Tabiiy fanlar fakulteti kimyo va uni о‘qitish metodikasi kafedrasi


 0‘zbekiston terma jamoasining Xalqaro kimyo olimpiadalaridagi ishtiroki


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana04.01.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1077137
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Olimpiada 11

2.5 0‘zbekiston terma jamoasining Xalqaro kimyo olimpiadalaridagi ishtiroki 
O‘zbekistonda kimyo fani bo‘yicha Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish uchun 
terma jamoani shakllantirishda viloyat va respublika miqyosida saralashlar 


22 
o‘tkaziladi. Terma jamoa a’zolarini saralashning bu uslubi ko‘pgina 
davlatlarnikidan farq qiladi.Aksariyat davlatlarda terma jamoa milliy olimpiada 
g‘oliblaridan ’ shakllantiriladi. Bizda esa respublika va xalqaro olimpiadalar o‘t- 
kazilish muddati va qiyinlik darajasi mos kelmasligi sababli alohi- da saralashlar 
o‘tkaziladi. Shu oTinda yana bir holatni qayd etish kerak, ko‘plab davlatlarda 
olimpiadada hatto 9-sinf o‘quvchilari ham ishtirok etishadi (ta’lim 11 yillik o‘rta 
maktab tizimda olib bo- riladigan davlatlar). O‘zbekiston terma jamoasiga esa 
litsey va kollejlarning 1-kurs o‘quvchilari umuman qabul qilinmaydi. Terma jamoa 
qisman 2-kurs, asosan, 3-kurs o‘quvchilaridan iborat bo‘ladi. Jamoa tarkibida, agar 
saralash bosqichlarida yaxshi natijalar qayd etsa hech bo‘lmaganda 1 nafar 1-kurs 
o‘quvchilari qabul qilinishi kelajakda shu o‘quvchining yuqori potensialga ega, 
juda kuchli qatnashchi bo‘lishiga zamin yaratadi. Kelgusi olimpiada- lardagi 
ishtiroki chog‘ida, balki yoshlarimizdan biri biz uchun hali-hanuz armon-bo‘lib 
qolayotgan-mutlaq-chempionLikni qo‘lga kiritishi mumkindir
IMChOda terma jamoamiz birdek natijalar qayd etmaydi, ba’zan juda yuqori. 
ko‘rsatkichni qayd etgan yoshlarimiz gohida o‘rtamiyo- na jamoalar kabi ishtirok 
qilishadi. 
Quyidagi jadvalda 2005 - 2017-yillardagi IChMOda ishtirok etgan O‘zbekiston 
terma jamoasi a’zolari va olimpiadada sovrindori bo‘lganlar soni keltirilgan 
Jadvaldan “o‘z uyingda devorlar ham yordam beradi” degan iboraning isboti 
ko‘rinib turibdi. Terma jamoa ishtiroki sekin-asta yuqorilashni qayd etmoqda, shu 


23 
sur’atda davom etilsa, yaqin kelajakda yoshlarimiz olimpiadada doimiy yuqori 
o‘rinlarni egallashi hech gap emas. O‘zbekiston yoshlari, asosan, IMChOda 
qatnashib kelishardi, 2013-yildan buyon IChOda ham ishtirok qilishmoqda. 
IChOda terma jamoa tajriba to‘playapti. O‘zbekiston ishtirokidagi birinchi IChO 
Moskva shahrida o‘tkazilgan. Unda vakillarimiz 1 ta oltin va 2 ta bronza medalini 
qo‘lga kiritishdi. Keyingi IChO Xanoyda o‘tkazildi. Bu safar terma jamoamiz 
a’zolari yanada faol ishtirok etdi: 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza. 2015-yil 
Boku shahri mezbonlik qilgan olimpiadada esa 2 tagina bronza bilan 
kifoyalanishga majbur bo‘ldik. Tbilisida o‘tkazilgan 48-IChOda esa 1 ta kumush, 2 
ta bronza qo‘lga kiritildi. Nisbatan olib qaraganda IChOdagi ishtirokimiz ko‘zga 
tashlanishi mumkin, ammo o‘rtacha hisobda 30 ta oltin, 60 ta kumush, 90 ta bronza 
medali berilishini hisobga olsak, natijamiz qoniqarli emas. Oldinda bizni ulkan 
dovonlar kutib turibdi
.
 
 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling