Ta‟lim texnologiyalari


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/101
Sana05.01.2022
Hajmi1.96 Mb.
#228249
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
Bog'liq
'МАЪРУЗА

2-masalaning  bayoni:  Mustaqilligimizga  erishganimizdan  so‘ng  ma‘naviyma‘rifiy 
ishlarga  berilgan  yuksak  e‘tibor,  unutilgan,  kamsitilgan  ma‘naviyatimizni,  milliy 
qadriyatlarimizni  tiklashga  qaratilgan  siyosatni  amalga  oshirilishini  ko‘rsatish  hamda  yosh 
avlodning  milliy  g`ururini  yuksaltirishga,  ularni  vatanparvarlik,  yurtparvarlik,  baynalminallik 
ruhida  tarbiyalashga  qaratilgan  tadbirlar  mohiyatini  ochib  berish,  ularni  tashkil  etish 
metodikasini o‘rgatish ushbu fanning maqsadini tashkil etadi. 
―Ma‘naviy-ma‘rifiy  ishlar  va  uni  tashkil  etish  metodikasi‖  fanining  oldiga  qo‘yilgan 
vazifalar qo‘yidagilardan iborat: 
 ma‘naviy  ma‘rifiy ishlarning jamiyat taraqqiyotidagi rolini va uni yoshlar tarbiyasidagi 
ahamiyatini ochib berish
  uzluksiz  ta‘lim  tizimini  insonparvarlashtirishning  tarbiyaga  ta‘sirini,  eski  mafkuradan 
insonlarning  halos  bo‘lishini  tezlashtirish  uchun  barcha  ishlarni  tezlashtirish  lozimligini 
ko‘rsatish; 
  ma‘naviy    ma‘rifiy  islohatlar  davlat  siyosatining  ustuvor  yo‘nalishi  ekanligini  ochib 
berish; 
  ―Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi‖  ning  qabul  qilinishi  bilan  ma‘naviy    ma‘rifiy 
ishlarning  yanada  takomillashuvini  ko‘rsatish  va  bu  masalada  amalga  oshirilgan  ishlarni 
umumlashtirish; 
 ma‘naviy  ma‘rifiy ishlarni tashkil etishda milliy g`oya, ma‘naviyat, ma‘rifat, mafkura 
tushunchalarining  o‘zaro  bog`liqligini,  aloqadorligini,  biri  ikkinchisini  inkor  qilmasligini 
tarbiyaviy jarayonda ulardan umumlashgan holda foydalanish mumkinligini tushuntirish
  ma‘naviy    ma‘rifiy ishlarning, jarayonlarning mohiyati va  asosiy  yo‘nalishlarini tahlil 
etish; 
 talaba  yoshlarni ma‘naviy  ma‘rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi bilan tanishtirish
-  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  tomonidan  qabul  qilingan  Qonunlar, 
Respublika  Prezidentining  Farmon  va  Farmoyishlari,  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining  qarorlari,  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov  asarlari, 
O`zbekiston Respublikasining ―Kadrlar tayyorlar milliy dasturi‖, o‘sib kelayotgan yosh  avlodni 
milliy istiqlol g`oyasi ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilnan tarbiyaviy ishlarni intensivlashtirish, bu 
borada  barcha  resurslar  (odam,  vaqt,  mablag`,  texnika,  metodikalar  va  h.k.)ning  samarali 
ishlashini  ta‘minlash,  ta‘lim-tarbiya  muassasalarida  barqaror,  sog`lom  tarbiyaviy  muhitni 
yaratish  va  uni  boshqarish  monitoringini  amalga  oshirish,  shaxs  (bolalar,  o‘quvchilar,  talaba-
yoshlar)  ma‘naviyatini  kutilayotgan  (ideal)  darajaga  ko‘tarishga  yo‘naltirilgan  pedagogik 
faoliyatning ilmiy dasturiy-metodik ta‘minotini tashkil etishdan iborat.  
Ma‘naviy  barkamol  bo‘lgan  odamlar  birovlar  orqasidan  ginaxonlik  qilmaydi,  gap 
tashimaydi, fisqu fasod, bo‘htonga nisbatan murosasiz bo‘ladi, mahalliychilikka yo‘l qo‘ymaydi, 
guruhbozlikka, millat ajratishlarga qarshi astoydil kurashadi, milliy birdamlik, milliy hamkorlik 
va milliy hamjihatlik, o‘zaro do‘stlikni qaror toptirish va mustahkamlash yo‘lida tinmay harakat 
qiladi. 
Vazifasini  suiste‘mol  qilish,  tanishbilishchilik  asosida  ish  yuritish,  ta‘magirlik, 
poraxo‘rlik,  odobaxloqimiz  va  jamiyatimiz  qabul  qilgan  qonunqoidalarimizni  chetlab  o‘tishga 
harakat  qilish  jamiyatimiz  taraqqiyoti  va  davlat  mustaqilligimiz  uchun  katta  g`ov  ekanligini 
anglab  etish  va  bunday  salbiy  illat  va  yaramas  odatlarga  nisbatan  murosasizlik  ham  etuk 
ma‘naviyat  sohibi  bo‘lgan  insonlarga  xos  xislat  va  fazilatdir.  Inson  hayotida  ma‘naviyatga 
ehtiyoj  sezilmaydigan  sohaning  o‘zi  yo‘q.  Ma‘naviyat  insonga  milliy  o‘zligini  anglab  olishda 
katta yordam beradi. Ma‘naviyat insonning ulug`ligini, martabasini, qudratli aqlidrok, tafakkur, 
madaniyat  va  ma‘rifat  sohibi  ekanligini  namoyon  etadigan  va  amalda  isbotlaydigan  jamiki 
xislatlar yig`indisidir. 
Demak,  Prezidentimiz  ―Yuksak  ma‘naviyat–yengilmas  kuch‖  asarida  ta‘kidlaganidek: 
―Ma‘naviyat-insonni ruhan poklanish, qalban ulg`ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi


irodasini  baquvvat,  iymon-e‘tiqodini  butun  qiladigan,  vijdonini  uyg`otadigan  beqiyos  kuch, 
uning barcha qarashlarining mezonidir‖
1

 
―Ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi‖ fanining metodologik  bazasini 
o‘rganishda  quyidagi  metodlar    orqali    ish  ko‘rish  maqsadga  muvofiqdir.  Jumladan  uyg`unlik 
metodi,  qiyoslash  va  taqqoslash  (kuzatish,  tarixiy  yondashish,  mantiq)  metodlari,  Empirik-
sotsiologik  metod,  umummantiqiy    metod  (sintez;  abstraktlash;    umumiylik),  nazariy  metod 
(abstraktlikdan konkretlikka), axloqiy metod (ayrim gurux yoki shaxs xulqini kuzatish), izoxlash 
metodi  fan yutuqlaridan foydalanish. Undan tashqari  hozirgi paytda neyro-lingvistik dasturlash, 
Blum taksanomiyasi, manipulyatsiya texnologiyalaridan foydalanilmoqda. 
 
Hozirgi  paytda  tez-tez  qo‘llanilayotgan  inter  faol  usullardan,  ya‘ni  klaster,  sinkveyn, 
aqliy hujum, ajurli arra, munozara, o‘z o‘rningni top, kichik guruxlarda ishlash, menyu, debatlar, 
tanqidiy  fikrlash    va  boshqalardan  foydalanish    dars  samaradorligini  oshirishda    muxim 
ahamiyatga egadir.    

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling