- Taxminan 5000 ta atrofida so'z bilgan odam bemalol muloqot qila oladi, 5 yoshli bola o'z ona tilida 2200 ta atrofida so'zni biladi (wikipeadia). Tabiiyki, 5 yoshli bola o'z fikrini shu 2200 so'z yordamida bemalol ifodalay oladi.
- Ilmiy maqola yozishga albatta bu ko'rsatkich kamlik qiladi. Chunki bunga alohida terminologiya va frazalar talab qilinadi va yangi terminlar oydan-oyga ortib boryapti.
- Ko'p yozishni mashq qilish albatta yozish malakamizni oshirib boradi. Chunki yozuvchi, yozish uchun yangi termin bilan ishlashga, uni grammatik jihatdan to'g'ri qo'llashga va tushinarli ifodalashga majbur bo'ladi.
- web resurslardan maksimal foydalanish maqola yozish ko’nikmasini tez rivojlantirishga yordam beradi. https://www.grammarly.com/ dan foydalaning. Bunda qo’lyozmaning English grammar darajasi ortadi va reviewer larga osonroq bo'ladi. Bepul versiyasi ham yetarlicha foydali...
Do'stlaringiz bilan baham: |