Spermiogenez Chang donasi po‘stining tuzilishi


Download 1.71 Mb.
bet4/10
Sana12.10.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1699340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Otalik gametofitining rivojlanishi changchining tuzilishi

SPERMIOGENEZ

Spermiylar generativ hujayraning chang donasida yoki chang nayida bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi. Generativ hujayra chang donasi ichida mitoz bo‘linsa me’yordagi axromatin bo‘linish urchug‘i va metafazaning ekvatorial plastinkasi yuzaga keladi.


Generativ hujayra chang nayida bo‘linishining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Generativ hujayraning bo‘linish xarakteri chang nayining diametriga va xromosomalarning uzun-qisqaligiga bog‘liq. Agar chang nayini ichki yuzasi keng va xromosomalar qisqa bo‘lsa, generativ hujayraning bo‘linishida axromatin urchuq va metafaza plastinkasi yuzaga keladi. Aksincha, axromatin urchuq va metafaza plastinkasi hosil bo‘lishi kuzatilmaydi, shuningdek xromosomalar tartibsiz joylashadi.
Hosil bo‘lgan spermiylardagi yadrolar dastlab oval shakliga ega bo‘lib, xromatin zich spirallashgan bo‘ladi, keyinchalik yadro cho‘zila boshlaydi, xromatin biroz siyraklashib, yadrocha hosil bo‘ladi. Keyinchalik spermiylarning rivojlanishida ularning shakli o‘zgarishi mumkin. Masalan, boshoqdoshlarga mansub o‘simliklarda spermiyning bir tomoni ingichkalashib nisbatan o‘tkirlashsa, ikkinchi uchi o‘z xolicha to‘mtoq qolishi aniqlangan (6rasm). To‘mtoq tomonga yadrocha surilib o‘tadi, u keyinchalik yadrodan sitoplazmaga o‘tadi. Spermiylar yadrosidagi xromatin bu davrga kelib o‘ta spirallashadi. Xromatindagi DNK oqsillar bilan mustahkam bog‘langan holga o‘tadi. RNK bilan bog‘langan nukleoproteidlar ham bo‘ladi.
Spermiylar rivojlanishining boshlang‘ich davrida yadrolarda yadrochalarni bo‘lishi, spermiylar mitotik siklini tugallanishi va uni interfaza holatiga o‘tayotganini anglatadi. Yadrochani spermiydan chiqishi, yadro xromatinlarning spirallashishi, spermiylar yadrolarining bajaradigan vazifasiga ko‘ra, interfaza holatida ekanligini anglash mumkin.
Gulli o‘simliklarning turli sistematik guruhlariga mansub o‘simliklarning turlarida spermiylar shakli va katta kichikligiga ko‘ra farq qiladi.


rasm. Chang donachasi spermiogenezi Triticale rasmda izoh keltirilgan; sp-spermiy.
Ayrim o‘simliklar turlarida spermiy kichkina, boshqalarida biroz kattaroq, uchinchilarida undan ham kattaroq bo‘lishi kuzatilgan. Spermiylar shakliga ko‘ra yumaloq, ellips, o‘roqsimon, chuvalchangsimon kabi ko‘rinishlarda bo‘ladi. Spremiylar hosil bo‘lishidan boshlab yetilgunga qadar, shakli o‘zgarib boradi. Odatda ular hosil bo‘lishining boshlang‘ich davrida yumaloq yoki oval ko‘rinishga ega bo‘lib, rivojlanish davrining oxirida esa, shu turning o‘simligiga xos shaklga kiradi.
Spermiylarning xususiy sitoplazmasini mavjudligi yoki uni butunlay yo‘qligi haqidagi masala uzoq yillar davomida munozarali bo‘lgan. Shu boisdan bu borada ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Bir qator o‘simliklar arpa, lavlagi, g‘o‘za makkajo‘xori spremiylarini elektron mikroskoplarda o‘rganishning natijalariga ko‘ra, spermiy o‘zining sitoplazmasiga egaligini ko‘rsatgan. Tuzilishida generativ hujayraning sitoplazmasidan farq qilmasligi aniqlangan.
Spermiy generativ hujayraning mitoz bo‘linishidan hosil bo‘lishiga qaramay, u turlicha sifat belgilarga ega ekanligi ma’lum bo‘lgan. Bu borada birinchi bo‘lib M.S.Navashin (1968) spermiylarning turli sifatlarga egaligi haqida fikr bildirgan. U har ikkala spermiy bir birini aynan ko‘zguda ko‘ringaniday, huddi o‘ng va chap qo‘l barmoqlarini ko‘rinishiday deb izohlagan. Spermiylar morfologiyasidagi farqlarning hosil bo‘lishi, generativ hujayraning bo‘linishida ya’ni anafazada xromosomalarni o‘zaro ajralishidan boshlanadi.
Keyinchalik, spermiylar morfologiyasidagi farqlar, sifat belgilari bo‘lgan, yadroning kattaligi va sitoplazmaning turlicha miqdorda bo‘lishi aniqlandi. Spermiylardagi farqlar generativ hujayraning yadrosini bo‘linish davrida uning bir tomoniga siljigan bo‘lishi, spermiylarni bittasi sitoplazmadan ko‘proq qismini olganligi sababli kattaroq ko‘rinishga, ikkinchisi esa kichikroq bo‘ladi. Generativ hujayraning bo‘linishi chang nayida ro‘y bersa, oldingi spermiy doimo kichik bo‘lishi kuzatilgan.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling