mahalla. 
Vatan – paxta rejasi sal ilgariroq bajarilsa, boshing osmonga yetadigan viloyat. Vatan tuprog’idan oltin unuvchi, 
tog’larining boshi ko’kka yetgan, bog’-bo’stonga to’la O’zbekiston. 
Vatan - biz yashab turgan kurrai zamin. Besh barmoq bir bo’lsa musht bo’ladi. Kim g’araz va adovat bilan tajovuz qilsa
ta’zirini berishadi. Neki yumish, neki mushkul ish bo’lsa, osongina xal etadilar. O’zbek, tojik, qozoq, qirg’iz, turkman – 
besh barmoqqa qiyos. Islom Karimovning “Bu aziz Vatan, ko’hna Turkiston barchamizniki”,- deyishlari shunga joizdir. 

Download 153.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling