Suvning tabiatda aylanishi bosqichlari Jaxon bo‘ylab suv taqsimlanishi


Download 0.75 Mb.
bet9/14
Sana08.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1443209
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Suvning tabiatda aylanishini xakida xulosa

Oqim: Daryo bo‘ylab suv xaraqati


AQSh Geologik kuzatishlar markazi (USGS) “oqim” terminini daryo, irmoq bo‘ylab oqayotgan suv miqdorini ifodalash uchun ishlatadi.

Daryolarning muxumligi


Daryo nafaqat kishilar uchun muxum, balkim barcha yerdagi tirik mavjudod uchun muxumdir. Daryolar faqatgina insonlar ( va ularning itlari) o‘ynashi uchun joy emas, kishilar daryo suvini ichimlik suvi sifatida va irrigatsiya maqsadida, elektr toki ishlab chiqarish maqsadida, chiqindilarni chiqarib tashlashda (umid qilamizki qayta ishlangan chiqindilarni), maxsulotlarni manzillarga olib borishda va oziq ovqat maxsulotlarini olishda foydalanadilar. Daryolar xar qanday turdagi o‘simlik va xayvonlar uchun muxum xisoblanadi. Daryolar yer osti xovuzlarini to‘la turishlarini, o‘z irmoqlari orqali suvning oqib tushishi bilan ta’minlab turadi. Shu bilan birga, okeanlar daryolardagi suv oqib kelib tushgani xisobiga to‘la turadi.

Suv xavzalari va daryolar


Daryolar xaqida fikr yuritganda bu daryolarning xavzalari xaqida xam o‘ylash muximdir. Daryo xavzasi nima? Agar shu damda yer ustida turgan bo‘lsangiz, pastga qarang. Siz va xar bir boshqa kishi daryo xavzasida turibdi. Daryo xavzasi yer sirtining shunday bo‘lagiki unga tushgan va oqimga aylangan suv bir joyga oqib boradi. Xavza loydagi oyoq izidek kichik o‘lchamdan butun suvi oqib Missisipi daryosi orqali Meksika ko‘rfaziga tushushini ta’minlovchi ulkan o‘lchamgacha bo‘lishi mumkin. Kichik xavzalar kattaroq xavzalarning qismi bo‘ladi. Xavzalar muximligi shundaki oqim miqdori va suvning sifatiga xavzada sodir bo‘ladigan narsalarga (inson omili bilan yoki usiz sodir bo‘ladigan) bog‘lqdir.

Oqim xar doim o‘zgarib turadi


Oqim xar doim kundan kun, daqiqadan daqiqa o‘zgarib turadi. Albatta, suv oqimining xajmiga ta’sir qiluvchi asosiy omil yog‘ingarchilikning suv xavzasi orqali oqib kelishidir. Yomg‘ir daryoning yiriklashishiga sabab bo‘ladi va daryo faqat yomg‘ir yetarli darajada katta xududda yog‘gan bo‘lsa ko‘tariladi, yodda tutish joizki daryo xavzasiga tushgan suvning katta qismi daryo bilan tashqari xududga chiqib ketadi. Daryoning xajmi daryo xavzasining xajmiga bog‘liq. Xuddi shuning uchun, turli kattalikdagi daryolarga yomg‘ir va do‘l turlicha ta’sir qiladi. Katta daryolar toshishi va qurib qolishi kichik daryolarga nisbatan sekin kechadi. Kichik suv ayirg‘ich mavjud joyda daryolar to‘lib oqishi va qurishi daqiqalarda yoki soatlarda yuz beradi. Katta daryolar to‘lishi va qurishi uchun kunlar talab qilinadi.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling