2-tajriba «Suv shaklga ega emas»
Maqsad.
Bolalarga suvning shakli yo`q ekanini tushuntirish
Tajribaning mazmuni.
Bolalarga muz bo`lakchasini ko`rib chiqishni
taklif qiling (muz – qattiq suv ekanini eslating). Bu muz bo`lakchasi qanday
shaklda? Agar biz uni stakanga, tog`orachaga solsak yoki kaftimizga, stolga
qo`ysak o`z shaklini o`zgartiradimi? Yo`q u barcha yerda kub shaklida
turaveradi (erib ketmaguniga qadar) suyuq suvchi? Bolalar suvni ko`zaga,
likopchaga, stakanga (istalgan idishga), stol ustiga qo`yib ko`rsinlar. Nima
bo`ldi? Suv qaysi idishda bo`lsa, o`sha predmetning shaklini oldi. Tekis joyda
esa ko`lmak hosil qildi. Demak, suyuq suv hech qanday shaklga ega emas.
Tajribani quyidagicha kuzatuv bilan davom ettirirsh mumkin:muz kubikchasi
eriganda idish bo`ylab oqa boshlaydi.
@defektolog_kundaligi
Do'stlaringiz bilan baham: |