Suvsizlik tahdidlari: yechimlar muammolarga mutanosib emas


Me’yor qancha, sarf qancha?


Download 26.42 Kb.
bet2/3
Sana26.10.2023
Hajmi26.42 Kb.
#1723502
1   2   3
Bog'liq
Suvsizlik tahdidlari

Me’yor qancha, sarf qancha?
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti me’yoriga ko‘ra, bir kishining ehtiyojlari uchun kunlik 50-100 litr suv kerak. Afrikaning qishloq joylarida bir kishi odatdagidan sezilarli darajada past va kuniga 10-20 litr suv sarflaydi. AQShda aksincha, normadan ancha darajada yuqori – 450 l. Kanadada – 340 l, Yaponiyada – 320 l. G‘arbiy Yevropada suv ta’minoti xizmatlarining yuqori narxi tufayli u 130 dan 180 litrgacha o‘zgarib turadi. Ruslar yevropaliklarga qaraganda ko‘proq isrofgar – 250 litr. Ammo suvni eng ko‘p sarflaydigan davlat bu – Saudiya Arabistoni aholisidir: ularga bir kishi uchun kuniga 500 litr kerak bo‘ladi.
Foto: Politico.com
O‘zbekistonda-chi?
“O‘zsuvta’minot” AJning Kun.uz’ga taqdim qilgan ma’lumotlarida respublika bo‘yicha kunlik bir kishiga iste’mol o‘rtacha 99,2 litr (Farg‘ona viloyatida – 200 litr, Toshkent shaxrida – 174 litr, Navoiy viloyatida-170 litr, Xorazm viloyatida – 143 litr, Jizzax viloyatida – 130 litr, Toshkent viloyatida – 126 litr, Sirdaryo viloyatida – 103 litr, Samarqand viloyatida – 96 litr, Andijon viloyatida – 84 litr, Namangan viloyatida – 75 litr, Surxondaryo viloyatida – 74 litr, Qoraqalpog‘istonda – 55 litr, Qashqadaryo viloyatida – 42 litr)ga to‘g‘ri keladi.
Suvi ko‘p va suvi kam davlatlar
Dunyoda suv har xil taqsimlangan. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, eng katta chuchuk suv resurslarining egalari Braziliya (8233 kub km), Rossiya (4507 kub km), Kanada (2902 kub km), Indoneziya (2838 kub km), Xitoy (2830 kub km), Kolumbiya (2132 kub km), AQSh (2071 kub km), Peru (1913 kub km) va Hindiston (1897 kub km).
Chuchuk suv muammosiga duch kelayotgan davlatlar esa Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika aholisi, Markaziy Osiyo, Koreya, Avstraliya, Ruminiya, Moldova, Vengriya va hatto AQShning shimoliy hududlaridir.
Suv narxlari eng arzon va eng qimmat davlatlar
Numbeo tahliliy portali dunyoning 99 ta davlatidagi 1,5 litr idishdagi suv narxlarini ma’lum qildi. Unda Kosta Rika 26 710 so‘m bilan suvi eng qimmat davlat deb topilgan bo‘lsa, bu qiymat Misrni 2566,52 so‘m bilan eng arzon davlatga aylantirdi. Suvi arzon sotilayotgan davlatlar ro‘yxatida O‘zbekiston 91-o‘rinni egallagan. 



Download 26.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling