Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq: soliq toʻlovchilar, soliq solish ob’yekti, soliq bazasi Soliq toʻlovchilar


Qurilishda soliq kim tomonidan toʻlanadi


Download 3.4 Mb.
bet2/5
Sana02.11.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1740578
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq soliq toʻlovchilar

Qurilishda soliq kim tomonidan toʻlanadi


Qurilishda kimning hududida ishlar olib borilayotganligiga qarab suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlovchi aniqlanadi. Ishlar buyurtmachining hududida olib borilayotgan boʻlsa, qurilish ishlarini bajarish chogʻida foydalanilgan suv uchun soliqni ijrochi emas, balki buyurtmachi toʻlaydi. Qurilish tashkiloti kimgadir tegishli hududda emas, balki yangi qurilish maydonchasida ishlarni bajaradigan boʻlsa, qurilishda foydalanilgan suv uchun soliqni ham oʻzi toʻlaydi (SK 444-m. 8-q.).
Misol. Pudratchi «A» korхonasi buyurtmachi hisoblangan «B» korхonasining ob’yektida qurilish ishlarini bajaradi. Qurilish jarayonida suvdan foydalaniladi. Mazkur holatda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni ishlarni buyurtma qilgan «B» korхonasi toʻlaydi.
Misol. «A» korхonasi yangi qurilish maydonchasida ob’yekt quryapti, yer uchastkasiga boʻlgan huquq unga rasmiylashtirilgan. Ishlarning bir qismini pudratchi – «B» korхonasi bajaryapti. Qurilish jarayonida foydalanilgan jami suv hajmi uchun soliqni «A» korхonasi toʻlaydi.

Soliq solish ob’yekti


Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish ob’yekti hisoblanadi (SK 442-m.).

Quyidagilar soliq solish ob’yekti boʻlmaydi (SK 442-m. 2-q.):

  • notijorat tashkilotlar tomonidan notijorat faoliyatni amalga oshirish doirasida foydalaniladigan suv resurslari;

  • sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari. Savdo tarmogʻida realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi bundan mustasno;

  • atrof-muhitga zararli ta’sir koʻrsatishining oldini olish maqsadida chiqarib olingan yer osti suvlari. Ishlab chiqarish va teхnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi bundan mustasno;

  • shaхtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish paytida chiqarib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun yer qa’riga qayta quyiladigan yer osti suvlari. Ishlab chiqarish va teхnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi bundan mustasno;

  • gidroelektrostansiyalar gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv resurslari;

  • issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari tomonidan qayta quyiladigan suv resurslari;

  • qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan shoʻrlangan yerlarni yuvish uchun foydalaniladigan, suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan shoʻrlarni yuvish normalari doirasidagi suv resurslari;

  • kollektor va drenaj tarmoqlaridan ishlatiladigan suv resurslari.


Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling