Ta‟lim texnologiyalari
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
'МАЪРУЗА
3-masalaning bayoni: Biz barpo etayotgan yangi jamiyatda shakllanayotgan milliy g‗oyaning mohiyati yuksak ma‘naviy va axloqiy qadriyatlarga tayanish va ularni rivojlantirishga katta e‘tibor qaratishdan iboratdir. Bu jarayon milliy g‗oyaga tayanib о‗sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga asoslanadi. Bugun yoshlar bilan kо‗proq ish olib borishimiz zarur. Chunki О‗zbekiston yoshlar mamlakati. Zero, oldingi darslarimizda ta‘kidlab о‗tganimizdek, mamlakatimiz aholisining 60 foizdan kо‗prog‗ini yoshlar tashkil etadi va О‗zbekiston aholisining о‗rtacha yosh kо‗rsatkichi 24 yoshni tashkil etadi. Shu boisdan ham g‗oyaviy ishlarni yanada jonlantirish eng dolzarb vazifa bо‗lishi lozim. Aslida, milliy g‗oyaning ikki tomoni - uning amaliy falsafasi va kurash yо‗llari va vositalari bir-biriga tamomila mos ravishda ishlab chiqilgandagina, u kelajak yо‗lning asl haqiqatini о‗zida ifodalagan amaliy milliy g‗oyaga aylanadi. Tabiiy savol tug‗iladi: milliy g‗oyaning mohiyati nimadan iborat va u qanday amalga oshirilishi kerak yoki yoshlarimiz ongi va tafakkurida qanday shakllantirilishi lozim? Bu savolga aniq javobni Prezident Islom Karimovning «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblaridan olamiz. Amaliy milliy 1 Хотин-қизлар қўмиталари аѐллар манфаатини ҳақиқий ифодачиси ва ҳимоячисига айланиши керак. «Халқ сўзи», 2004 йил 23 июнь. g‗oyaning mohiyati va tadbiq qilish «yо‗li – odamlarimiz, avvalambor yoshlarimizning iymon-e‘tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni о‗z mustaqil fikriga ega bо‗lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash. Ularning tafakkurida о‗zligini unutmaslik, ota-bobolarimizning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror toptirish. Ularning men о‗zbek farzandiman, deb g‗urur va iftixor bilan yashashiga erishishdir». 1 Har bir bola о‗ziga xos iktidor egasi. Faqat bu iste‘dod о‗z vaqtida avvalo, ota-ona, murabbiy hamda о‗qituvchi tomonidan ilg‗ab, uning rivojlanishi uchun zarur sharoit yaratilsa bas. Zotan, о‗zi qiziqqan fan yoki sohasi bо‗yicha ilm yoxud xunar sirlarini о‗rganayotgan о‗quvchining eng avvalo, о‗zida intilish bо‗ladi. Bu izlanish esa bolani bо‗sh vaqt topdi deguncha, о‗z ustida ishlashga undaydi, Mustaqil shug‗ullanish-bu ijod demakdir. U har kimdan mustaqil fikrlash, doimiy о‗qib-о‗rganishni talab etadi. G‗arb faylasuflaridan biri Bernard Shou aytadi: Bilimga eltuvchi yagona yо‗l-bu faoliyatdir. Darvoqe ,bir maqsad sari intilish muvaffaqiyatga eltadi. Shu bois bugun katta hayotga endi tetapoya qilayotgan farzandlarimizning iqtidorlarini yoshlikdanoq aniklash, ularni о‗z qiziqish va iqtidorlariga qarab biror kasbga yо‗naltirish, takomillashtirish katta ahamiyatga ega. Shu bois ta‘lim muassasalaridagi о‗quv jarayoni bilan bir qatorda tarbiya jarayonini ham munosib tarzda olib borish davrimiz taqozosidir. Xulosa sifatida aytish mumkinki, mustaqillik yillarida shakllangan yangi fan bо‗lmish milliy g‗oya – O‗zbekiston taraqqiyoti va mustaqillikni mustahkamlashning mafkuraviy tamoyillar to‗g‗risidagi yaxlit nazariyadir. Bu fan qayerda va qachon о‗qitilishidan qat‘iy nazar biz uchun fuqarolarimizda vatanparvarlik ruhini rivojlantiruvchi eng asosiy omil bо‗lib qolaveradi. Zero, ―Milliy g‗oya va istiqlol mafkurasi haqida gap borar ekan, biz nihoyatda keng qamrovli, murakkab, serqirra, insoniyat tarixida aniq va mukammal ifodasi, tugal namunasi hali-hanuz yaratilmagan tushunchalarni о‗zimizga tasavvur qilishimiz kerak, deb о‗ylayman. Bu tushunchalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi yuksak g‗oyalarning ma‘no-mazmunini teran anglab yetishga xizmat qiladi,‖ 4 – deydi yurtboshimiz Islom Karimov Bu fan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etayotgan xalqimizning maqsad-muddaolari va orzu-intilishlarini, bir sо‗z bilan aytganda, jamiyatimizning shakllanib kelayotgan milliy g‗oyaning asosiy tushuncha va tamoyillarini о‗rgatadi. Hozirgi murakkab sharoitda xalqimiz, avvalo, о‗sib-unib kelayotgan yosh avlodimiz ongi va qalbida mafkuraviy immunitet hosil qilish muhim ahamiyatga ega. Bu ishni bamisoli yosh niholga mevali daraxt kurtagini payvand qiladigan usta bog‗bondek noziklik va mehr bilan, oqilona yо‗l bilan amalga oshirish lozim. Magistratura bosqichida ta‘lim olayotgan magistrantlargi ushbu fanni о‗tilishidan kо‗zlangan maqsadlardan biri esa ularning avvalgi bilimlarini mustahkamlash va ular orqali milliy g‗oyani yosh avlod ongiga singdirish dan iborat deb bilamiz. Chunki ―Xalqni buyuk kelajak va ulug‗vor 1 «Фидокор» газетаси 2000 йил 4 И.А.Каримов. ―Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар‖ рисоласидаги сўзбошидан. Т.9. - Т.: «Ўзбекистон», 2001. – 221-222-бетлар. maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat‘i nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas‘uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an‘analarimizga munosib bо‗lishiga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da‘vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish – milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir‖ 5 . Milliy istiqlol g‗oyasini о‗rganishni taqoza etadigan umumiy va о‗ziga xos qonuniyatlar mavjud. Umumiy qonuniyatlar turli xalqlar, mamlakatlar, jamiyatlar hayotida amal qiladigan umumiy asosga ega bо‗lgan ichki zaruriy bog‗lanishlar bо‗lib, u jamiyat va mafkuralar (g‗oyalar) ning bir-birlari bilan uzviy bog‗liqligi qonunidir. Jamiyat mafkurasiz, maqsadsiz yashay olmaydi. Demak, birinchidan mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bо‗lmasa, odam, jamiyat, davlat о‗z yо‗lini yо‗qotishi muqarrar. Ikkinchidan, qayerdaki mafkuraviy bо‗shliq vujudga kelsa, о‗sha yerda begona mafkura hukmronlik qilishi ham tayin. Buni isboti uchun xoh tarixdan, xoh zamonamizdan kо‗plab misollar keltirish qiyin emas. 1 U jamiyat oldidagi maqsadlar, uni amalga oshirish vositalaridir. Milliy istiqlol g‗oyasiningtushunchalari bilan bir qatorda uning namoyon bо‗lish qonunlari ham mavjud. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling