Standartlarni ishlab chiqish va davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish - Standartga kiritiladigan o ‘zgarish asosiy standart uchun belgilangan tartibda majburiy kelishib olinishi, tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o ‘tkazilishi lozim.
- Standartlarning tuzilishi, mazmuni, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi davlat standartlashtirish tizimi standarti va davlatlararo standarti (ГОСТ 1.5-85)ga muvofiq bajariladi.
O‘zbekiston davlat standartlarini ishlab chiqish tartibi. - Davlat standartlari O‘z DSt 1.1:1992 «O‘z SDT. O‘zbekiston standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish tartibi»ga muvofiq ishlab chiqiladi. Standartlar standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar (TQ), standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlar (STT), tadbirkorlikning boshqa subyektlari tomonidan ishlab chiqilishi mumkin. Standartning mazmuni va texnik-iqtisodiy asoslanganligiga va ko‘rsatkichlar, me’yorlar va talablarning fan va texnikaning zamonaviy darajasiga muvofiqligi uchun ishlab chiquvchi tashkilot va standartni tasdiqlagan idora mas’ul bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |