Tadbirkorlik faoliyati turlari 2-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari Reja


Maslahat loyihasini amalga oshirishni tashkil etish


Download 362.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/21
Sana16.06.2023
Hajmi362.3 Kb.
#1516363
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Maslahat loyihasini amalga oshirishni tashkil etish. Mijoz firma bilan aloqa 
o‘rnatgandan keyin taklif ishlab chiqarishga kirishiladi. Taklif ishlab chiqish loyihani 
muhokama qilishdan boshlanadi. Bundan oldin mijozfirma haqida batafsil axborot olishi 
lozim. Maslahatchi firma nima bilan shug‘ullanishini, nimalarni ishlab chiqarishini, ishchilar 
sonini, malakasini, boshqaruv xodimlar miqdorini, ish hajmini, xarajat va daromad miqdorini, 
firmaning moliyaviy ahvolini, shartnomalarning boryo‘qligini, hamkorlarning ishonchliligini bilishi 
kerak. Undan keyin shartsharoit, uning o‘zgarish dinamikasi va muammolari aniqlanadi. So‘ng 
bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarning rejagrafigi tuzilib, tegishli yuridik qog‘ozlar rasmiylashtiriladi. 
Ishning bajarilishiga alohida e’tibor berish lozim. Maslahatchining obro‘si ishning o‘z vaqtida yoki 
muddatdan oldin bajarilishi bilan belgilanadi. 
Ishning qanday shaklda tugatilishini ham aniqlab olish zarur, ya’ni ish yoki xizmat muayyan 
natijaga erishishdan iborat ekanligini belgilash lozim. Bularning barchasi ishning rejagrafigida aks 
etilishi kerak. Buyurtmani bajarish jarayonida buyurtmachi firmaning psixologiyasini o‘rganishi 
kerak. Ishning bajarilish jarayonida mijozning qiziqishi susayishi mumkin, shu sababli qiziqishni 
susaytirmaslik uchun choratadbirlar ishlab chiqish kerak. Buning uchun qiziqishning eng yuqori 
pallasida birorbir kichik tadbirni amalga oshirish kerak. Bu tadbir mijozfirma rahbariyatiga qaratilgan 
muayyan takliflar, maslahatchining taklifini majlisda muhokama qilish, ba’zi takliflarni bajarish 
haqidagi qarorni tayyorlashdan iborat bo‘lishi mumkin. Oxirida loyiha yoki ba’zi takliflarni amalga 
oshirish haqida yozma hisobot rasmiylashtiriladi. Oldindan kelishib qo‘yilgan maslahat turlari 
bundan mustasno emas. 
Konsalting firmaning mijozlarni jalb etish usullari. Maslahat beruvchi bozorning o‘ziga 
xos xususiyati shundan iboratki, bu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi firmalar o‘z tovari, o‘z xizmat 


namunasini ko‘rsatish imkoniga ega emas. SHuning uchun ular faoliyatida mijozlarni jalb etish 
muammosi turadi. 
Mijozlarni jalb etish usullari turli xildir. Bunga o‘z imkoniyatlarini tashviqot qilish, reklama 
qilish, vositachilar yordamida mijozlarni jalb qilish, firma haqida ijobiy fikr bildirgan oldingi mijozlar 
takliflaridan foydalanish kiradi. 
Eng sodda va eng keng qo‘llaniladigan usul – reklama qilishdir. Firma o‘z imkoniyati, xizmat 
ko‘rsatishning taxminiy narxi, muvaffaqiyatli bajarilgan loyihalar haqida turli xildagi reklama 
ma’lumotlarini va reklama e’lonlarini tarqatadi. Mijozlarni jalb qilishda vositachilar yordamidan 
keng foydalaniladi. Vositachilar sifatida o‘z rahbarining ishonchini qozongan firma xodimlari bo‘lishi 
mumkin. G‘arb mamlakatlarida bunday vositachilarni topish uchun maxsus uslublar ishlab chiqilgan. 
Bu maqsadlar uchun alohida mablag‘lar ajratiladi. Albatta, maslahatchi firmaning obro‘sini belgilab 
beruvchi omil – bu o‘tmishda muvaffaqiyatli olib borilgan faoliyatdir. Yirik, hatto o‘rtamiyona 
firmalarning ijobiy tavsiyasi – eng yaxshi reklamadir. 
Umuman firmaga maslahatchilar kerakmi? O‘zbekiston iqtisodiyotini tiklanish vaqtida, ba’zi 
korxonalarda tubdan islohotlar olib borilayotgan davrda, nihoyatda ko‘p muammolar yuzaga 
kelmoqda. SHu muammolarni oqilona echish uchun maslahatchilar salohiyati oshib borishi aniq. SHu 
bilan birga moliyaviy imkoniyat cheklanganligi tufayli maslahatchilarni firmaning u yoki bu 
muammolarini echish uchun taklif qilish maqsadga muvofiqdir. Muammolarni hal etish korxonaning 
strategik rivojlanish muammosini echishdan boshlash kerak. Ana shundan keyin marketing, 
innovatsion imkoniyat va boshqa muammolarni hal qilishga o‘tish kerak. 

Download 362.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling