Tadbirkorlik faoliyati subyektlari tushunchasi va belgilari


Download 174.5 Kb.
bet13/16
Sana05.02.2023
Hajmi174.5 Kb.
#1168467
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari

Fermer xo‘jaliklari
Bugungi kunga kelib respublikamizda tadbirkorlik faoliyati subyektlari orasida fermer xo‘jaliklariga juda katta ahamiyat berilmoqda. Bu sohani rivojlantirish maqsadida, mamlakatimizda 2004-yil 26-avgustda “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonun va bir qancha Prezidentimizning fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga qaratilgan qonunosti hujjatlari qabul qilindi.
O datda, fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda va zaxira yerlarda tashkil etiladi.
Misol uchun, chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi kamida 30 shartli bosh chorva moli bo‘lgan taqdirda tashkil etiladi. Fermer xo‘jaligiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami bir shartli chorva molga hisoblanganda Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi sug‘oriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni va boshqa viloyatlar hamda Qoraqolpog‘iston Respublikasidagi sug‘oriladigan yerlarda kamida 0,45 gektarni, sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi.
Dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklariga beriladigan yer uchastkalari eng kam o‘lchami paxtachilik va g‘allachilik uchun kamida 30 gektarni, bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun kamida 5 gektarni tashkil etadi.
Yer uchastkalari berilganda fermer xo‘jaligi o‘z zimmasiga qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi (3 yil uchun o‘rtacha yillik hosil hisobida) yerning kadastr bahosidan kam bo‘lmasligini ta’minlash majburiyatini oladi. Bu majburiyat yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qo‘yiladi.
Fermer xo‘jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari ochish tanlov asosida ijaraga ellik yilgacha bo‘lgan, lekin o‘ttiz yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi. Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xo‘jaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar ustun huquqdan foydalanadilar.
Fermer xo‘jaliklari yuritish uchun:
zaxira yerlardan;
yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan;
qayta tashkil etilayotgan va tugatilayotgan qishloq xo‘jaligi kooperativlarining (shirkat xo‘jaliklarining) hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yer uchastkalaridan;
qishloq xo‘jaligi kooperativlarining (shirkat xo‘jaliklarining) hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yer uchastkalaridan beriladi.
Fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi kooperativlarining (shirkat xo‘jaliklarining) hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yer uchastkalaridan berilgan yer uchastkalari ularning balansidan chiqariladi.
Ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarining yerlari, shuningdek suv fondi yerlari fermer xo‘jaliklariga berilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi, katta va kichik daryolar, suv havzalari bo‘ylab joylashgan yer uchastkalari fermer xo‘jaligi yuritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi bo‘ylab besh yuz metrli mintaqada faoliyati hayvonlarni (chorva mollar, parrandalar, mo‘ynali va boshqa hayvonlarni, baliqlar, asalarilarni, hayvonot bog‘lari hamda vivariylarning hayvonlarini va boshqa jonivorlarni) ko‘paytirish, o‘tlatish va boqish bilan bog‘liq bo‘lgan chorvachilik, parrandachilik hamda boshqa yo‘nalishdagi fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalari berish taqiqlanadi.
Fermer xo‘jaligi o‘z ustavida va yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida nazarda tutilgan ixtisoslashuvga muvofiq faoliyati yo‘nalishlarini, ishlab chiqarish tuzilmasi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi. Fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining qonunlarda taqiqlanmagan har qanday turi bilan, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanishga haqli.
Fermer xo‘jaligi o‘zi yetishtirayotgan mahsulotni realizatsiya qilish, shu jumladan davlat ehtiyojlari uchun realizatsiya qilish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar bilan xo‘jalik shartnomalari tuzish huquqiga ega. Shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda taraflar qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Fermer xo‘jaligi faoliyatini tekshirish (moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishlar bundan mustasno), davlat ehtiyojlari uchun mahsulot realizatsiya qilish shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligiga dalillar bo‘lgan, shuningdek yagona yer solig‘i o‘z vaqtida to‘lanmagan hollarda, ijaraga olish shartnomasiga muvofiq ijaraga berilgan yer uchastkasidan faqat belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan to‘rt yilda bir marta amalga oshiriladi.
Yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi.
Fermer xo‘jaligi o‘z majburiyatlari bo‘yicha, shu jumladan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsuloti nazarda tutilgan hajmlarda yetkazib berilishini ta’minlash bo‘yicha, shuningdek moddiy-texnika resurslari yetkazib berilganligi va xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun o‘z vaqtida haq to‘lash bo‘yicha qonunlarga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan o‘z mol-mulki bilan javob beradi.
Fermer xo‘jaligining boshlig‘i fermer xo‘jaligining mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda fermer xo‘jaligining majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi.
Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan fermer xo‘jaligida mablag‘ bo‘lmagan yoxud yetarli bo‘lmagan taqdirda undirilishi lozim bo‘lgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan to‘lanadi.

Download 174.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling