14 - tajriba «Suv issiq, iliq va sovuq bo`ladi»
Maqsad.
Bolalarga suv turli haroratda bo`lishi mumkinligini tushuntirish.
Tajriba mazmuni.
Bolalrga trli haroratdagi suvli stakanlarni bering (issiq
suvni ularga bug`ni o`rganganda ko`rishgan). Bolalar barmoqlarini tiqib ko`rib
qaysi ididshdagi suv qanday haroratda ekanligini aniqlashsin (albatta, bu holda
xavfsizlik qoidalariga rioya qilinadi) Daryo, ko`l, dengizlarda ham suv turli
haroratda - sovuq yo iliq bo`lishini aytib o`ting. Agar bolalr baliq bo`lganlarida
qaysi suvda suzgan bo`lardilar? Nima deb o`ylaysiz, qanday suvda ko`proq
baliqlar yashaydi, o`simliklar o`sadi - iliq dengiz suvidami, sovuq dengiz suvida?
Sovuq dengiz va daryolarda kamroq suv jonivorlari yashaydilar.
Tabiatda shunday qaynoq suvlar borki, ular yer ostidan otilib chiqadii. Bu –
qaynar buloqlardir. Ulardan termosdagi kabi bug` chiqib turadi. Bolalr, nima deb
o`ylaysizlar, bu suvda biron jonzot yashaydimi? Bunday uyda istiqomat
qiluvchilar juda kam, ammo topiladi, masalan, ba`zi suv o`tlari.
Bolalr suv havzalaridagi suvlarning harorati har-xil bo`lishi, shundan kelib
chiqqan holda ularda turli jonzot va o`simliklar yashashini tusunishlari muhim.
@defektolog_kundaligi
Do'stlaringiz bilan baham: |